Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Butunjahon antidoping kodeksida…

 

BUTUNJAXON ANTI-DOPING KODEKSI QOIDALARINI IMPLEMENTATSIYA QILISHDA XALQARO STANDARTLARNING TUTGAN OʻRNI

Oʻzbekiston Respublikasi hududida sportni keng targ‘ib qilish, uning nufuzi va xolisligini yetarli darajada ta’minlash boʻyicha qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 16-mart kuni “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi PQ-3610-sonli qarorni imzoladi. Ushbu qarorga koʻra nafaqat futbol, qolaversa butun sport boʻyicha tub islohotlar amalga oshirish koʻzda tutilgan boʻlib, hujjat sohaga sport agenti va bukmeykerlik faoliyati kabi yangiliklarni olib kirganligi bilan ahamiyatlidir. Qolaversa, sportdagi xolislikni saqlash, sportchilarning huquqlarini xalqaro standardlar darajasida ta’minlash maqsadida yana koʻplab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy anti-doping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi 2018-yil 3-yanvar kuni qabul qilingan PQ-3457-son qarori aynan shu kabi ijobiy islohotlarning yaqqol misolidir. Ushbu qarorda milliy anti-doping agentligining barcha vazifa va vakolatlari hamda huquq va majburiyatlari belgilab berilgan boʻlib, oʻz oʻrnida ushbu vazifalarning yetarli darajada amalga oshirilishi mas’ul tashkilotlar zimmasiga huquqiy asoslar bilan yuklatilgan. Ushbu milliy anti-doping agentligi butunjaxonanti-doping agentligi va uning kodeksining teng huquqli a’zosi hisoblanadi.

Butunjaxon anti-doping agentligi xalqaro standardlarning mavjud holatlarga mosligini ta’minlash maqsadida anti-doping jamiyati va sportchilar bilan maslahatlashuvlar olib boradi. Xuddi shu kabi, xalqaro standardlarni implementatsiya qilish ham a’zolar uchun majburiy hisoblanadi. Sportda anti-doping uchun turli sohalarga taaluqli xalqaro standardlar mavjud boʻlib, xususan: Ta’lim uchun xalqaro standardlar – barcha anti-doping tashkilotlari uchun implementatsiya qilingan anti-doping ta’lim dasturlarini barcha sportchilar va ularga mas’ul shaxslar ushbu qoidalardan xabardor boʻlishini kafolatlash uchun yoʻnaltirilgan ta’lim dasturlaridir. Ushbu dasturlarning asosiysi prinsipi bu, har bir sportchini testdan oʻtkazishdan oldin ularda anti-doping qoidalari haqida bilim hosil qilishdir.

Andijon viloyati adliya boshqarmasi

Andijon shahar yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti

Valiyev Xolmatjon Xakimjon o’g’li

Улашинг: