Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

BIR TAQDIR

BIR TAQDIR

(Davomi. Boshlanishi oldingi sonlarda)

Guvoh sifatida Murod ham oʻz fikrlarini aytib oʻtdi, ayblanuvchi ham, sheriklari ham boʻlib oʻtgan ishda haqiqatdan aybdor ekanliklarini tan olishdi, ammo, soʻz navbati Tolibjonga kelganda vaziyat umuman boshqa tarafga oʻzgarib ketdi:

— Avvalo hammangizdan kulimni koʻksimga qoʻyib uzr surayman. Chunki bu majlisni boʻlib oʻtishiga, shuncha odamni kimmatli vaqtini olib yigʻib oʻtirishimizga bosh sababchi menman. Halimjonga kelsak, u bir mard yigit qilishi kerak boʻlgan ishni qildi. Men bunday oʻzbek yigitidan faxrlaniman. Kaniydi hamma oʻzbek oʻgʻlonlari ham oʻz elining Xotin– qizlarni shunakangi himoya qilganida yurtimizda umuman baxtsiz ayol boʻlmasdi. Men oʻzim boʻlajak tarixchi sifatida koʻplab tarixiy kitoblarni oʻqiganman unda bobokalonlarimizning quyidagi gaplari meni juda taʼsirlantirgan edi, yaʼni « qaysi mamlakatda ayollar nomusi kuriklanmay toptalar ekan, oʻsha yurt albatta inkirozga yuz tutkusidir, va bu mamlakatni qoʻlga olish xamirdan qil sugʻurgandek yengil kechgusidir» deyilgan. Hozir Halimjonning soʻzlarini eshitib qandaydir faxrlanib ketdim. Meni bu yigitga nisbatan umuman davoi dostonim yoʻq, nimaiki yuz bergan boʻlsa oʻzimni aybim bilan boʻlib oʻtdi. Negaki men oʻsha kuni spirtli ichimlik ichib mast holda edim. Hammasiga oʻzim aybdorman. Ushbu soʻzlarimni inobatga olib doʻstimiz Halimjonni va ogʻaynilarini qoʻyib yuborishinglarni iltimos qilardim. Majlis raisi Numonjon akaga bir qarab qoʻydi va kengashib olish uchun 30 daqiqaga tanaffus elon qilindi. Tanaffusdan soʻng Halimjon va sheriklari ozod qilinib, keltirilgan zarar uchun yaʼni Tolibjonni shifoxonadagi sarf xarajatlari uchun bir necha Sum mikdorida jarima tayinlanishi bilan majlis yopildi. Majlisdan soʻng Tolibjon shoshgancha, onasini koʻchib tinchlantirayotgan Halimning yoniga bordi. Jarima qogʻozini Halimning qoʻlidan olar ekan:

— E Halimjon, bunaqa rasmiyatchiliklar siz bilan bizga yarashmaydi ogʻayni, dori darmon olgan boʻlsam oʻzim uchun olganman. Jarimani oʻzim toʻlab qoʻyaman. Sizga esa dust boʻlishni taklif qilaman, sizday yigitlarga hurmatim baland.– dedi-da oʻng qoʻlini Halim tomonga uzatdi. Halim ham nim tabassum bilan oʻng qoʻli bilan Tolibjonni qoʻlini mahkam kisdi:

— Doʻstim ming bor oʻzir men bunaqa jiddiylashib ketishini sira oʻylamagandim. Oʻylamay qilingan xato ish shuncha ovvoragarchilikka olib keldi. Hammasidan ogʻiri onalarimizning koʻz yoshlarini koʻrish boʻldi menimcha. Endi bunaqa nomaʼqulchilik qilmayman deb onamga soʻz berdim, sizning onangizga ham uzirimni yetkazib qoʻying.– dedi Halim Ular qoʻllarini qisishib quchoqlashib yarashib olishdi. Uylari tomon tarkalishdi. Oʻsha kungi janjalda nogahon Tolibjonning choʻntakidan, Zeboga atab yozib, kalb turida saklab yurgan xati tushib qolgan edi. Oʻsha toʻpolon boʻlib oʻtgan uy atrofida yashaydigan Barchinoy, har kungiday tong saharda

Koʻchalarga suv sepib supurish maqsadida chelakchasini olib koʻchaga chiqqandi. U bir chetda selofan qogʻozga uralgan bir nimaga koʻzi tushdi. Asta borib ochib koʻz yugurtiradi-yu, Zebo, Zeboginam degan soʻzlarni oʻqib, xuddi muhabbat haqida film koʻrganday hayajonga tushdi, qoʻllari qaltirab xat qoʻlidan yerga tushib ketganini bilmay qoldi. Umrida sevgi tugul oddiy maktub qanday boʻlishini bilmagan soddagina Barchinoy chelagini oʻrtada qoldirdi-yu Zebo opasini uyiga yugurdi. Bu paytda Zebo ham shirin xayollar ogʻushida, sochlari yerga tekkuday osilgan holatda koʻcha supurish bilan band edi. Zebo Barchinoyning vaximasidan chuchib tushdi.

— Ha Barchinoy muncha hovlikmasang, nima gap singlim, koʻzlaring kichikroq ochsangchi, hozir kosasidan chiqib ketadi-ya, — dedi kulib.

— Zebopa kuling a kuling, buni oʻqisangiz oʻzingizni koʻzlaringiz ham menikidan battar boʻladi.– dedi yutinib– yutinib Barchinoy

— Bu nima ekan oʻzi?-Zebo xatni oʻqir ekan hech nimaga tushunmasdi. Faqat Zebo degan yozuvlaridan xat oʻziga tegishli ekanini angladi, chunki bu hududda boshqa Zebo isimli qiz yoʻq edi.

— Barchinoy xatni kim berdi senga?

— Koʻchadan topib oldim opa, supurishga chiqqandim qarasam bir nima koʻrindi, ochib oʻqisam sizni ismingiz yozilgan ekan, shunga chopib sizga olib keldim. Oʻlay agar oxirigacha oʻqiganim yoʻqman, kattalarni yozuvi boshqacha boʻladiku men uncha tushunmiman.- dedi Barchinoy uyatdan yuzlari qizarib.

— Yaxshiyam sen topib olibsan aqlligim, biror giybatchini qoʻliga tushgandami, ana koʻrarding gap-soʻzni. Rahmat senga shirinim faqat hech kimga churq etmagina, gap ormizda qolsin maylimi.– Dedi qizni sochlaridan silab.

— xoʻp Zebo opa men sizni hamma qizlardan yaxshi koʻraman, siz chiroyli, aqlli qizsiz bilaman, chunki oyim doim shunaqa deydilar, xavotir olmeng hech kimga aytmayman opa.– Dedi-yu chopkillab chelagi tomonga yugurdi. Zebo supurgisini bir chetga qoʻyib, hovli etagida oʻzi yaxshi koʻrgan, sochlari yerga tegib turgan keksa tol daraxti yoniga bordi va doim kitob mutaola qilib oʻtiradigan keng tungakka oʻtirdi-da xatni bir boshdan oʻqiy boshladi: «Salom Zeboxon, …….. Yoki assalomu alaykum desam yaxshiroqmidi bilmay qoldim, uzr men umrimda birovga maktub yozmagan ekanman, shuning uchun baʼzi xato kamchiliklariga eʼtibor bermang iltimos. Xat bitishimdan maqsadim, yoningizda soʻz bilan ifodalab bilmagan sevgimni yozib izhor qilishga qaror qildim. Oʻzimni shuncha dadillikka olsam ham, negadir sizni Shahlo koʻzlaringizga qaraganimda dilimda siz uchun

Saklab turgan hamma gaplarim havoga uchib ketganday goʻyo. Bilasizmi men sevgi muhabbat degan soʻzlarga shunchaki havas deb qaradim. Inson oʻzi emas yuragi sezsagina sevgi borligiga ishonar ekan. Men sizni birinchi bor oʻsha kuni, oʻsha toʻyda koʻrdimu Alloh men uchun yaratgan xilqat siz ekanligingizni butun vujudim bilan his qildim. Men bironta qizga chin kalbimdan sevgi izxori qilgan yigit emasman. Xoh ishoning, xoh ishonmeng lekin biror daqiqam yoʻqki sizni oʻylamasam, biror kunim yoʻqki sizni orzu qilmasam. Kulishlaringiz, qarashlaringiz koʻzim oldidan sira ketmay qoldi. Har tun tushlarimda koʻrish ilinjida uxlayman, har tong sizni koʻrib, suhbatlashish umidida uygʻonaman, Zeboyim bu xatimni kay yusinda qanday qilib sizga yetkazaman bilmadimu lekin hislarimni hech boʻlmasa qogʻozga koʻchirmasam yuragim sevgidan toʻlib toshib meni xasta qilib bormoqda. Agar nasib boʻlib jufti halolim boʻlsangiz aminmanki mening cheksiz ishkim ikkimizga bir umirga yetib ortadi. Mening, faqat mening Zeboyim boʻlishingizni istab qoluvchi Tolibjon».

— «Tolibjon»!!!, voy Tolibjon, axir qanday qilib, bu xat– dedi-yu koʻzlariga yana oʻsha issiq, doim Tolibjonni uylanida keladigan oʻsha tanish koʻz yosh keldi, Zebo shu paytga qadar bunaqa sevgi maktublarni bir necha bor olgan, lekin hech ochib oʻqib koʻrmagandi. Bu safar qandaydir bir tuygʻu uni shu osoyishta joyga yetaklab keldi va kunt bilan oʻqib chiqishga undadi. Ha oʻzi bilmagan holda sevgiga mubtalo boʻlgan Zebo ushbu maktubdan soʻng yugagidagi choʻgʻ alanga olganini his qildi. Odatda xatlarni oʻqimasdan gijimlab otib yuboradigan Zebo, bu safar avaylabgina choʻntakiga joylab qoʻydi. Quyosh ona yerga bir maromda nurini sochsada, shahar tongidan koʻra, qishloqda otgan tong yanayam jozibaliroq boʻlsa kerak menimcha. Avtomobillar kamdan kam yuradigan, suv sepib supurilgan dilbar koʻchalarga, nahorgi oshdan qaytayotgan yuzi nurli muysafid otaxonlar oʻzgacha tarovat baxsh etadi. Har xonadonda bir-bir kamayib uylari tomon kirib ketayotgan nuroniylar bir-birlariga har xayrlashayotganda, yurtga tinchlik farovonlik, xonadonlariga quvonch tilab duoga kul ochishardi. Otaxonlar orasida Muxtoraka ham oʻz darvozasi yoniga kelganda qoʻlini duoga ochib sheriklari bilan xayrlashdi. Exsonda odamlardan eshitgan Tolibjon haqidagi gaplardan ensasi kotib, bu ishlarga Zeboning aloqasi bor-yoʻqligi haqidagi gumon bilan uyga kirdi. Soʻrida kashta tikib oʻtirgan xotiniga qarab:

— Onasi Halim haqida hech nama eshitmadingizmi?

— ha yoʻq, nima qilibdi Halimjonga– qoʻlidagi kashtasini bir chetga surib, butun vujudi quloqqa aylanib Muxtorakaga yuzlandi.

— Qoʻshnilarni aytishicha bir qizni deb shaharlik bir raisining oʻgʻli bilan yoqalashib, kamalib ketishiga bir bahya qolganmush. Shukrki oʻsha shaharlik yigit insofli mard yigit ekan, hamma aybni oʻziga olib Halimni qoʻyib yuborishlarini soʻrabdi. Bilmadimku lekin bu ish menga shubhali koʻrinyapti. Siz Saodatxondan asta surangchi oʻsha yigit oʻzimizni Tolibjonga oʻxshayapti-da chamamda.

— Voy shurim Tolibjonni qayerdan topib urishibdi bu Halimjon.– Dedi-yu oʻrnidan turdi.– Hozir otasi men Saodatxonni yoniga chiqaychi, shuncha ishlar boʻlibdi-yu, men hech nimadan daraksiz oʻtirsama, hali Kumushxonni yonida xijolat boʻlib qolmay.– Deb Aʼloxonaya Muxtorakaning hay-haylashiga qaramay shippagini oyogiga ilar ilmas qoʻshnisinikiga yugurdi. Oradan bir qancha vaqt oʻtgach Aʼloxonaya uyiga xomush kirib keldi, soyada mudrab oʻtirgan Muxtor aka xotinining bu holini koʻrib sergak tortdi, boʻlib oʻtgan ishlarni eriga bir-bir aytib berar ekan koʻzi yoshlandi:

— Otasi, bu yana qanday gap boʻldi, Numonjon aka bilan Kumushxon oʻzi bizdan xafaroq boʻlib ketgandi. Bu dilxiralikka qanday qarashyotgan ekan? ishqilib qizimizni ayblashmayotganmikan. Axir Zeboni bu ishlardan oʻlay agar butunlay xabari yoʻq-ku.

— ha yaxshi ish boʻlmabdi.– chuqur xursand boʻldi Muxtoraka, bir oz jimlikdan soʻng- Onasi menda bir taklif bor, devzira guruchga zoʻr qilib osh damlasangizda, bugunmi erta bir payt topib ikkalamiz birga ularnikiga mehmonga boramiz. Shu bahonada hammasiga oydinlik kiritib kelamiz nima dedingiz. Oqshom payti boʻlishiga qaramay havo juda issiq. Kumushxonayaning qizlari biri katta, biri kichik chelakchalarni qoʻliga olishib, etaklarini hoʻl qilib, hovlining har tomoniga qayta-qayta suv sepishardi. Suv chiqargich jumragidan sharillab oqayotgan suv esa hovuzchaga qoʻyilgan ikkita katta-katta tarvuzni ustidan beayov suv purkamoqda. Kumushxon aya esa soʻrining bir chetiga oʻtirgancha sulitib qoʻygan usmasini toʻnkarilgan piyolaga ezgilardi. U oʻzi tabiatan juda dilbar ayol boʻlishiga qaramay, tinmay oʻziga oro beradi. Shuning bilan birga saranjom-sarishtalikni orastalikni xush koʻradi. Qosh-u koʻzidan sira usmasi tushmas, bozorda qanday mato urf boʻlsa shu matodan koʻylak tiktirib kiymaguncha qoʻymasdi. Qizlarini ham shu yusinda tarbiya qiladi. Ayol kishi tartibli, shirinsuz, pazanda boʻlish bilan birga doim liboslari va tanasi toza, sochlari yuvib-taralgan, qoshiga usmasi qoʻyilgan boʻlishi kerak deb uqtirardi. Avval oʻziga, keyin navbatma-navbat qizlarning qoshiga usma surib kechki taomni dasturxonga tortish uchun hozirlik koʻra boshladi. Kichkina velosipedini minib yurgan onasining erkasi, mitti toychoq ham qizlarni usma qoʻyishini maroq bilan kuzatib turardi. Hadamay xonadon erkaklari ham kelib qolishadi. Birinchi boʻlib uyga Tolibjon kirib keldi. Uning koʻrinishi juda afgor edi. Soqollari oʻsgan, sochlari bir ahvol oldingi olifta Tolibjonga sira oʻxshamasdi. Hatto avvalgiday hazil– huzul ham koʻngliga sigmay qolgandi, uydagilar bilan ham ovqatlanish bahonasida oz-moz suhbatlashardi-yu, soʻng xonasiga kamalib olib hech kim bilan gaplashmay kitob oʻqib oʻtirardi. Uning koʻnglini gʻash qilayotgan narsa, oʻsha kunigi mojaro emas, balki rad etilgan sovchilariyu, hali egasiga berib ulgurmay yoʻqotib qoʻygan maktubi edi. Toʻgʻri maktubni qayta yozsa ham boʻlardi, lekin oʻsha xatda yozilgan satrlarday samimiy chiqishidan gumon qilib, yozishga qoʻli bormasdi. Uyqusizlikdanmi, koʻzlari horgʻin, rangi ham sargʻimtir boʻlib borayotganday edi. Albatta bu holat onaizorni dilini xira qilmay qoʻymasdi. U oʻgʻlining koʻnglini koʻtarish uchun bir dugonasining juda goʻzal va oʻqimishli qizini topib, soʻrab-

Surishtirib hatto Tolibjonga koʻrsatish uchun qizning suratini ham tayinlab turgandi. Uy soxibi kelishi bilan ovqat suzilib hamma dasturxon atrofiga yigʻildi. Ovqatlanish jarayonida Kumushxonaya oʻgʻlini suhbatga jalb qilish uchun kayfiyatni koʻtarish uchun qiziq-qiziq gaplar gapirar, hazillar qilardi. Tolibjon esa ozgina tabassum qilib onasini koʻchib qoʻyardi-da, yana xohlar-xohlamasdan ovqatga kul uzatardi. Ovqatga duo qilingach onaning sabri chidamay toʻshakcha tagidan suratni chiqarib Tolibjonga uzatdi. Tolibjon gap nimadaligini tushunmagan holda suratga qaradi. Oʻgʻlining yuzida hech qanday alomat sezmagan Kumushxonaya ajablanib savol berdi:

— Oʻgʻlim qara judayam chiroyli qiz ekan a?

— ha bu qaysi qoʻshiqchi qizni surati, yo aktrisami? Men tanimadim.

— Voy qanaqa qoʻshiqchi, bu qiz dugonamning qizi, Medinstitutda ikkinchi koʻrsda oʻqirkan, boʻlajak vrach ginekolog. Seni havas qilishib, Tolibjonday yigitga jon deb uzataman deyapti. Qalay senga yoqdimi oʻgʻlim?

— Oyi, — dedi jiddiy yusinda Tolibjon — men endi uylanmayman. Agar koʻnglimdagi qizni ololmasam nima keragi bor yana boshqa birovni qizini baxtsiz qilib, meni toʻgʻri tushuning, menga umuman qiz topib oʻtirmang.- Dedi-yu qoʻllarini artib dasturxonga duo qilgancha turib koʻchaga chiqib ketdi. Bu holatni kuzatib oʻtirgan Numonjon aka qizlariga dasturxonni yigʻib uyga kirishlarini buyurdi va qoʻlida suratni ushlagancha jim qolgan ayoliga qarab:

— Onasi oʻgʻlimizning qarori katʼiyga oʻxshaydi. Chiqmagan jondan umid, keling ertaga yana bir bor Muxtorjonlarni uyiga borib, oʻzingiz Aʼloxon bilan bir gaplashib kelasizmi. Axir siz bitirmagan, men hal qilmagan ish bormi, oʻz oʻgʻlimiz uchun harakat qilmasak nima deb bosh koʻtarib yuribmiz. Allohga tavakkal qilib yana bir borib koʻringchi?- dedi jiddiy yusinda.

— Toʻgʻri aytasiz bugun kech boʻldi, ertaga ertalab birinchi qiladigan ishim sovchilik boʻlsin. Tun. Osmon toʻla son-sanogʻsiz yulduzlar. Ayvonning deraza oynasidan osmonning chiroyli manzarasini tomosha qilib yotgan Zeboning koʻzlariga sira uyqu kelmasdi. Yonida onasi shirin uyquda uxlab yotardi. U asta oʻrnidan turdi-da, choʻntakidan boyagi xatni olib oyning shulasida bir necha bor qaytarib oʻqidi. Koʻnglida ushbu xatga javob xati yozmoqchi boʻldi. Xontaxta yoniga oʻtirib, sumkasidan ruchka, daftar oldi, lekin nimagadir chuchib yana qaytadan solib qoʻydi. «Nima ham derdim», — oʻylardi ichida- «men bir oddiygina qiz boʻlsam, ustiga ustak ota-onasi unga bu yil toʻy qilishmoqchi ekan, men esa oʻqishga kirmoqchi boʻlib turibman, nima koʻp qiz koʻp, men boʻlmasam boshqasiga uylanaveradi-da. Agar menga boʻlgan tuygʻulari samimiy boʻlsa oʻqishni bitirishimni kutib turar, shoshilsa baxt tilashdan boshqa choram yoʻq. Lekin men sevib

Qoldim shekilli» — Zeboning hissiyotidan gururi ustun kelib, yuragidagi ishkni hatto oʻzi ham tan olgisi kelmasdi. Shu tobda Aʼloxon aya ham uyqusidan uygʻonib, yonidagi oʻrin boʻshligini koʻrib koʻrkib ketdi. Dast oʻrnidan turib, xontaxtaga suyanib oʻtirgan qiziga koʻzi tushdi va:

— Zeboxon qizim, nega uxlamayapsan bolam, Biron joying ogʻriyaptimi?– dedi xavotirlanib. Qizining mayus holatini koʻrib, uning yoniga keldi va bagʻriga bosdi. Qizning koʻzlaridan muhabbat kasaliga duchor boʻlgani sezilib turardi. Uning sochlarini silab ovutmoqchi boʻldi.

— Qizim meni sendan boshqa quvonchim yoʻq bu dunyoda, ayt seni nima qiynayapti, darslarga ham bormay qoʻyding, kayfiyating ham yoʻq. Nahotki birontani sevib qolgan boʻlsang? Agar shunday boʻlsa nega tushkun kayfiyatdasan, axir bu bir baxtku bolam.

— Siz shunday deb oʻylaysizmi oyijon, agar sevgi baxt boʻlsa, nega men iztirob chekyapman. Unga boʻlgan ishonchim ham yoʻq. Dilimda ishq bilan birga shubxa-gumonlar oʻrtasida jang boʻlayotganday goʻyo.

— ha shunakasi ham boʻladi, birga suhbatlashib koʻzlariga qarab axtu paymon qilmaguncha shubxa- gumonlar tinchlik bermaydi. Sen u bilan gaplashib tuygʻulariga oydinlik kiritdingmi?- qizining dilidagini ochib eshitmoqchi boʻlgan Aʼloxonaya oʻzini xuddi dugona, sirdoshday tutardi.

— yoʻq e, oddiy bir maktubdan soʻng bildim menga boʻlgan qarashlari qandayligini. Onasi sovchi boʻldi deganingizda men bu faqat onasining qarori boʻlsa kerak deb oʻylagandim. Lekin bu yerda yozishicha oʻzining ham koʻngli borga oʻxshaydi.- Xatni oʻzi bilmagan holda onasiga uzatdi. Xatni tez-tez koʻz yugurtirib oʻqir ekan oxirgi jumladan hang-mang boʻlib qoldi.

— Tolibjon, bu maktub oʻzimizni Tolibjondanmi?- Aʼloxonaya negadir kuvonib ketdi. Chunki Tolibjon unga ham juda yoqqan edi. Faqat uzoqqa olib ketishini oʻylab, ikkilangan edi xolos. Aslida u qizini aynan shunaqa yigitga ravo koʻrgisi kelardi.

— ha lekin mening fikrimcha taqdirimiz bir emasga oʻxshaydi.- Maktubni onasining qoʻlidan olib choʻntakiga solar ekan, qandaydir uyalishga oʻxshash hislar unga yana gurur nikobini kiydirgandi.

— Qizim menga yaxshilab quloq sol. Alloh taqdiringni peshonanga yozgan holda dunyoga keltiradi. Bandasidan esa shu taqdirga rozi boʻlib yashab, yaratganga shukr qilish buyurilgan. Sen kalbinga quloq sol. Bilasanmi bugun men senga hech bir insonga aytmagan sirimni aytmoqchiman, zero sendan boshqa yaqinim, sirdoshim yoʻq bu dunyoda. Men ham seni yoshingda bir yigit bilan bilan ahdu-paymon qilgan edim, biz bir-birimizni qattiq sevar edik. Oʻsha zamonlar urushdan keyingi yillar boʻlgani uchun ocharchilik, kiyinchilik paytlari edi. U qurilishda ishlab ishdan juda kech qaytardi. Men esa oqshom boʻlishi bilan guvalakdan qilingan

Pastak devordan uni qorasi koʻrinishini intizorlik bilan kutib qayta-qayta oʻsha tomonga qarardim. Ishdan qaytayotib uyiga kirishidan oldin bizning devorimiz yoniga kelib asta: «Aʼlo, Aʼlojon» deb chaqirardi. Men uyda shunday vajohatli akam boʻlishiga qaramay bir amallab uning yoniga chiqardim. U meni bagʻriga bosib, «Seni shunday sogʻindimki xuddi yillab koʻrmagandayman» der edi. Men «Akam bilib qolsa ikkovimizniyam sogʻ qoʻymaydi, endi keting, bir ikki kun koʻrishmay tursak yaxshi boʻlardi, bir-birimizga oʻrganib qolyapmiz» deganimda, u «yoʻq men seni bir kun koʻrmasam ulaman ishon, ishimda ham tezroq vaqt oʻtsa-yu Aʼloyimning diydorini koʻrsam degan uy-xayol bilan yashayman. Oz qoldi yana bir oz ishlab pul toʻplab olay keyin karnay- surnaylar bilan seni uyimga Xotin qilib olib ketaman xoʻpmi» degandi.– dedi-yu Aʼloxon aya nogahon yigʻlab yubordi.

— Oyijon sizga nima boʻldi, keyinchi, keyin nima boʻldi u odam kim edi otammidi?– Zeboni qiziqishi organdan-ortgandi, oyisiga piyolada suv uzatdi.

— yoʻq afsuski u odam otang emas……. Oʻsha kuni unga armiyaga chaqiruv qogʻozi kelgan ekan. Ertalab koʻcha supurish uchun darvozani ochsam devor tagida uni mungayib oʻtirganini koʻrdim.

— Voy essingiz joyidami bu yerda nima qilib oʻtiribsiz, axir hadamay akam uygʻonib hoʻkizlarni dalaga olib chiqadiku. Ishga bormadingizmi?– deb soʻradim.

— yoʻq bugun men voyenkomatga med koʻrikka borishim kerak, shuning uchun oldin seni bir koʻray dedim, Aʼlo nabodo meni armiyaga olib ketishsa kelishimni kutasanmi?– Deb soʻradi. Uning koʻzlarida namni koʻrdim, qandaydir xayrlashayotgan odamga oʻxshardi. Unga rahmim keldi.

— ha albatta.- dedim uning koʻnglini koʻtarish uchun.

— Rahmat jonim, sen mening hayotimsan. Sen faqat menikisan– Dedi-yu turib meni yonimga kelib qoʻllarimni qattiq kisdi va meni oʻziga tortib, birinchi bor qaynoq lablari bilan yuzimdan oʻpdi. Men esa uyqusirab turganimdanmi yoki boshqa sababmi kul oyogʻim boʻshashib, xuddi tush koʻrayotgandek edim. Oʻsha uchrashuvimiz uni soʻnggi bor koʻrishim ekan. Xizmatga borishdan oldin qilinadigan med koʻrikda kulogining ichini tekshirgan payti, doktorlar biror xatolikka yoʻl qoʻyganmi yoki oʻzi aslida kulogida kasali bormidi bilmadimkuya, eshitishim boʻyicha koʻrikdan keliboq uyida kulogidan kon ketib yotib qolibdi, soʻng tez yordam kelgunicha uzilibdi deb eshitdim va oʻsha kuniyoq shomga qolmay kabrga qoʻyishgan. Mahallamiz bir boʻlgani uchun onam va akam patoda edi, men esa uyga kamalib olib yuz-koʻzimni yulib yigʻlar, ich-ichimdan ezilib oʻzimni oʻzim yeb bitirardim. Vaqt haqam deganlariday yillar oʻtib meni turmushga berishdi. Otang yaxshi, mehribon odam boʻlganligi uchun oz-moz unutganday boʻldim-u lekin oʻsha oxirgi marta koʻp-qora koʻzlari bilan menga qaragan nigoxi umrbod koʻz oldimda qoldi.

Oraga bir oz jimlik choʻkdi. Zebo bu taʼsirli hikoyani eshitar ekan, onasining bu qadar fojia bilan tugagan sevgisiga achindi. Endi yupatish navbati Zeboga oʻtdi. Onasining oq oralagan sochlarini silar ekan, unga yupanch boʻlgusi biror gap topolmasdi.

— Demoqchimanki qizim, haqiqiy muhabbat insonga bir marta berilar ekan. Men qanchalik otangni hurmat qilib ardoqlamay, lekin oʻsha qisqa va ayanchli yakun topgan sevgim yuragimda abadiy qolgan. Agar senga Tolibjon yoqqan boʻlsa muammo yoʻq bolam, bir-biringlarga uzukka koʻz qoʻygandek munosibsizlar, biz otang bilan ularnikiga mehmonga bormoqchi boʻlib turibmiz, agar sendan soʻz ochsa nima deylik?– javobini anglab turgan boʻlsa ham, mayus hikoyadan sokin boʻlib qolgan suhbat orasiga ozgina dadillik kiritish uchun hazil qoʻshmoqchi boʻlib kulib soʻradi Ona. Zebo esa Shahlo koʻzlarini katta-katta ochib onasiga bir oz qarab turdi-da soʻng mahkam quchoqladi. Sukut alomati rizolik ekanligini bilgan Aʼloxonaya negadir koʻngli toʻlganday boʻldi. Tong sahar yaqin atrofdagi masjiddan taralgan azon ovozi Aʼloxonayani uyqusidan turgizdi. Tashqariga shosha-pisha chiqib obdastaga termosdan issiq suv qoʻyib erining taxoratiga suv tayyorlashga tushdi. Lekin Muxtoraka allakachon oʻrnidan turib, taxoratni olib, masjidda namozni boshlagan edi. Qizini shirin uyqusini buzgisi kelmay asta-asta oyoq uchida xonaga kirib issiqroq nimchasini egniga ildi. Tashqari hovli va koʻchalarni tozza supurib, mol-hollarga qarab yurib, xayolan qizini qoʻllarida gul bilan, oppoq libosda, Tolibjonning qoʻlini ushlagan holda zagsdan oʻtayotganini tasavvur qilardi, xayolga berilib nogahon yuzlariga tabassum yugurib, past ovozda bilinar-bilamas yor-yor qoʻshigʻini xirgoyi qilardi. Yagona quvonchining toʻyini koʻrishday baxt yaqinligini oʻylab yuragi hapqirib ketardi. Yumushlarni bajarish barobarida xayolan qizining toʻyida oʻynardi. Nonushta dasturxonini tayyorlab ulgurdi hamki, darvozadan Muxtoraka kirib keldi. Ayolining kayfiyati yaxshiligini koʻrib:

— ha onasi, yuzingizda tabassum, kayfiyat aʼlo, doim shunday boʻlsin ilohim. Aytgancha, yaxshi dam oldilaringmi, bugun tongda ikkingizdan ham darak boʻlmadi. Bu deyman ona-bola tong otguncha suhbatlashib chiqdilaringmi a?- Hazil toifa gap otdi Muxtor aka.

— E otasi suyunchi bering, toʻy qilamiz shekilli, toʻy. Kecha qizingiz bilan dildan gaplashdik. Tolibjonda koʻngli borga oʻxshaydi.– Toʻlib-toshib gap boshladi Aʼloxon- Tolibjon ham astoydil qizimizga oshiq ekan. Rejalashtirganimizday erta-indin mehmonga borib qolsak, yana Zeboxondan gap ochib, qayta sovchilikka boramiz deyishsa rad qilmang xoʻpmi. Koʻrbimiz yetar toʻgʻrimi, men qizimni sandigini sepga toʻldirib qoʻyibman, lekin baribir baʼzi narsalar kamday.

— Shunaqa deng, ……. Gap bu yoʻqda ekanda, aytdim bu qizi tushmagur hech kulib ochilmay qoʻydi deb. Koʻnglim xira boʻlib biror muammo boʻldimikan deb yurgandim. Ha toʻy boʻlsa toʻyda onasi. Alloh nasib qilib,

Vaqti soati kelganda elu yurtga osh berib, toʻy qilaman deb uchta bukani boqib qoʻyibman. Xudo xohlasa birovdan kam qilmay uzatamiz onasi. Kechga yaqin salkin tushib qolgan paytda xuddi tundagi suhbatlarni kuzatib, ona-bolaning sirlashuvidan ogoh boʻlganday, Kumushxonaya sovchi boʻlib keldi. U bu safar astoydil bir emas bir nechta tugunlar bilan fotiha qilishga kelagan sovchi sifatida tayyorgarlik koʻrib yoʻlga chiqqandi. Volga mashinasini kira qilib, qishloq koʻchalaridan yurar ekan, mahalla odamlari bunday hashamatli mashinalar faqat Zeboni soʻrab kelishini bilishardi. Kumushxon yasan-tusanni joyiga qoʻygan, takingan holatda mashinadan tushib viqor bilan Aʼloxonlarning hovlisi tomon yurib bordi. Uning ortidan bir tugunni boshiga, bir tugunni qoʻliga olib shafyor yigit ham ergashdi. Ularni Muxtorjonaka kutib oldi. Shafyorni qoʻlidagi tugunni olar ekan:

— Iye, iye kelsinlar, kelsinlar mehmonlar, Onasi xoʻ onasi bu yoʻqqa qarang mehmonlar kelishdi.– Dedi buncha tugun-bugimni koʻrib hayron boʻlgan Muxtor aka. Tugunlarni qoʻygach shafyor yigit hovlini tark etdi va kelishuvga binoan koʻchada mashinada Kumushxonayani kutib turdi. Shu orada Zebo Oʻgʻiloylarning uyidan chiqib, darvozasi yonida turgan mashinani koʻrdi-yu, yana orqaga dugonasining yoniga qaytdi. Bu begona mashina sovchilar ekanligini tushundi, lekin kimdan ekanligi va aynan shu mashinada kelgan sovchi uning taqdirini hal qilishi haqida xayoliga ham keltirmagandi. Tusatdan kelgan mehmon er-xotinni esankiratib qoʻydi. Ular oʻzlaricha chiqargan qarorlarini hali qiziga aytib ham ulgurmagan boʻlishiga qaramay, sovchiga ijobiy javob berishga tayyor turishardi. Kamtarona bezatilgan dasturxon atrofida boʻlgusi qudalar bir-birlariga oling-oling qilishib chiroyli muomala qilishardi.

— Voy Kumushxon opa, men sizga aytsam, sal shoshibroq kelibsizda, — dedi Aʼloxon. U Kumushxonday muomalani qoyillatmasa-da, chiroyli gapirib mehmonni koʻnglini topishga qattiq harakat qilardi- Biz otasi bilan sizlarnikiga mehmonga bormoqchi boʻlib turgandik. Tolibjon bilan mahallamiz yigitlari oʻrtasidagi mojaroni eshitib, juda tashvishlanayotgan edik. Tolibjonni ranjitgan aynan bizni mahalla yigitlari ekanligidan xijolatmiz opa. Asli u bolalar yomon yigitlar emasdi, bilmadim nima jin urdi ularni.

— E siz nega xijolat boʻlasiz, aybingiz goʻzal qizni dunyoga keltirganigizmi, — kuldi Kumushxon. U kulganida oʻng yonboshdagi tillo tishlari yaraklab koʻrinib ketardi. Shungami labini sal ungroqka burib ishva bilan kulardi.- Yigitchilikda boʻlib turadi-da. Toʻgʻrisi men oʻsha kuni oʻgʻlimni koʻrib koʻrkkanimdan nima qilayotganimni bilmay qolibman. Arizani boplab yozib politsiya qoʻliga topshirib nima qilib boʻlsa ham oʻsha yaramas jazosini olishini xohlagandim. Alam qilgani, meni oʻgʻlim odatda bunaqa sutaklarni adabini berardi, negadir bu safar jarohatlanibdi. Keyin bilsam u tirraki bir oʻzi emas, oʻn-oʻn besh kishilashib bir oʻgʻlimga osilishgan ekan.

— Ha qoʻshnim nomidan uzr surayman opa, bizni qishloq yigitlari Tolibjonni bizga qarindosh ekanligini bilishmaganda. Boʻlmasa bunday yoqalashishmasdi. Mehmon deb hurmatini joyiga qoʻyishardi.– Xijolat tortdi Aʼloxon

— Eee. Qoʻying shu gaplarni, oʻzimizni gapdan gapiraylik, men sizlar bilan mojaroni muhokama qilgani kelganim yoʻq-ku, oʻshalar qarindosh ekanini bilishmagan boʻlsa, endi bilib qoʻyishsin, Tolibjon bolam Muxtor akaning qarindoshigina boʻlib qolmay kuyovi yaʼni oʻgʻli ekanligini.- gapni indallosini aytib qoʻy qoldi Kumushxon. Kumushxonning «Muxtor akaning Oʻgʻli» degan soʻzi Muxtor akani allanechuk qilib yubordi. U Kumushxonga qarab bexosdan:

— Nasib, nasib xudo xohlasa– deb yubordi. Muxtor akaning bu soʻzi Kumushxondagi umid uchkunini alangalatib, temirni qizigʻida bosishni lozim topdi.

SHAXNOZA

Улашинг: