Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Moʻtabar ona va BIR TAQDIR

Moʻtabar ona

Sabr, toqat, matonat va kuchli iroda egasi Zulxumor hoji opa Joʻrayeva Egamberdiyevnani barcha tuman aholisi yaxshi tanishadi va uni hurmat bilan tilga olishadi. U 1964-yil 5-fevralda Andijon viloyati Izboskan tumani Botirobod qishlogʻida tavallud topgan.Zulxumor opa oʻzi tugʻilib oʻsgan goʻzal , bepoyon, beqiyos ona-qishlogʻini juda sevadi va e’zozlaydi. Yuzlaridan nur taralib turgan Zulxumor opa quvnoq bolalik onlari, sinfdosh, ustoz va yaqinlarini sogʻinch koʻz yoshlari bilan yodga olar ekan uning hikoyalarini uzoq tinglagimiz hamdard boʻlgimiz keldi.Hoji opa qishloq markazida joylashgan 13-maktabni a’lo baholarga tamomlab Andijon pedagogika texnikumiga oʻqishga kiradi.Bilimdon, zukko Zulxumor opa oʻz tengdoshlari orasida ajralib tez orada ustozlari e’tiboriga tushadi.Maktabgacha ta’lim maskanlarida ilk faoliyatini boshlaydi va oʻn yil shu sohada faoliyat yuritadi.Tez orada turmush quradi.Dastlab oʻgʻil farzandli boʻladi.Lekin afsuski bu farzandi kasallik oqibatida dunyodan ancha erta koʻz yumadi.Soʻngra ikkinch farzandi-qizalogʻi dunyoga keladi.Bu onalik quvonchi ham afsuski uzoq davom etmaydi.Yoshgina qizaloq baxtsiz hodisa tufayli dunyodan koʻz yumadi.Bu holatlar Zulxumor opani anchagina qaddini bukadi.Oʻziga uzoq vaqt kela olmaydi.Bunday mudhish holatlar uni turmush oʻrtogʻi bilan ajrashishga olib keladi.
Oradan ancha vaqt oʻtgach Zulxumor opa oʻziga keladi.Endi u oʻz oldiga yoki Qariyalar uyida, yoki Bolalar mehribonlik uyida ishlashni maqsad qilib oladi.
Orzulari ushalib opa 2008 yil 8-dekabrdan Andijon viloyat bolalar shaharchasida tarbiyachi -ona lavozimida ishlay boshlaydii.U yerda yuzdan ortiq chin va chala yetim bolalarga ta’lim berib ularni mehr bilan tarbiyalaydi.Bolalar ham opani tezda sevib unga oʻrganib qoladilar. » Qanchalik mehr berib ularga onadek munosabatda boʻlmayin , koʻngli oʻksik bu bolajonlarni hech koʻzlari kulmas ma’yus boqar edilar «,- deb Zulxumor opa eslar ekan bizning koʻzlarimizdan achinish yoshlari oqar edi.
2021-yilda yetti nafar oʻgʻil bolalarni oʻz qaramogʻiga olgan Zulxumor opani ukasi oliy yoifali shifokir Joʻrayev Ma’murjon Egamberdiyevich va uning ayoli Tursunoy opa qoʻllab-quvvatlab yaqindan yordam berdilar.Ma’murjon Joʻrayev Izboskan tumanidagi shoshilich jarrohlik boʻlimida jarroh boʻlib ishlaydi.Farzandlari Abbosbek hamda Shahbozbeklar ham ammasiga ota-onasidek yaqindan yordam beradilar.Ularning roʻzĝor kamchiliklari va bolalar ehtiyojlarini qondirishga doimo harakat qiladilar.Shuningdek mahalla , Inson markazida faoliyat yuritib kelayotgan Muhammadsodiq hamda Muhayyolar ham bolalarning holidan tez-tez xabar olib turdilar.
Hozirda toʻrtta farzand oʻz oilasiga ega.Davlat yashkilotlarida faoliyat yuritib kelmoqdalar.Opani tez-tez sovgʻa salomlar, tuhfalar bilan kelib yoʻqlab duosini olib ketadilar.
Wolgan uch nafar farzandlari esa tuman markazida joylashgan 5-umumta’lim maktabida tahsil olishmoqda.Bunday taqdirdan doimo shukronalik ruhida yashayotgan Zulhumor opa garzandlarini kelajakda oʻz yurtiga xizmat qilishlariga, ona-Vatanini asrab — avaylashlariga ishonch bildiradi.
Bagʻri keng Zulxumor opani Ollohim siylab 2024-yilning ramazon oyida bir oy haj safariga borishdek baxtga muyassar qildi.
Joriy yilning 8-Martida prezidentimiz tomonidan «Moʻ’tabar ayol’ , 31-avgust kuni esa «Mustaqilligimizning 35-yilligi» koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.
Mehnatsevar, samimiy va kamtar opa nafaqa yoshida boʻlishiga qaramasdan hozirda tumandagi Oila maskanida yarashtiruv komissiyasiga a’zo.Yosh kelin-kuyovlarni hayotga tayyorlash oʻquv kursida faoliyat yuritmoqda.Shuningdek Daminboychek Mahalla fuqarolari yiĝinida faol nuroniy vazifasida ish olib kelmoqda. Mehnatlari doimo xalqi tomonidan munosib taqdirlanib kelayotgan mehrinon, moʻ’tabar, serqirra Zulxumor hoji opaning hamisha ishlariga omad tilab qolamiz.

Gulnora Mahkamova

 

 

BIR TAQDIR

(Davomi. Boshlanishi oldingi sonlarda)

 

— Bugun mahallangizning biron yoshi ulugʻ faollaridan boʻlsa chaqiring pochcha, nonni sindirib duoi- fotiha bersin. Kelasi payshanba pato toʻy qilsak nima deysizlar «qudajonlar» — ayyorona kulib Muxtor akaga yuzlandi Kumushxon. U, Aʼloxon va Muxtorakalar bilan bu safar juda yumshoq, bir pogona pastga tushib, kamtarona gaplashardi. Ularga Zeboxonni kelin qilib olgach albatta oʻqishga kirishiga imkoniyat yaratib berishini, unga oʻz qizlaring biri sifatida mehr koʻrsatishini vaʼdalar qilardi. Tolibjonga kelsak, onasi uni xuddi ertakdagi shaxzodalarday taʼriflar edi. Muxtoraka esa oʻrnidan turib, mahallaning bir ikki yoshi ulugʻ otaxonilarni boshlab keldi. Xullas tugunlar ochilib non ham oʻshatildi hisobi. Boʻlib oʻtgan fotixaga Kumushxonning oʻzi ham ishonkiramay turardi. Ishning bu darajada yengil kechishini sira oʻylamagandi. Hammasi kutilmaganda boʻlib oʻtdi. Koʻz yoshlarini tiyolmay yigʻlab oʻtirgan Aʼloxonga qarab:

— Voy Aʼloxon nega yigʻlaysiz aylanay axir qizingizni baxti kulib tursayu, siz yigʻlab oʻtirsangiz bu nimasi- Dedi Kumushxon. U ishni xamirdan qil sugurganday bitganidan oʻzida yoʻq xursand holatda edi. Uning qaror qabul qilishdagi erkakcha shartaki feʼli koʻpincha shunaqa askotib qolardi. — Xudo xohlasa 15 kundan keyin toʻy, qani pochcha duo qiling qoʻyingiz yuge oʻgʻlingiz muborak boʻlsin. Kumushxon uyiga keldi-yu quvonchli xabarni tezroq yetkazish uchun oʻgʻlini qidirgani katta qizi Nasibani yubordi, oʻzi esa chopkillab Numonjon akaning idorasi tomonga shoshildi. Nasiba sport maydonchasi tomonga borib, terga botib futbol tepayotgan akasini uzoqdan chaqirdi. Tolibjon singlisini ovozini eshitgach bir oz jahli chiqdi. Maydonni tark etib uni yoniga bordi.

— ha yana nima, men sizlarga 7 yashar goʻdakmanmi orqamdan kelib chaqirasan, qara birontasini singlisi yoki onasi chorlagani yoʻq. Tinch qoʻyasizlarmi yoʻqmi meni, bor uyga oyimga ayt akamni orqasidan odam yuborsangiz akam uyga battar kech qaytarkanlar degin.

— E siz oldin gapni eshiting, oyim juda xursandlar meni anglashimcha sizni unashtirib kelganga oʻxshaydi, kelinoyi keladi endi bizlarga.

— Unashtirib? Kimga? Nimalar deyapsan ahmoqmisan. Ertalab hech gap demagandi, nega mendan bemaslahat ish qiladi. Oyimni unaka odatlari yoʻq ediku. Seni xabaring yoʻqmi kimnikiga borgan ekanlar.

— Aʼloxonayamiyey deganday boʻluvdi. «Aʼloxonaya» degan ismni eshitib Tolibjonning rangi oʻzgarib, roʻparasida turgan begona velosipedni kimnikiligiga ham eʼtibor bermay mindi-da, uyiga qarab shoshildi. Nasiba esa «hoy aka menchi» degancha qolaverdi. Ikki oila kattalari orqali oʻzaro hal qilib qoʻyilgan ishdan na qizni va na yigitni koʻngli toʻlmaganday edi. Aslida bu unashtiruvdan ikkalasining ham xursand, ammo bir-birlarini tuygʻulariga oydinlik kiritib olishlari uchun, hech boʻlmaganda bir bor koʻrishib gaplashib olishlari kerakka oʻxshardi. Ertansi kuniyoq Tolibjon bashang kiyinib Zebo tomonga oshiqdi. Bu tomonda Zebo ham ushbu xabardan garang holatda edi. Ota- onasining qaroridan xursand boʻlishini ham, xafa boʻlishini ham bilmay oʻtirgandi. Tolibjonning tashrifi ayni muddao boʻldi. Aʼloxon aya ham yoshlar bemalol gaplashib olishlari uchun qoʻshnisi Saodatxonlarnikiga bir bahona qilib chiqib ketdi. Soʻrida Zebo bilan Tolibjon yolgʻiz qolishdi. Tolibjon, yonidagi hurliqo yaqin orada oʻz jufti haloli boʻlishini oʻylab juda baxtiyor edi. Zebo esa uyatdan ikki yuzi qizarib, Tolibjonga qarolmay, yerdan koʻzini uzolmay oʻtirardi. Sukunatni Tolibjon buzdi:

— Zeboxon, men sizga sevgi izhor qilib ham ulgurmadim, odatda oilaning poydevori sevgi muhabbatdan qurilsa mustahkam boʻladi deyishardi. Bilsangiz, men sizni oʻsha kuni toʻyda koʻrganimdan beri oshiqman. Men haqimda uncha maʼlumotga ega emassiz bilaman, lekin ishoning agar kalbingizda menga nisbatan zarracha mehr boʻlsa mendan baxtli odam yoʻq. Zebo oʻrnidan turib ketmoqchi boʻlganday joyidan qoʻzgʻaldi. Shunda Tolibjon uning qoʻllaridan ushlab qayta yoniga oʻtkazdi-da:

— Shoshmang gapimni boʻlmay turing, ayni damda shoshilib qaysidir gapni unutib qoʻyishim mumkin, sizni yoningizda essimdan ogib qolishim hech gapmas. Men sizga avvalroq yuragimdagi dardlarimni yetkazish uchun bir parcha qogʻozga yozib, biror fursat topib, sizga berish maqsadida asrab avaylab yurgandim, shuni ham uddasidan chiqa olmadim.– Dedi Tolibjon his hayajonga toʻlib-toshib.

— Bilaman- dedi Zebo bir oz kulimsirab.

— Bilaman? Nimani nazarda tutyapsiz?– hayron boʻldi Tolibjon.

— Maktubni bera olmaganingizni, — choʻntakidan bir oz gijimlanib eskirib qolgan varoqni olib Tolibjonga uzatdi.

— Vo ajab, Allohni qudrati ulugligini qarang, bu xat sizni kulingizga qayerdan tushdi.- Tolibjon xat egasini topganidan oʻzida yoʻq xursand edi.

— Bir oppoq kabutar tumshugida egasiga olib keldi.- Zebo, yigitni soʻzlari samiymiyligini anglab, koʻngli ancha toʻlganday edi. Shuning uchun yigitga hazilomus gapirib moyilligini bildirib qoʻymoqchi boʻldi.

— Men moʻjizalarga ishonmasdim. Lekin sizni uchratganimdan beri faqat moʻjizalarni guvohi boʻlyapman. Zeboxon ayting shu maktubni oʻqibsiz, unga javoban nima degan boʻlardingiz? Men sizni baxtli qilishga umid qilsam boʻladimi? Zebo indamasdi. Axir nima deyishini bilmasdi ham. Yigitning koʻzlariga sekingina qaradi-da:

— Ota-onalarimiz bizni baxtli boʻlishimizni xohlagan ekan, men nima ham derdim- dedi uyalib. Bu soʻzni eshitgan Tolibjon oʻzini yettinchi osmonda uchib yurganday his qildi. Haddi sigib Zeboning nozik qoʻllarini qayta ushladi-da:

— Ishoning biz dunyodagi eng baxtli juftlik boʻlamiz, farzandlarimiz koʻp boʻladi. Ular sizday goʻzal va xushodob boʻlishadi.-Dedi Tolibjon. Toʻy Tolibjonning ogʻaynisi Murodjon oʻzining volga mashinasini bezatish uchun, turli xil rangdagi shar va lentalardan foydalandi. Tolibjonlarning uyi oldiga kelgach mashina signalini qattiq chaldi. Bu ovoz nakadar yoqimli tuyulardiki shu payt, uydan yugurib chiqqan qizaloqlar, bolajonlar mashina atrofini urashib havas bilan boqishardi. «Kelinchakni shunda olib kelasizlarmi, zoʻr-ku» deb kichkirishardi. Kumushxon aya esa oʻgʻlimning zags mashinasiga ilib qoʻyaman deb havas qilib, saklab qoʻygan gapiradigan Kukla yaʼni qoʻgʻirchoqni mashinaning oldiga bogʻlashlari uchun olib chiqdi. Murodjon sim bilan qoʻgʻirchoqni mashinaning oldi qismiga mahkamladi. Ogʻaynisini kelin tomonga olib borar ekan Murodjonga bu qishloq koʻchalari ham, odamlari ham sira yoqmasdi, mahallaning Kir-chir bolakaylari chiroyli bezatilgan mashinani koʻrib gʻildiragi tagiga kirib ketguday ushlab yugurishardi. Shunda oʻzicha xayol surdi «Essiz-essiz qanday koʻrkam, qanday pahlavon doʻstim,

Aqldan ozganday shu ovloqdan qiz topsaya, axir oʻqishda manaman degan goʻzallar uni poyiga tiz choʻkayotgan edi-ya, menimcha bu qiz jodugar boʻlsa kerak, biror sehr qilib boshini aylantirib olganga oʻxshaydi». Va nihoyat kelinning uyiga yetib kelishdi. Qoʻliga guldasta ushlab olgan kuyov bola kelin oʻtirgan xona tomonga yura boshlashdi. Unga Murod hamroh boʻldi. Kelinning kuni-qoʻshnilari dugonalari Zeboni shunday kelishgan, barno yigitga turmushga chiqayotganidan baʼzilari havas qilsa, baʼzilari hasad qilardi. Atrofdan «Juda barno yigit ekana, muncha kelishgan boʻlmasa, Zeboni baxti bor ekan» degan shivir-shivirlar elas-elas eshitilib turardi. Murod atrofga qarab qizlarni sodda samimiy nigoxlarini koʻrib, Zebo ham shulardan biri boʻlsa kerak deb oʻylardi. Va nihoyat qiz yashiringan xonaga yetib kelishdi. Mana……. Mana u Zebo. U bugun kelinlik libosida husniga husn qoʻshilib, koʻzni qamashtirguday dilbar edi. Murod qizni koʻrib hang-u-mang boʻlib qoldi, u umrida bunaqangi hech qanday buyoqlarsiz, tabiiy goʻzal, latofatli qizni hech uchratmagan edi. Nogox doʻstining qulogʻiga «Tolib, yomonsanku a doʻstim, sen bu qishloqdan xazina topib olibsanda, shuncha azoblaringa arziydigan qiz ekan, toʻgʻrisi kutmagandim qoyilman senga». Tolibjon ham asta «hali koʻp hayron qoldiraman seni» deb qoʻydi. Mana toʻy ham oʻtdi, bir-birlari uchun yaratilgan ikki sevishgan dil birlashib, yangi bir oila barpo boʻldi. Ikki yosh xuddi shirin tush koʻrayotganday oʻz toʻy oqshomi boʻlib oʻtganiga hamon ishonishmasdi. Toʻyning ertansi kuni Kumushxon aya hamma yaqin qarindosh ayollarni hamda quda tarafdagi yangi qarindosh ayollarni chaqirib, «yuz ochdi» marosimini oʻtkazdi. Ayollar koʻpchilik boʻlgani uchoʻn ikkita xonaga dasturxon yoyishga toʻgʻri keldi. Turidagi katta asosiy mehmonxonaga yoshi ulugʻ onaxonlar, qoʻshni xonaga esa sal yoshroq ayollar joylashishdi. Dasturxon Kumushxonaya boshchiligida did bilan bezatildi. Mehmonlar orasida oʻzining qazo-qazo dugonalari ham borligi uchun faqat billur vazalaru, oʻsha zamonning eng tankis idishlaridan boʻlgan paxta guli choynak piyolalardan foydalanilgan edi. Quda tarafdan yaʼni Aʼloxonayaning tomonidan kelgan mehmonlar ancha odmiroq, kamtarroq boʻlishiga qaramay odamiylik yuzasidan oʻsha boyxonimlardan ancha yuqori turishardi. Kichik xonadagi yosh ayollar ichida Numonjonakaning Poytaxtga kelin boʻlib tushgan yagona singlisi Sharofat hammadan boshkacharoq boʻlib ajralib turar edi. Sharofat– Toshkent Davlat Universitetini filologiya fakultetini tamomlagan, oʻta kalondimogʻ, oʻzini hammadan ustun koʻradigan, izzattalab ayol. Unversitetda oʻqib yurgan kezlarida bir yigit bilan sevishib, turmushga chiqib, oʻsha yerda qolib ketgan. Afsuski qizning baxti kelishmagandi, tanlagan turmush oʻrtoqi savdogarlik qilar, ammo topgan pulini ichib, uyida har kuni janjal koʻtarardi. Vaʼdaboz va begona ayollarga suyagi yoʻqroq yengil tabiat odam boʻlib chiqdi. Sharofat har gal kaltak yeb haydalganida qoʻlida oʻgʻilchasi bilan Numonjon akasinikiga kelib turardi. Chunki ota-onasidan keyin eng yaqin odami shu akasi boʻlib qolgandi. Boshqa akalarini xotinlarini yaʼni yangalarini u oʻzicha yoqtirmasdi. Sharofat juda chiroyli ayol boʻlishiga qaramay, tili zahar, oʻta hasadgoʻy, dilozor ayol.

Marosim oʻtgach Kumushxon mehmonlar orasidan eng ishonchli deb topib, katta ovsini yaʼni Numonjon akaning yana bir akasi Adaxamjonning xotini Xadichaxonni (garchi ikkinchi ovsini Soraxon unga yaqinroq boʻlsa ham Zebo haqidagi gaplaridan keyin unga boʻlgan ishonchi umuman qolmagandi) va Aʼloxon tarafdan Muxtorakaning opasi Havoxonni tunab qolish uchun, aniqrogʻi kelin kuyovga yangalikka olib qoldi. Qolgan mehmonlarni kuzattida, saralab olgan yangalarni kelin tushirilgan xonaning yonidagi qoʻshni xonaga hozirlangan dasturxon tomonga boshladi. Oʻzi esa asta mehmonxonaga kirib, tushgan sarpoyu, latta- luttalarni taxlab saranjomlashga tushdi. Qayoqqa bosh soʻkishini bilolmay oʻngʻaysizlanib yurgan Sharofat Kumushxonayaning oldiga kirib sekingina oʻtirdi, bir matoni qoʻli bilan mensimaygina gijimladi:

— Yangajon, qudangiz muncha past boʻlmasa, topgan sarpolarini qarang tavba, almisoqdan qolgan latta- puttalarku, dasturxon atrofida sarpo tashlayotgan payt zoʻrga chidab oʻtirdim. Odam koʻrib ketganday shu Aʼloxonni qiziniyam kelin qilasizmi shunday oʻgʻlingizga, bilardingizku uni qanaqaligini na did busin na farosat. Siz bilan kimlar quda boʻlishni orzu qilishardi-ya– dedi Sharofat qora qoshlarini uchirib.

— ha endi nimayam deymiz Sharofatxon, oʻgʻlim tushmagurga shu qiz yoqib qolib, aqldan ozay dedi boyakish, ular boshida qizini bermaymiz oʻqitamiz deb turib olgandi, bazur koʻndirdim oʻziyam. Zeboxon toʻgʻrisi mengayam maʼqul koʻrindi. Xuddi singlim Bibixonga oʻxshatib mehrim tushib qoldi. Oʻzi men xushruy odamni yaxshi koʻraman bilasiz-ku. Sarpolarga kelsak, hech kishi yoʻq, qudaposhsha biron marosim qilganida bitta qoʻymay oʻziga qaytarib yuboraman deb alohida taxlayapman, men ham anoyimasmanku.- shivirladi Kumushxon.

— hali rad qildiyam deng, namuncha qizi jaaa goʻzal ham emasku, Bibixon singlingizni koʻrmagan boʻlsam ham suratini koʻrganman, parilarday chiroyli edi. Nahotki Zebo Tolibjonning koʻziga ham shunakangi hurliqo boʻlib koʻringan boʻlsa, tavba agar menga oʻxshaganroq boʻlsa oʻgʻlingiz oʻzini-oʻzi bir nima qilib qoʻyar ekanda a.- goʻzallik salonida qoʻngʻiroq qilingan sochlarini oʻynab erkalandi. Bu orada qoʻshni xonadagi chimildiq ichida Aʼloxonaya qizining yonidan ketolmay, quchgancha bir nimalarni tayinlardi.

— Qizim, ona-bola bir-birimizga toʻyolmadik ham, nima ham qilardim qiz bolaning taqdiri shu ekanda, undirib oʻstirib endi voyaga yetdi deganda egasi olib ketarkan, mayli bolam ilohim baxtli-taxtli, serfarzand, serdavlat boʻlib, shu xonadonda tub yozib palak otgin. Endi boshqa eshikka kelin boʻlib tushding, bizni unut shu Kumushxon bilan Numonjonakalar endi sening haqiqiy ota-onang, Tolibjonning uka-singillari sening ham jigarlaring. Hurmatini joyiga kuygin, chaqqon-chaqqon, labbay deb xizmatlarini qilgin bolam.– Aʼloxon aya qiziga nasihat qilar ekan yigʻidan oʻzini tiyolmasdi.

— yigʻlamang oyi, meni ovutish oʻrniga oʻzingiz mendan battar koʻz yosh qilyapsizku, unday emas mening

Haqiqiy ota-onam sizlar, ular qaynonam va qaynota m yaʼni ikkinchi ota-otam. Xavotir olmang oyijon, qoʻlimdan kelgancha xizmatlarini qilib, roziligini olishga harakat qilaman. Siz muhimi oʻqishim haqida Kumushxonayaga eslatib qoʻying, vaqt oz qolyapti. Men oʻqishim kerak.- Zebo xuddi onasini qaytib koʻrmaydigandek mahkam quchoqlab xayrlashdi. Mehmonlar ketib kelinoyisini yolgʻiz qolishini kutib turgan Tolibjonning singillari va shirintoy ukasi urfga koʻra yangi kelindan roʻmolcha olish uchun chimildik yasatilgan xona tomonga qarab yugurishdi. Eng avval katta singil Nasiba asta chimildikka muraladi:

— Assalomu alaykum kelinoyijon, xush kelibsiz uyimizga, yoningizga kirsak maylimi, charchab qolmadingizmi?- Dedi Nasiba. Nasibaning xushmuomalasini koʻrib Zeboning bahri bili ochildi.

— Va alaykum assalom Albattada, keling Nasibaxon, kap-katta qiz boʻlib qolibsizku, kelinglar kiraveringlar, ukalaringiz qani, roʻmolchalarning eng chiroyligini sizlar uchunda. Nasiba, kelishilganday toʻpolon qilmay eshik oldida sabr bilan kutib turgan ukalariga qarab kelaveringlar deganday qoʻli bilan imo qildi. Ular birin ketin chimildikni toʻldirib kirib kelishdi. Yangi parcha toʻshakda oʻtirgan Zeboning chiroyiga mahliyo boʻlishib bir oz qarab qolishdi. Bir oz jimlikdan soʻng:

— Zebo opa siz rostdan ham bizga kelinoyimisiz? Menga ham roʻmolcha berasizmi?– soʻradi Dilshodjon.

— ha men sizlarga kelinoyi va opangiz boʻlaman, muncha shirin boʻlmasa bu kichik shaxzoda.– Zebo Dilshchodjonni qoʻliga olib koʻtardi-da chimildik yonida baxmal dasturxonga tikilgan, oʻz qoʻllari bilan toʻkib bezatgan turli-tuman roʻmolchalarni yoniga olib bordi.

— Birinchi boʻlib sizga beraman, qani tanlang, eng sarasi sizniki. Qizlar buyoqqa kelinglarchi qani sizlar ham tanlab olinglar xohlagan roʻmolchangizni olib beraman.– Zebo bolalar bilan chalgib bir oz boʻlsa-da yuragidagi gʻulgʻulani unutganday edi. Qizlar roʻmolchalarning koʻpligidan uzoq vaqt gurung qilishib «unisi, yoʻq bunisi» deb tortishib tanlashardi. Dilshodjon esa qoʻlidagi kelioyisi eng teppadan uzib bergan atlas roʻmolchasini mahkam quchoqlagancha, xuddi opalari bu roʻmolchani koʻrsa olib qoʻyadigan-day koʻrkib chimildik ichida oʻtirardi. Shu pallada ulardan baxtli odam yoʻq edi.

— Zebo opa, sizning roʻmolchalaringiz rosa koʻp ekan, Ashuraning kelinoyisiniki atigi 10 dona edi, ha ha men oʻzim sanaganman. Ertaga Ashura oʻrtoqimniyam olib kirsam maylimi, bir koʻrsatib qoʻyardim roʻmolchalaringizni.- Dedi Nigora.

— ha hamma oʻrtoqlaringizni olib kiring hammaga yetadi.- Zebo yolgʻiz oʻsganligi uchun singlisi boʻlishini bir

Umir orzu qilgandi. Taqdir unga bir emas bir nechta singil hadya qilganidan bagʻoyat shod edi. Bir burchakda har doimgiday kichkina yigʻloqi singil Nodira arazlab oʻtirardi. Goʻyoki u tanlamoqchi boʻlib turgan roʻmolchani opasi olib qoʻyganmush. U yolgʻondan yelkasini kimirlatib-kimirlatib qoʻyar, xuddi yigʻlayotganday yuzlarini kafti bilan tusib olgandi. Qizlarning eng kenjasi boʻlganligi uchunmi Nodira ancha ujarroq, chakimchiroq, oʻz aytganini qildirmay qoʻymaydigan xilidan. Zebo uni yoniga bordi-da qulogʻiga:

— Shakarim, boʻlar chiqib ketgandan keyin qaytib kiring xoʻpmi, sizga rosa chiroylisini boshqa joyga yashirib qoʻyganman.– dedi tinchlantirish uchun.

— xoʻp, kelishdik -dedi kelinoyisining qulogʻiga shivirlab. Xonaga Kumushxonaya hamda Sharofat 3 yasharli oʻgʻli bilan kirib kelishdi. Zebo uyalib darrov chimildik ichiga kirib katta roʻmolini boshiga tashladi.

— Dunyo suv qoʻygandek jim-jit boʻlib qoldi desam mening toʻpolonchilarim-u dastyorlarim shu yerda jamul-jam ekanda, qani tez chiqinglar-chi, kelinoyilar charchagan, bir-oz dam olsin. Nasiba bu nimasi men senga idishlarni joy-joyiga taxlanglar demaganmidim. Qani ukalaringni boshlachi– Kumushxonaya bolalarini tashqariga chiqarar ekan, koʻzi Sharofatga tushdi u kelinni seplariga qarab labini burar edi. Shu paytda Zeboxon oppoq roʻmoli bilan chimildik tashqarisiga chiqdi-da egilib ularga salom qildi.

— Koʻp yashang, koʻp yashang, kelinlik bir ajoyib davrda, essilarimga tushib kettiya. Kelinchak oyim biz ham roʻmolchaga keldik, meni oʻgʻlimga ham berasizmi?– mensimaygina gap boshladi Sharofat- axir Toshkentday shaxri azimdan kelgan aziz mehmona.

— ha albatta, boʻlmasam-chi, ismi nima bu shirintoyni?-dedi Zebo. U roʻmoli ostidan Sharofatni yuzini koʻra olmasada uzun qilib oʻstirib, kip-qizil buyoqqa buyalgan tirnoqlaridan, sovuqkina muomalasidan, ancha olifta ayolligini bilib, oʻgʻilchasiga matoga toʻkilgan emas, balki kimmatroq magazinni tayyor qadoqlangan roʻmolchasidan uzatdi.

— Voy kelinposhsha oʻgʻlimning bunaqa roʻmolchalari oʻzida kalashib yotibdi, bizga anavi qishloqcha toʻkilgan roʻmolchalardan bering oʻrgilay.- dedi va arzanda oʻgʻlini Zeboning yaqiniga olib keldi-da- Ismiz nima edi polvonim qani oʻzingiz kelin oyizga aytib qoʻyingchi.

— Ayslon- Nomi Arslon boʻlsa ham kuyonday koʻrkam, uyalchang, kamgap bolakay zoʻrga ismini aytdi-da yana onasining quchogʻiga otildi.

— xoʻp opa, tanlaganingizni oling, axir men boʻlarni hammasini sovgʻaga beraman deb yaxshi niyat bilan toʻqiganman.– Zeboni ovozi oʻzgarib ancha pasayganday edi. U sekingina bildirmay roʻmol ostidan ayolga

Qaradi, ovozidan tanishday tuyulgan bu ayolni bir paytlar juda kichkinalik paytida qandaydir toʻydami yo bir marosimdami koʻrganini esladi. Lekin aniq eslolmagani uchun bir oz xayolga chumdi.

— Meni tanimadingizmi Zeboxon, men Sharofatxolangiz boʻlaman, Aʼloxonayam sizni men turmushga chiqayotganimda, toʻyga olib kelgan edi. Unda kichkina qizaloq edingiz, essingizda yoʻqdir. Hayron boʻlmang, ha oʻgʻlim shunaqa kichik, xudo meni uzoq sinab, va nihoyat 7 yil deganda endi farzand bilan siyladi. Lekin sizga bunaqa sinovni tilamayman, 9 oyu, 9 kunda oʻgʻil bersin ilohim.

— Aytganingiz kelsin Sharofatxon- choy koʻtarib kirgan Kumushxonaya suhbatga qoʻshildi.– Qizim ozgina issiq choy ichib biror nima yeb oling. Ha demay kuyov kelib qolsa keyin uyalib oʻtirasiz. Men qoʻshni xonadagi yangalarga ovqat suzdiraman. Sizga Tolibjon kelgach urfga koʻra moshkichiri taomini olib kirishadi, bilsangiz bu ovqatni ataylab kuyov-kelinga birinchi nikoh kechasida beriladi. Oʻgʻil-qiz aralash farzandlar boʻlsin degan irim bilan. O, qoʻying e shunaqa irim-sirimlarga hech toqatim yoʻqda, — bu gaplar Sharofatga yoqmay burnini jiyirdi. — Avvalo ering yaxshi boʻlsin ekan, oʻgʻil-qizni unta tugib bersang ham boʻlmaydigan er baribir boʻlmas ekan. Men bola tugib bersam oʻzgarar deb oʻylardim qayoqda battar boʻldiku. Bu ayolni oʻzini tutishi Zeboga sira yoqmasdi. Lekin Kumushxonga aynan shunaqa gapga chechan, shartaki ayollar maʼqul kelgani uchun Sharofatni erkaligi uncha sezilmasdi. Toʻgʻrirogʻi uning bunaqangi gaplariga oʻrganib ketgan edi. Shom mahalli yaqinlashgach Kumushxon oʻgʻlini kelinni yoniga shoshirdi. Unga, chillalik kuyov, chillalik kelinni yoniga shomdan keyin kirib boʻlmasligini uqtirdi. Zeboning yonida esa kichik singlisi Nodira kelin oyising yashirincha bergan roʻmolchasini bagʻriga bosgan holda goho sheʼr aytib, goho raqsga tushib qahqahlab oʻtirardi. Tolibjon kelinlik uyga kirayotib oyoq kiyimini yechar ekan, urfga koʻra poyafzalini ichiga yangalarga atagan soʻmlik qogʻoz puldan solib qoʻydi. Egnidagi kostyumini ham ilgichga ildi-da, uning choʻntakiga ham himmat qildi. Hozir undan saxiy, undan baxtli odam yoʻq edi olamda. Xonada oʻtirgan mehmonlarga qarab salom berdi-da, boshini egib chimildikli xonaga qadam qoʻydi. Xonada Zebo bilan Nodira ochomlashib suhbat koʻrib oʻtirar edi.

— Iye meni «Nodi yigʻloqi»m kelinoyisini kuriklab oʻtiribdimi?– dedi Tolibjon singlisini erkalab. Zebo esa uljasini oldiga kelgan sherdan koʻchganday, darrov chimildik ichiga yashirindi.

— ha oyim aytganlarki endi men siz yoʻqligingizda kelinoyimni kuriklab turarkanman, boʻlmasa jinlar olib

Koʻchib ketarkan.-Aql oʻrgatdi Nodira.

— Maxmadonam meni. Endi men keldim postni topshirsangiz ham boʻladi koʻrikchi qiz.

— Zebo opam menga rosa yoqdilar, aytishi boʻyicha men hammadan chiroyli va aqlli ekanman. Voy oyim chaqiryaptilar men hozir, sizlar gaplashib turinglar, men tez qaytaman.- Nodira chopkillagancha chiqib ketdi. Tashqaridan Kumushxon ayaning «Nodiraxon, xoʻ Nodiraxon qani-san qizim» degan ovozi kelardi. Tolibjon chimildik ichiga asta kirdi, qarshisida Zebo oppoq ipak koʻylakda, oq popukli roʻmolni boshiga yoyib, kuyovga egilib salom qildi.

— Assalomu alaykum.

— Va alaykum assalom, meni Zeboginam, kuni boʻyi, yuge umrim boʻyi shu daqiqani orziqib kutibmana, Allohga shukr, yetkazgani rost boʻlsin. Ular salomlashib ulgurmasidan yangalar xonaga kirganini belgisini qilib tomoq qoʻqishdi. Zeboning sepidagi bor koʻrpalaridan baland qilib joy tushashdi. Keyin biri koʻrakchada choʻgʻ olib kirib isirik tutatib xonaning havosini iforlantirdi. Kelin kuyovlarning mujazgina dasturxoniga «moshkichiri» taomidan boshlab, pista magizlardan, olma-uzumlardan, asalu-novvotlardan keltirishdi-da oʻzlari qoʻshni xonaga chiqishdi. Tongda Aʼloxonning vakili Havoxon aya Zebo bilan xayrlashish uchun uning yoniga yani chimildik ichiga kirdi:

— Jonim qizim, yuzing yorug boʻlgani bilan tabriklayman oʻrgilay, endi men boray. Aʼloxonni koʻnglini tinchlantiray, boyakish ming uy bilan oʻtirgandir. Onani yaratmasin ekan bolam. Seni uzatishga uzattiyu, bolam yosh edi-da deb yigʻlab qolgandi boyakish.

— Ammajon, men oʻzim qolamanmi, ketmang, yana bir ikki kun men bilan qolsangiz boʻlmaydimi?

— Voy men oʻlay, qorabotirday boʻlib a, bu gaping nomaʼqul gap qizim, kuyovim yana meni yomon koʻrib qolmasin tagin. Kumushxon juda xushmuomala ayol hali tezda til topishib ketasizlar, sen chaqqon -chaqqon xizmatlarini qilib qaynonang bilan qaynotangni duosini olgin. Eringga shirin soʻz boʻlib mehrini kozongin xoʻpmi qizalogʻim. Mana oradan ikki yil oʻtdi. Bu orada Zebo ham yangi oilaga ancha koʻnikib qoldi. Unga ayollik yarashib yanayam goʻzal, yanayam dilbar boʻlib ketgan, soddagina odmigina kiyinsada liboslari oʻziga juda yarashardi. Boshqa kelinlarday yuz-koʻzlariga boʻyoq surishni ham eplolmasdi. Aslida hech qanday buyoqlarning unga keragi yoʻq. Shundoq ham tabiat uni latofatli va dilbar qilib yaratgan. U uy ishlariga shoʻngʻib ketganidan Oliygohda oʻqish haqidagi uy-xayollari allakachon fikridan uchib ketgandi. Oʻzining shaxsiy orzu havaslaridan koʻra oiladagi vazifalarini ustun qoʻygandi. Toʻgʻri, oʻsha kelinlikning ilk pallalarida imtihon kuniga borolmay qolgani uchun uch-toʻrt kungacha tunlari yigʻlab, arazlaganday biror ishga qoʻli bormay yurdi, lekin Tolibjonning daldalari, Kumushxon ayaning tinchlantirishlaridan soʻng oʻzini qoʻlga oldi va roʻzgʻor ishlarini oʻrganishga kirishib ketdi. Ovqat qilishni unchalar bilmagani uchun boshida rosa kiyinchiliklar koʻrdi. Goho palovni tagiga oldirib yuborar, goho suyuk taomlarni tuzini pastroq yoki koʻproq solib yigʻlab oʻtirardi. Tandirga non yopishniku gapirmasak ham boʻladi. Zebo non yopish tugul xamir qilishni ham oʻrganmaganligi Kumushxon ayaga oʻtib tushdi, u «Aʼloxonni qizi boʻlsa asl nonvoy kelin boʻladi» deb xayol qilgan edi. Zeboga non qilishni oʻrgatguncha qaynona-kelin ancha nari-beri boʻlishdi. Baxtiga Tolibjon Zeboning koʻngliga qarab, unga doim imkon qadar koʻmaklashar, oyisini har-xil hazil-huzullar bilan tinchlantirishga harakat qilardi. Kumushxonaya ham sabr bilan qizga oʻz qiziday hamma narsani yotigʻi bilan tushuntirib oʻrgatar, agar uqtirganidan keyin ham eplolmasa baʼzan gazab bilan soʻkib ham berardi. Zebo oʻz ota uyida roʻzgʻor ishlariga eʼtiborsiz boʻlganligini tan olib, bu dakkilarga toʻgʻri baho berardi. Natijada qaynonasi uni haqiqiy uy bekasi qilib oʻzgartirib yuborgandi. Hammasi risoladagiday edi-yu, lekin baʼzida Kumushxonayaning dimogdorlik feʼli tutib Zeboni uncha mensimaganday, pastroq nazar bilan qaraganday boʻlardi. Ayniksa «kelin yukladi» marosimini qilgan kunidagi qiligidan Zebo hayron qolgandi. Oʻsha kuni hamma xonalar mehmonlar bilan toʻlib ketgandi. Numonjonakaning katta-katta idoralarda ishlaydigan tanishlari, Kumushxonayaning qazo-qazo dugonalari yosh kelin-kuyovlarga atab qimmatbaho koʻrmanalar, billur idish-tovoqlardan tortib uy roʻzgʻor buyumlarigacha koʻtarib kelishgandi. Katta xona sovgʻalar bilan toʻlib ketganidan, mehmonlarni kuzatiboq saralashga tushishsa ham, yigʻib-terguncha tong otib ketdi. Zebo shuncha sovgʻa-salomni koʻrib sevinchi ichiga sigmay orasidan baʼzilarini olib otasi olib kelgan oynali shkafga terayotgandi. Shunda Kumushxonaya kelinining yoniga kelib faqat oʻzi tarafdan kelgan mehmonlarning sovgʻasini olishini boshqa hamma kuyov tomonidan kelgan sovgʻalarni sandikka solib qizlariga saklab qoʻyishini aytgandi. Bu gapdan keyin tarvuzi qoʻlidan tushgan afandiday shumshayib qolgan Zeboga Tolibjon dalda boʻldi, roʻzgʻor qilishganida bundan ham chiroyli va qimmatbaholarini olib berishini vaʼda qilib uning koʻnglini tinchlantirdi. Baribir qaynonasining tarafma-taraf qilib ajratgani Zeboga juda ogʻir botgandi. Chunki uning tarafidan qudalarga koʻp mehmon olib borsak noqulay boʻlmasin deb sanoqli kishilar kelgandi xolos. Natijada bir juft paxta guli choynak oʻn-oʻn besh dona piyolasi bilan, bir tikuv mashinasi va dadasi olib kelgan oynali shkafdan boshqa narsaga ega boʻlmagandi. Lekin bu holatni u onasiga aytmadi. Oʻzi shundoq ham Aʼloxonayaga qizining turmushi koʻngildagiday emasligini sezib turardi, uning nazarida Kumushxon, qizini kelin emas churi qilib olganday edi goʻyo. Er-xotin qizini yosh, erta turmushga berib yuborganidan baʼzan afsuslanardi. Aʼloxon aya Muxtor aka bilan yolgʻiz qolishib anchagacha kunikolmay bir nimasini yoʻqotib qoʻygan kishiday garangsib yurishdi. Onaizor Muxtorakaning qarshiligiga qaramay Zeboni koʻrgani tez-tez borib turdi. U koʻproq qudalari ishda, qizlar maktabda boʻlgan vaqtda poylab borardi. Har safar qizi koʻziga bir oz oriklaganday, ranglari suliganday koʻrinardi.

SHAXNOZA

Улашинг: