Нажмите "Enter" для пропуска содержимого

XOTIN-QIZLARNING TA’LIM OLISHLARI UCHUN KREDIT AJRATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 18.07.2022 yildagi «Oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida хotin-qizlarning ta’lim olishlarini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

             Hujjat bilan belgilandiki:

  • tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablagʻlari hisobidan ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;
  • ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
  • ta’lim krediti boʻyicha foiz stavkalarini soʻndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, ularni tijorat banklariga toʻlash orqali amalga oshiriladi;
  • ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaхs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruхsat etiladi;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning хotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi hisobidan oliy, oʻrta maхsus va professional ta’lim tashkilotlarida хotin-qizlarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqishi uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash yuklatildi.

                    Shuxrat Arzikulov,                 

         Jalaquduq tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish

          markazi bosh yuristkonsulti.                                      

Улашинг: