Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bizga nima beradi?

Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim                                                                                                                                                                                   Sh.Mirziyoyev

Yangilangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bizga nima beradi?

  1. Inson huquq-erkinliklari va manfaatlari.

Shavkat Mirziyoyev ayrim fuqarolar tomonidan o‘lim jazosini tiklash yuzasidan bildirilgan takliflarga munosabat bildirib, bu insonning tabiiy va uzviy huquqi hisoblangan yashash huquqi kafolatlariga hamda demokratik va insonparvar g‘oyalarga zid ekanligini ta’kidlaganligi sababli bu taklif bekor qilingan. Davlat rahbari huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan gumon qilinuvchi shaxslar huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida ko‘plab davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan “Miranda qoidasi”ni qo‘llash taklifini ilgari surgan.Unga ko‘ra, shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shart. Bundan tashqari, „Xabeas korpus“ institutini rivojlantirish zarur. Ya’ni, shaxs sudning qaroriga qadar ko‘pi bilan qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas.

  1. “O‘zbekiston — ijtimoiy davlat”.

Ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur bo‘lgan iste’mol tovarlarining eng kam miqdori belgilab qo‘yilishini nazarda tutadi. U shaxs va uning oilasi munosib hayot kechirishi uchun yetadigan ish haqi, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratishni talab qiladi. Shu bilan birga, ishsizlikdan himoyalanish, kafolatlangan sifatli ta’lim, malakali tibbiy yordam, barcha uchun teng imkoniyatlar, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ham ijtimoiy davlatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bundan tashqari, ijtimoiy davlatda aholi turmushi uchun zarur resurslar — ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, transport va boshqa qulayliklar yaratish, majburiy mehnatga chek qo‘yish ham muhim ahamiyatga ega. Davlat rahbari aholi uy-joylarining noqonuniy buzilishi yoki tortib olinishi holatlariga butunlay barham berish maqsadida «fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, uning daxlsizligini kafolatlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, muhtoj toifalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlash»ni taklif etdi.

  1. Erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida.

Ushbuga ko‘ra, mahallaning maqomi hamda davlat organlarining bu boradagi vazifalari, jumladan, “mahallalarning davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi, joylardagi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni mustaqil hal etish bo‘yicha vakolatlari” Konstitutsiyada alohida belgilandi.

  1. Insonparvar va demokratik huquqiy davlat qurish borasida.

Huquqiy davlat — demokratik tamoyillar asosida qabul qilingan qonunlar oldida barcha teng va hisobdor bo‘lgan, hech kim qonundan ustun turmaydigan davlatdir. Shu ma’noda, “O‘zbekiston — huquqiy davlat” degan g‘oyani Konstitutsiyada aniq mustahkamlab qo‘yildi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha 20 iyun holatiga ko‘ra, fuqarolardan kelib tushgan takliflar soni 48 ming 492 tani tashkil etgan va Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan tayyorlangan takliflar muhokamadan o‘tkazilgan.

Mamajonov Farohiddin Obitdjon o‘g‘li,

Andijon viloyati Adliya boshqarmasi Andijon shahar yuridik xizmat ko‘rstish markazi bosh yuristkonsulti 3-darajali yurist  

Улашинг: