Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Bayram va dam olish kunlari ishlaganda…

Dam olish kunlari bizga ishdan chalg‘ish va oila hamda do‘stlar davrasida hordiq chiqarish uchun beriladi. Ammo bu borada qonunchilikdagi o‘ziga xos jihatlarni bilmaslik, dam olish huquqidan mahrum etishi mumkin.Qonunchilikda dam olish vaqtiga shunday ta’rif berilgan: “Dam olish vaqti — xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir” (MK 126-modda). Sirasini aytganda, odamning ish joyida bo‘lmagan va ish haqida o‘ylamagan holati dam olish hisoblanadi.

Agar Sizning kasbingiz dam olish va bayram kunlarini ish rejimida o‘tkazishni taqozo qiladigan bo‘lsa, deylik, boshlovchi yoki to‘y tashkilotchisi bo‘lsangiz — bu sizning tanlovingiz sanaladi, ya’ni pul ishlab topish uchun Siz ixtiyoriy ravishda tanlagan usul. Ammo dam olish kuni ishga chiqish so‘ralganlar yoki shunga majbur etilganlar-chi? Ular qanday yo‘l tutishi kerak.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina ushbu Kodeksning 130-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Ishlab chiqarish-texnika sharoitlari va boshqa sharoitlarga (uzluksiz ishlaydigan korxonalar, obyektlarni qo‘riqlash, ularning xavfsizligini ta’minlash kabilarga) ko‘ra ishni to‘xtatib turish mumkin bo‘lmagan joylarda, aholiga xizmat ko‘rsatish zarurati bo‘lgan ishlarda, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash va yuk ortish-tushirish ishlarida bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlashga yo‘l qo‘yiladi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlari bajarilgan ishlar uchun kompensatsiya va haq to‘lash ushbu Kodeksning 157-moddasiga muvofiq amalga oshiriladiHamma xodimlarni ham dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlari y kunlarda ishga jalb qilish mumkinmi? Ayrim xodimlarnigina bunday kunlarda  ishga jalb etish mumkin.Kimlarni dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlarga jalb qilib bo’lmaydi? MKning 245 moddasiga ko’ra 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni tungi ishlar, ish vaqtidan tashqari ishlar va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish ta’qiqlanadi.

Dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishga jalb qilishga xodimni roziligi shartmi?   Xodimni roziligi shart emas. MKning 220-moddasi 5 qismi, (228-moddasi bundan mustasno) Ko’pchilik mana shu o’rinda xodimni roziligi olinishi shart deb xato o’ylaydi. Aslida ish vaqtidan tashqari ishlarda xodimning roziligi olinadi.

Mehnat kodekisining 220-moddasiga ko’ra, nogironlarni tungi vaqtdagi ishlarga, shuningdek ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda ta’qiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi (MK 220-m, 5-qism).

MKning 228 moddasiga ko’ra, homilador ayollarni va o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bilan birga homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi (MK 228-m).

Dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash ish vaqtidan tashqari ish hisoblanmaydi. Demak, xodim bunday kunlarda 7 yoki 8 soat ishlashi mumkin

Dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlarda xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish mumkinmi? Dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishga jalb qilingan xodimni ish vaqtidan tashqari ishlarga xodimning roziligi bilangina jalb qilish mumkin.  Ya’ni yanada soddaroq tushuntirsak,masalan, xodimni 1-yanvar bayram (ishlanmaydigan) kuni jamoa shartnomasida belgilangan holat bo’yicha ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etildi. Bu holatda xodimning roziligi shart emas (MK 220-moddasi 5 qismi, 228-moddasi bundan mustasno ). Lekin ish oxiriga yetmadi hamda xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish ehtiyoji tug’ildi. Bu holatda xodimni MK 124-125-moddalariga rioya qilgan holda uning roziligi bilangina ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilishimiz mumkin. Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.

Dam olish yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishlagan xodim otgul olishi mumkinmi? Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilishi ham mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi? Dam olish kunlarida yoki bayram (ishlanmaydigan) kunlarda ishga jalb qilish ish beruvchinig farmoyishi bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq emas farmoyish. Aslida bu ikki tushuncha o’rtasida jiddiy farq bo’lmasada, lekin ortiqcha boshog’riqni oldini olish uchun farmoyish bilan rasmiylashtiring. Chunki, MK 130-moddasida aynan farmoyish bilan deyilgan.

    G.Begmurodova,

 Oltinko’l tuman yuridik hizmat ko’rsatish

 markazi bosh yuristkonsulti

 

 

 

Улашинг: