Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

BIR TAQDIR

BIR TAQDIR

(Davomi. Boshlanishi oldingi sonlarda)

Uning qizlik paytidagi shodonligi, gʻayratidan endi asar ham yoʻqday. Bir umr uy ichida uy bekasi boʻlib qolish uning xayoliga ham kelmagandi. Maktabda oʻqituvchi boʻlishday ruyobga chiqmagan orzusi baʼzan yuragini alamli tirnardi. Ustiga ustak noziktaʼab qaynonasi bilan muomala qilishni oʻzi bir mashaqqat edi. Koʻpincha bironta singlisi bilan sirlashib gaplashgisi kelsa, oyisi ularni suhbatini buzgisi kelganday qizini darrov yoniga chorlab qandaydir gʻashi kelganday edi. Bu holatni Zebo sezib tursada ichida «Boʻyi yetgan qizlarini biror bekorchi savol berib qoʻymasin deb saklayotgandirda» deb oʻziga-oʻzi tasalli berardi. Chunki Kumushxon aya qizlarini juda qattiq nazorat ostida tarbiya qilardi. Ular oshiqcha, qattiqroq ovoz chiqarib kulishsa ham urishib berardi. Oʻquvchimisan faqat kitob oʻqi, bilim ol derdi. Darsdan tashqari paytida ham bekor qolmasligi uchun ularni turli tugaraklarga, musiqa maktablariga aʼzo qilib qoʻygandi. Qaynotasi esa xuddi bu dunyoga ishlash va yana ishlash uchun kelganday ishga shoʻngʻib ketgan, oila tashvishlari, kamchiliklari, bozor-uchar deganday oila boshi qiladigan ishlarga ham vaqti kelsa aralashmasdi. Oyligini oxirgi tiyinigacha shundoq xotiniga tutkazardi-yu, shu bilan vazifasini oʻtab qoʻyganday qaytib hech narsa bilan ishi boʻlmasdi. Oilaning ikir-chikirlarini hammasini Kumushxon oʻz qoʻliga olgan va Tolibjon bilan birgalikda oqilona tejamkorlik bilan bajarishardi. Oiladagilar hammasi biror yumush bilan mashgul, fakatgina uy ichidagi pishir-qoʻydir, kir-chir, supur-sidir va shunga oʻxshash uy yumushlarini hammasi Zeboning boʻynida edi. Uy bekalik unga yoqmayotgan boʻlsa-da, lekin kelinlik vazifam deb bajaraverardi. Chunki uning rejalari bilan hech kim qiziqmasdi-da. Lekin hozirgi damda uni yashashga undayotgan birgina quvonchi vujudidagi urib turgan mitti yurakcha. Yaxshiyamki Alloh uni shu ermak bilan siyladi, yoʻqsa hayotga boʻlgan muhabbati sunib borayotgandek edi. Zebo qoʻllari bilan xuddi chakalogini erkalaganday qornini silab mayin kulib qoʻydi va har doimgiday uy ishlarini bir boshdan bajarishga shoʻngʻib ketdi. Ha bu tomonda bir kecha kunduzning oʻzidayoq yumushlar koʻpayib uni kutib turgandi. Uyga birinchi boʻlib Nasiba kirib keldi. U oshxonada kelinoyisini koʻrib koʻngli xotirjam boʻldi. Darrov kiyimlarini almashtirdi-da, toʻgʻri ovqat pishirayotgan kozonga muraladi.

— Kelinoyi ovqatingiz tayyor emasga oʻxshaydi a, men oʻqishga tayyorlov darslarimga kech qolayapman.- dedi sovuqkina qilib.

— Hozir pishadi Nasibaxon, guruchini yaqinda solgandim, bir oz yumshasin.– Zeboga ovqat hidi yoqmay ogʻiziga roʻmolini bogʻlab berkitib olib bazur pishirayotgan edi. Nasibaning salom ham bermasdan, dab durustdan xuddi xizmatkorga muomala qilganday gapirgan gapi unga ogʻir botgandi. Nasibaga kelinoyisining ovqatga kechroq uringani yoqmadi, u dukkilagancha nonga sariyogʻdan surdi-da shosha-pisha yeb xayr ham demay chiqib ketdi. Uyga birin ketin oila aʼzolari kirib kela boshlashdi. Ular Zeboga xuddi bir kun ishga ruxsatsiz chiqmay qoʻygan xodimga qaraganday qarashardi. Hatto kichik qayni-inisi Dilshodjon ham uyga kirdi-yu, kelinoyisiga qarab maktabda yiqilib kir boʻlgan oq koʻylagi yuvilmay qolgani uchun boshqa koʻylak topolmaganini, futbolka kiyib borib ustozidan dakki eshitganini aytib nolidi. Zebo esa aybdorday boshini egib oʻzidan kichik ukalaridan gap eshitishni davom etardi. Bu oʻquvchi bolalarda shuncha arz boʻlsa qaynonam kelsa nima boʻlarkin deb xavotirga tushardi. Va nihoyat Kumushxonaya kirib keldi.

— Voy aylanay Zeboxon keldingizmi bolam, — dedi Kumushxonaya ayyorona kulib- Bu nima qiliq a, bizni

Xavotirga qoʻyib hech narsadan hech narsa yoʻq ketib qolibsiz. Unaka bemani qiligingizni endi hecham qaytarmang, agar yana shunaqa ruxsatimsiz ketib qolsangiz, uyga kiritmay qoʻy qolaman. Kumushxonning kulib turgan chehrasidan na jahlni, na hazilni anglab boʻlmasdi. U hazil aralash haqiqatni gapirib olgandi.

— Assalomu alaykum, charchamay keldingizmi oyi. Ha…… oldin oʻgʻlingizni mastligini koʻrmagan edim, shunga koʻrkib ketdim shekilli.- Zebo oʻzini zoʻrga yigʻidan tiyib turardi. Kumushxon Zeboning bu holini koʻrib, bolalar unga yoqmaydigan biror nima deganini angladi va uning koʻnglini koʻtarish uchun biror yoqimliroq gap gapirmoqchi boʻldi.

— Aytgancha Zeboxon muborak boʻlsin qizim, Alloh chin koʻzi bilan bilan bergan boʻlsin iloyim. Kecha Tolibjondan eshitib boshim koʻkka yetdi. Buvi boʻlarkanman deb sevinchim ichimga sigmay yuribman. Qaynonasining bu gapidan soʻng Zebo bir oz oʻziga keldi. Koʻngli yorishib yuziga tabassum yugurdi. U issiqkina mastavani kosaga qoʻyib qaynonasiga uzatar ekan, bu gapiga javoban nima deyishni bilmasdi. Bu orada Nasiba ham kirib keldi. Kumushxon aya Zeboga yanayam dadillik berish uchun toʻpolonni boshlab yuborgan Dilshodjonni tizzasiga oʻtkazdi va:

— Qizlar bu yoʻqqa kelinglar, sizlarga zoʻr yangiligim bor. Zebopangiz sizlarga yaqinda chaqaloq uka olib keladi. Shuning uchun endi opangizga uy ishlarida yordam beringlar. Charchab qolmasin xoʻpmi.

— zoʻr-ku, oʻzi menga oʻgʻil bola uka kerak edi, Zebo opa oʻgʻil bola olib keling xoʻpmi. Birga futbol oʻynaymiz- Dilshodjon quvonchdan kichkirib yubordi. Qizlar ham xursand boʻlishib Zeboni koʻchib tabriklashdi. Aslida ular ham bu yangilikni qachondan beri orziqib kutishayotgandi. Zebo uyalib tashqariga idishlarni chayish uchun chiqib ketdi. U chiqib ketishi bilan Kumushxonayaning gapirish oxangi oʻzgarib kulib turgan yuzi burishib qovogʻi soliq holatda:

— Boʻldi toʻpolonni bas qilinglar. Qani, hammani qorni toʻygan boʻlsa xonalaringga kirib darslaring qillaring, churq etgan ovozni eshitmay, oʻzi maktabdagi shovkinlar menga yetib ortadi. Mana kunlar ketidan kunlar, oylar ketidan oylar oʻtib Zeboning oyi kuni yaqinlashib qoldi. Uning homiladorlik davri juda kiyin kechdi. Oshxonaga kirsa ovqat hidi, uyga kirsa atir hidi xullas toza havodan boshqa hamma begona hidlar uning koʻnglini behuzur qilardi. Tolibjon esa Zeboga iloji boricha koʻproq vaqt ajratishga harakat qilar, yashirincha turli shirinliklar bilan siylar, baʼzan esa uning mahzun chehrasini ochish maqsadida yaqin atrofdagi kinozalga yangi hind kinosi kelganda uni chez-tez olib tushardi. May oyi boʻlgani uchun Kumushxon ayaning maktabdagi ishlari har doimgidan koʻpayib qolgan. Oʻquvchilar esa yakuniy

Baholarga, bitiruvchi qizlar bitiruv imtihonlariga qattiq tayyorgarlik koʻrish bilan band. Lekin ular kelinoyisining chaqaloq olib kelishini intizorlik bilan kutishardi. Oʻzlaricha oʻgʻil boʻlsa undoq, qiz boʻlsa bundoq deb turli xil ismlar oʻylab topishardi. Mahalla kuy, kuni-qoʻshnilar ham havas qilishib «Tolibjonga ham Zeboxonga ham xudo chiroydan bergan, tugʻilajak farzandi yanayam goʻzal boʻlsa kerak a» deb Kumushxonayani xursand qilishardi. Kunlarning birida ovsini Soraxon Kumushxonayalarnikiga har doimgiday nevarasini koʻtargan holda kirib keldi. U nabirali boʻlganidan beri shu qizaloqni qoʻlidan qoʻymay koʻtarib yurardi. Chunki olgan kelini bir oz ogʻrikchan chiqib koʻp-koʻp shifoxonalarda davolanib turardi.

— Keling opa, keling. Zeboxon yangi koʻrpacha tushang momangiz chiqibdilar.-dedi Kumushxonaya keliniga qoshlarini uchirib.

— Yaxshimisiz ovsinjon, uyimiz bir qadam boʻlsa ham mundoq gaplashib oʻtirgani vaqt topolmayman. Chol kampir uzu-kun shu nabiraginam bilan bandmiz.– Soraxon qizaloqni qoʻlidan qoʻyib, toʻshakka oʻtkazdi. Bu qiligi Kumushxonga uncha yoqmadi-da, katta qornini koʻpaytirib, bir uyum kir yuvib oʻtirgan keliniga yuzlandi:

— Zeboxon kichik mehmonga haligi kichkina toʻshakchalardan ham olib chiqmabsiz-ku qizim. Ha ovsinining shunakangi injiq qiliklarini yoqtirmaganligi uchun Soraxon bu eshikka hech kirgisi kelmasdi. U nabirasini tizzasiga qaytarib oʻtkazdi va uning konfetdan shira boʻlgan qoʻllarini roʻmolchasi bilan artdi. Koʻz kiri bilan atrofga qarar ekan, hovlining tartibga kelib qolganini, dor toʻla yuvilgan kirlarni koʻrib, ovsining keliniga hasad qilganday boʻldi.

— Gapiring opa, bu bala quchoqlab yurib qaytadan ona boʻlibsizda, tokatingizga qoyilman. Keliningiz koʻrinmaydimi yana shifoxonadami?– soʻradi Kumushxon, toʻshakchani qizaloqning tagiga tushar ekan.

— ha negadir boyakishning oyoq ogʻrigi hech qolmayapti.-asta gap boshladi Soraxon, u aslida ichiga toʻlib ketgan dardlarini hasratlashib bir oz yengil tortgani chiqqan edi.- qilmagan dorimiz, koʻrsatmagan shifokorimiz qolmadi. Tugʻruqdan keyin battar boʻlib qoldi. Mana bolasi ikki yashar boʻldi hamki yalchitib koʻkrak tutgani ham yoʻq. Bir oy uyda boʻlsa, bir oy shifoxonada. Hozir oʻgʻlim poytaxtga olib ketgan, zora oʻsha kuchli shifokorlar biror davo topsa kelinimga deb xudodan soʻrab oʻtiribman.

— ha shifo bersin iloyim, oʻzi juda nozik ekanda. Kelinniyam sal bakuvvatrogini tanlash kerak ekan uzichi, kuyunmang opa hali koʻrmaganday boʻlib ketadi. Qani choyga qarang sovib qolmasin. Akam ham yaxshimilar, uyga kirmay aka-uka idoradayoq koʻrishib qoʻy qolishyapti shekilli. Ahmadjon unday dedi,

Ahmadjon bunday dedi deb qoladi bazida ukangiz. Qayerda gaplasha qoldingiz desam, qayerda boʻlardi mahalla gʻoʻzaridagi sartaroshxonaga sokolini tekislatgani chiqqan ekan xonamga kirgan edi deydi. Ular koʻp ham suhbat qila olmadi. Nabirasi injiqlik qilib buvisini goho u yoʻqqa, goho bu yoʻqqa tortkilab sira gapirgani qoʻymadi. U piyoladagi choyini xoʻpladi-da, uyiga shoshildi.

— bugun ertaroq turgandi shunga uyqusi keldi shekilli, mayli Kumushxon duo qiling men uyga qaytay, oʻzingiz ham chiqing aylanib.

— kaniy-di-ya chiqolsam, ishlarim koʻpligidan bosh kashishga vaqt yoʻq. Uzr siz bilan ham tuzuk-quruq gaplasholmadim. qulogʻim sizdayu, koʻzim daftarda, yakshanba kunlikda yozib qoʻymasam keyin vaqtim boʻlmaydi. Qani ilohi omin Alloh keliningizga tezroq shifo bersin. Kumushxonaya ovsinini kuzatib kirganida, Zebo Kir yuvishni tamomlab, bir piyola choy ichgani soʻriga oʻtirgan edi. U uzoqdan ikki ovsinni gaplarini eshitib, Soraxoning kelini kasalxonada ekanligidan tashvishlanayotgandi.

— Oyi, nima qilibdi Ruxsoraxonga yana ogʻrib qolibdimi? U kuni koʻrgishganimizda yaxshi boʻlib qoldim degandi. Boyakish bolasidan ayrilikda rosa sogʻinayotgan boʻlsa kerak.

— Juda achinavermang. Ajab boʻpti, xoʻp boʻpti. Uyalmay netmay birovni pardali qiziga tuhmat qilsa xudoyim shunaqa peshonasiga bitib qoʻyadi. Zebo qaynonasining gaplariga tushunolmay hayron boʻldi.

— Sizga sovchi boʻlishdan oldin, opam deb kelib-kelib shu Soramomangizdan sizni suragandim. Qiz qanaqa, meni ishim koʻpligidan uncha Aʼloxon bilan bordi-keldi qilolmiman, siz koʻproq alokadasiz, desam, bilasizmi nima degan. Aytishicha uning bir tanishi sizlarni vrachlik punktingizda hamshira boʻlib ishlarkanmishu, oʻsha ayol sizni koʻp oʻsha yerda koʻrarmush. Emishki sizni oyogingizda bod kasalingiz bor ekan. Oʻshanda ancha dilim xira boʻlib qolgandi. Zebo ichayotgan choyiga tikilib yutal tutib qoldi. Qaynonasining gaplariga ishongisi kelib-kelmay, koʻzlarini katta-katta ochib, belini ushlagancha qarab turardi.

— ha aynan shunday degan. Lekin men uni gapigamas oʻzimni yuragimga quloq soldim. Chunki mening koʻzlarim aldamaydi, uncha-muncha doktorlarni tahlilidan koʻra aniqroq tashxiz qoʻyadi odamga Shunda Zeboning beliga ogʻriq turdi u birdan ingillab qoldi. Bir qoʻli bilan belini bir qoʻli bilan soʻrining chetini ushlagancha voy-voylab qoldi.

— ha qizim sizga nima qildi. Voy koʻzingni koʻrib ketgurni koʻzi tegdi sizga bolam. Oʻzi kirgandayoq koʻnglimga kelgandi-ya. Qizlar, hoy birontang yostiq olib chiqlaring, bir oz yotingchi oʻtib ketar. Koʻz yomonda, koʻz. Ha rostdan ham bir oz yotgach ogʻriklar yoʻqolganday boʻldi. Lekin kechki ovqatni yeb hamma xona- xonasiga kirib ketgach, idishlarni chayib oʻtirganida ham yana oʻsha holat takrorlandi. Zebo amallab ishlarini tugatdi-da, hech kimga hech nima demay xonasiga kirib erining koʻchadan kirishini poylab yotgancha uxlab qoldi. Tong otgach Kumushxonaya xavotirlanib kelining holini soʻradi. U Zeboning rang ruyidan bugun erta ona boʻlishini sezib turardi.

— Qizim yaxshimisiz, ogʻriklar yoʻqmi? Kechasi yaxshi uxladingizmi?

— Rahmat yaxshiman. Hozircha ogʻriq yoʻq. Kechasi rosa mirikib uxlabman. Tong otganini ham sezmay qoldim. Bu gaplarni eshitib, bir oz xotirjam boʻldi. Ishiga shoshayotgan oʻgʻliga ham, bugun har extimolgan qarshi sal ertaroq kelishini tayinladi. Kumushxonaya bir, ikki soat dars oʻtganidan soʻng koʻngliga har narsalar kela boshladi. Tanaffus paytida qoʻshni xonada dars beradigan hamkasbi Tursunoyopaning oldiga kirdi va unga uyidagi sharoitini tushuntirib, oʻquvchilarining guruh opasi kelgunicha bir soatga koʻz quloq boʻlib turishni iltimos qildi, oʻzi uyi tomon shoshildi. Xudo diliga solgandek uyda Zebo ogʻrikdan biror ish qilolmay toʻshakchada ingillab oʻtirardi.

— Voy qizim ogʻriq boshlanganga oʻxshaydi. Xudoyimdan aylanay dilimga soldi-ya. Turing kiyimlaringizni almashtiring sekin asta tugʻruqxonaga boramiz. Yoʻl-yoʻl-yolakay tulgʻogʻingiz ham pishib qoladi. Qani tez boʻling. Kumushxonaya kattaroq sumkaga zarur narsalarni joyladi va kelinini kultiklagancha koʻcha tomonga yurishdi. Havo ancha isib qolgani uchun koʻchada uncha odam koʻrinmasdi. Fakatgina har narsadan boxabar boʻlib oʻtiradigan qoʻshnisi Salimaxon har doimgiday kichkina koʻrsichasinida oʻtgan ketganni kuzatib oʻtirardi. U qaynona-kelinni yetaklashib ketayotganini koʻrib darrov savolga tutdi:

— Kumushxon opa homilador keliningizni olib qayoqqa ketyapsizlar?

— ha endi tugʻish kuni ham yaqinlashib qoldi, shunga bir qaynona kelin hammom qilib kelaylik degandik, maylimi?- dedi zaharxandalik bilan.

— ha, yaxshi borib kelinglar opa- Salimaxon boshqa gap gapirolmay qoldi.

— Oyi hammomga ketyapmizmi?-soʻradi Zebo soddalik bilan. U qaynonasining oldida oriyat kuchidan ogʻrikka chidab miq etolmay borardi.

— Voy bolamey juda omisizda, hozir shu tobda hammomga balo bormi, bilmasangiz bilib qoʻying agar homilador xotinni dard tutayotganini qancha koʻp odam bilsa tulgʻogʻi shuncha ogʻrikliroq boʻladi degan irim bor, shuning uchun biz tugʻruqxonaga ketayotganimizni bildirmay deb men ataylab shunaqa dedim. Zebo shu kuni shifoxonada doktorlar nazorati ostda boʻlib kunni kech qildi. Lekin hali chaqaloqdan darak yoʻq edi. Tolibjon ishdan qaytgach onasidan Zeboni tugʻruqxonada ekanligini eshitiboq shifoxonaga yugurdi. U tuni bilan mijja kokmay, Zebo yotgan deraza tagidan ketmadi. Va nihoyat tonga yaqin, besabrlik bilan kutib turgan Tolibjonni, tugʻruqxona tuynugida hamshiraning «Zeboxonga kim?» degan ovozi chuchitib yubordi.

— Men, men nima gap?- dedi Tolibjon sergak tortib.

— Tabriklayman, shiringina qizaloqning dadasi boʻldingiz.– dedi tabassum bilan hamshira qiz. Tolibjon darrov choʻntakidan suyunchi pulini chiqarib hamshiraning choʻntakiga soldi va ichkariga kirishga ruxsat soʻradi. Hamshira «dadajon» ni yetaklab Zebo yotgan palataga olib kirdi. Keng yorug xonada Zebo bilan birga Zoya isimli rus ayoli ham bor edi.

— Tolek eto ti, -dedi Zoya maktabda bir sinfda oʻqigan sinfdoshini tanib- Pozdravlyayu tebya s dochkoy, oy kakaya u tebya krassivaya jena.

— Spasibo Zoya, a u tebya kto? Patsan?

— Net, u menya toje dochka, nu ladno ya ostavlyayu vas- deb Zoya ularni yolgʻiz qoldirdi.

— Salom onajonisi, ahvolingiz yaxshimi?- dedi Tolibjon tirjayib, u hozir xursandligidan oʻzini yettinchi osmonda yurgandek his qilardi.-qizalogʻimiz kaley, qanaqa ekan a? soʻrasam menga koʻrsatisharmikan?

— Salom, -Zebo yostiqdan boshini arang koʻtardi- Men uni uncha toʻyib qucholmadim ham, endi faqat ovqatlantirganda koʻrarkanman.

— ha endi tugʻruqxona tartiblariga rioya qilish kerakda, uyga borgach kulimizdan qoʻymaymiz hali. Oyim hozir sizga «oqhurda» (yangi tugʻgan ayolga beriladigan taom) pishirib olib keladilar. Men qizimizni koʻrib chiqay. Ha aytgancha tashqarida onangiz va dadangiz ham sizni va nabirasini koʻrishga ilxak boʻlib navbat kutib turishibdi. Tolibjon hamshira qiz bilan birga chakaloklar xonasiga kirishdi. Enaga hamshira chaqaloqning jajji kulchasiga taqilgan belgidan Tolibjonning qizini ajratib otasining qoʻliga tutkazdi. Tolibjon ming hayajon bilan farzandini bagʻriga bosar ekan nogahon koʻzlariga yosh keldi. Ne ajabki qizcha hech kimga oʻxshamasdi. Uning koʻzlari och jigarrangda, oʻzi mallagina boʻlgani uchun qosh-u kipriklari ham bilinmasdi, lekin juda yoqimtoy Qizaloq. Tolibjon qiziga uzoq termulib qoldi.

— Ota onasi bugʻdoyrang boʻlsa ham, qizi shunaqa sap-sariq tugʻiladimi xola?-dedi kulib Tolibjon, uni anchadan beri yuzida tabassum bilan kuzatib turgan enaga ayolga qarab.– Yana adashib boshqa birovni qizini bermadingizmi?

— ha endi, hozirgi kunda bizni hududlarda uch xonadonni bittasida ruslar yashayaptiku oʻgʻlim, biror rus qoʻshningizni qiziga havas qilib koʻproq qaragan boʻlsa kerakda xotiningiz- dedi enaga hamshira. U koʻp yillardan beri shu tugʻruqxonada enaga boʻlib ishlardi, hazil mutoibaga juda ustasi farangligi uchun yoshi katta boʻlib qolgan boʻlsa ham hamkasblari uni «sizsiz zerikib qolamiz» deb nafakaga chiqqani sira kunishmasdi. Oradan besh kunlar oʻtib ona-bolani tugʻruqxonadan olib chiqadigan vaqt ham yaqinlashib qolgandi. Qizalokka ism topish kerak. Tolibjon nima deb ism qoʻyishga hayron edi. Singillari bir-biridan chiroyli ismlarni taklif qilishganiga qaramay, u qiziga biror kamroq uchraydigan, jozibaliroq ism oʻylardi. Singillari har xil ismlarni aytishardi-yu, ammo Nasiba negadir bir narsani yashirgan kishiday bir chetda jimgina kuzatib oʻtirardi.

— ha Nasiba, nimanidir aytolmay turibsana, mendan yashirib boʻlibsan, ayt ichingda qolib ketmasin, nahotki senda biror taklif boʻlmasa -dedi Tolibjon singlisini koʻchib olib.

— ha bir ismni oʻylab turibmanku…………. Lekin bir kun men ham ona boʻlsam qizimga shu ismni qoʻyaman deb saklab yurgandim. Shunga qizgonib aytgim kelmayapti aka– dedi uyalib.

— Ayt, aytaver balki menga yoqmas.

— yoqmasa qoʻymaysiza……..

— ha aytgin endi, muncha chuzmasang.

— «LAYLO»

— Ofarin!!!… Didinga qoyilman singlim, Navoiyning «Xamsa»sini uch qayta oʻqib chiqibmanu Laylo ism xayolimga kelmaganini qaragina, hoziroq boramanu Laylo degan guvohnoma olaman. Tolibjon xuddi tangasini yoʻqotib soʻng topib olgan gadoday suyunib yugurgancha koʻchaga otildi. Ichkarida esa «aka, Laylo qoʻyasizmi, aka» degancha Nasiba zorlanib qolaverdi. Tolibjon doʻsti Murodjon bilan birgalikda qizaloqning guvohnomasini olishdi.

— doʻstim sen yaxshi kunimda ham, yomon kunimda ham doim men bilan birgasan. Shunday ekan men seni shu qizimga ikkinchi otasi boʻlishni taklif qilaman. Mening shu qizim sening ham qizing.

— Rahmat doʻstim menga ishonib shunday sharafni berganing uchun. Ilohim baxtimizga eng baxtiyor, sogʻlom va goʻzal qiz boʻlsin Layloxon-dedi Murod hayajon bilan. Ular qishloqqa borishib Aʼloxonaya va Havoxon ayalarni olib Zeboni olib chiqish uchun tugʻruqxonaga borishdi. Yoʻl– yoʻl-yolakay gul dukoniga kirishib dukondagi eng chiroyli guldastani sotib olishdi. Tolibjon tugʻruqxonaga guldasta koʻtarib kirganida hamma ayollar unga havas bilan qarashdi. U Zebo yotgan xonaga kirdi. Xonada Kumushxonaya, Zebo va chaqaloqni uyga ketishga tayyorlab, Tolibjonni kutib oʻtirardi. Sinfdoshi Zoyaga bir kun oldin javob boʻlgani uchun qoʻshni karavotda boshqa bir ayol chakalogi bilan ularni kuzatib oʻtirardi. Uyda uka-singillari sharlar bilan bezatilgan xonani tayyorlab chaqaloqning kelishini sabrsizlik bilan kutib oʻtirishibdi. Murodjonning mashinasi darvoza yonida tuxtashi bilan chaqaloqni koʻtarib olgan Kumushxonayani hamma bolalari urab olishdi. Mehmonlar uchun hozirlangan xonaga Muxtoraka, Nuʼmonjonaka va uning akasi Ahmadjonakalar hamda ayollardan Aʼloxonaya va qayoq opasi Havoxon, Kumushxonning ovsini Soraxonlar kirishib dasturxon atrofiga yigʻilishdi. Chaqaloq uchun bezatilgan qoʻshni xonada esa chinakam bayram shukuhi boshlanib ketgandi. Qizlar akasidan chaqaloqni yuzini ochishini soʻrashib zorlanishardi. Zebo uxlab yotgan qizalogini koʻrpachaga qoʻydi va chakaloklarni urash uchun moʻljallangan pushti rangli turlar bilan bezatilgan yopkichni yechdi.

— Qani– qani?

— Tezroq boʻling Zebo opa, hozir oyim chaqirib qoladilar.

— Men ham koʻray.

— Koch-koch meni tusyapsanku.

-Birdan hamma jimib qoldi…… Ular jajji jiyanlarini bunaqa sap-sariq, koʻzlari koreyslarni koʻziday qisilgan, qorachigʻi ruslarnikiday koʻkish boʻlishini hechcham kutishmagandi. Zebo hayron boʻlib singillariga qaradi. Hamma oʻtirgan joyida chaqaloqdan koʻzlarini uzolmay qarab qolishgandi. Teppada kuzatib turgan Tolibjon ham ukalarining ajablanib qolganidan taʼjubda edi.

— ha nima boʻldi- dedi Tolibjon- yoqmadi-mi? Jim boʻlib qoldilaringku, Nasiba jiyaning qanaqa ekan.

— Juda shirin ekan aka, oppokkina, yoqimtoygina. Faqat biz hammamiz bugʻdoyrang boʻlganimiz uchun oppoq qizaloq boshqacha koʻrindi shekilli.-Nasiba chaqaloqni qoʻliga olib koʻchib oʻpib qoʻydi.

Shunda Laylo ham jajji koʻzlarini ochib xuddi katta odamday kuzatib turganlarga bir-bir qarab kuldi, kulchalarini teppaga qilib oʻz uyiga kelganini sezganday kerishib qoʻydi.

— Voy ana kuldi, kuldi. Men ham bitta oʻpay- dedi Dilshodjon. Chaqaloq hammadan ham unga juda yoqayotgandi.– Bu singlimku, katta boʻlsa meni aka deydi a Zebo opa.

— ha albatta, siz ham endi kenjatoy emas akajon boʻldingiz. Bu gaplardan Dilshodjon gavdasini koʻtarib bir gerdayib qoʻydi. Boshqalar esa hamon chaqaloqning yuzlarini, jajji kulchalarni ushlashib xuddi qoʻgʻirchoq bilan oʻynayotganday erkalashib oʻtirishardi. Numonjon aka tayinlagan vaqtda mahalla mullasi kelib chaqaloqning qulogʻiga azon aytdi va Laylo ismini tasdikladi. Bu kecha Aʼloxon aya va Havoxonayalar Zebo bilan birga qolishdi. Ertalab esa har doimgiday Tolibjonning dastyor doʻsti Murodjon mehmonlarni, Zeboni va tutungan qizi Layloni olib qishloqqa yaʼni Muxtorakalarning hovlisiga yoʻl olishdi. Urf odatga koʻra chaqaloq bilan onasi qirq kun chillani ota eshigida oʻz ota-onasi bilan saklashi kerak. Yetib kelgach bu udumga arang koʻngan Tolibjon istar istamas ular bilan xayrlashdi va ogʻaynisi bilan uyga qaytishdi. Tolibjon ogʻaynisi bilan qaytar ekan negadir koʻnglida gʻashlik bor edi. Uning xayolida tinmay chaqaloqni yuzini ochgan paytda, ukalarini taʼjublangan chehralari namoyon boʻlaverardi. Birdan miyasida bir gumonli fikr paydo boʻldi. U sinfdoshi Zoya yashaydigan koʻp qavatli binolar oldiga yani shahar markaziga kelganida:

— doʻstim senga ming rahmat, yaxshiyamki baxtimga sen borsan. Hali oʻgʻil toʻylaringda tik turib xizmatlar qilay. Endi meni shu yerda tushirib qoldir. Meni ozgina qiladigan ishlarim bor.-dedi.

— Arzimaydi oshna axir Layloxon meniyam qizimku. Ishing boʻlsa nima ham derdim, xoʻp mayli ertaga koʻrisharmiz boʻlmasa. Murodjon burilib ketishi bilan Tolibjon yaqin atrofdagi oʻyinchoq dukoniga kirib chiroyli qoʻgʻirchoq sotib oldi va koʻp qavatli imoratlar orasidan Zoyaning xonadoni joylashgan binoning yoniga keldi. Zoya birinchi kavatda turishini eslab uy oldiga keldi-da chaqirish tugmachasini bosdi. Uydan «Hozir» degan ovoz eshitildi. U Zoyaning turmush oʻrtoqi tatar millatiga mansub Rahimning ovozi edi. Eshikni ochgach rahim Tolibjonni koʻrib sevinib ketdi. Shu kunlarda u uyiga kim tashrif buyursa qizalogini «yuvish» bahonasida ichishni taklif qilaverib, ichkilikka berilib ketgandi.

— O, Tolib, dobro pojalovat doʻstim, qaysi shamollar uchurdi biz tomonlarga. Kak davno mi ne videlis– dedi rahim. Uning odati bitta uzbekchaga ikkita ruscha gap qoʻshib gapirardi. Qoʻshni xonada qizchasini sunʼiy sut yaʼni kasha bilan oziklantirayotgan Zoya Tolibjonning ovozini eshitib peshvoz chiqdi.

— Salom sinfdosh. (kitobxonga tushunarli boʻlishi uchun oʻzbek tilida yozildi) Kutilmagan mehmonku. Uni qara mening qizchamni dugonasi deb qizimni koʻrgani keldingmi. Boshim koʻkka yetdi, qani kir dasturxonga marhamat.- Zoya Oʻzbekistonda tugʻilgan boʻlsa ham ota-onasi rus boʻlganligi uchun rus tilini tushunadigan odamlarga faqat rus tilida gapirardi. Biroq boshqa odamlarga gapirmoqchi boʻlgan gapini qoʻlidan kelgancha uzbekchalab tushuntirishga harakat qilardi.

— Salom Zoya. Mehmondustligingiz uchun rahmat, lekin men shoshilib turgandim.-dedi ruschalab Tolibjon. Lekin maqsadini qanday tushuntirishni bilolmasdi.- rahim sen bilan bir oʻtiramiz ogʻayni faqat boshqa kuni alohida kelaman xoʻpmi. Zoya agar qizaloging uxlamayotgan boʻlsa bir koʻrsam maylimi?

— ha albatta koʻrakol, uxlayotgan boʻlsa ham uygʻotamiz. Boshqa qiladigan ishim yoʻq meni. Kuni boʻyi rahim ikkimiz shu chaqaloq bilan ovvoramiz. Zoya Tolibjonni qizcha yotgan karavotcha yoniga boshladi. Rahim esa yarim mast holatda qizchasini koʻtarib «mana qara bizni qizimiz qanday chiroyli» deb bakirardi. Tolibjon ne koʻz bilan koʻrsinki qizaloqning sochlari va qosh-kipriklari oppoq, koʻz qorachigʻlari esa osmonday moviy koʻk rangda edi.. Koʻrdi-yu koʻngli xotirjam boʻldi. Nogahon kulib «ha xudoga shukr-ey» deb yubordi.

— ha Tolek nima gap senda bir muammo borga oʻxshayapti. Nima boʻldi oʻzi -dedi Zoya.

— Bilasanmi men ahmoq nega qizingni koʻrgani kelganimni- kulgancha gap boshladi Tolibjon. U koʻngli joyiga tushgani uchun koʻrsiga oʻtirib oldi.- Meni qizimni koʻrding a, tugʻruqxonada Zebo bilan bir xonada yotgandilaringku.

— xoʻsh-xush.

— Birovga churq etmadimku, lekin qizim mallagina boʻlganligi uchun sening qizi bilan almashib qoldimikan deb oʻylagandim.

— Voy axmogey, hali gap bu yoʻqda degin. Bu nima deganing, axir qizing qoʻyib qoʻygandek seni onangga, oʻqituvchimiz Kumushxonayaga oʻxshab turibdiku. Qolaversa qaynonangni ham koʻrdim, u ham oq-sariqdan kelgan ayol ekanlar. Demak qizing, siz qoravoylarga emas, oppokkina buvijonlariga tortganu uchun shunaqa shubhalarga boribsanda.-Zoya xandon otib kulib yubordi.

— ha kechir sinfdosh, haqiqatdan ahmoq ekanman. Yaxshiyamki birovga aytmagandim. Boʻlmasa rosa kulgi boʻlarkanman. Mana Zebo ota eshigida yashayotganiga 35 kun boʻlib qoldi. Tolibjon esa har kuni biron singlisinimi yoki koʻpincha ukasi Dilshodjonnimi yetaklab Zebo va qizidan xabar olgani kelib turdi. Kumushxonaya ham maktab ishlaridan boʻshab qolgani uchun taʼtildan foydalanib ora-orada nabirasini koʻrgani kelardi. Bu vaqt

Mobaynida Aʼloxonaya ham nabirasiga juda oʻrganib qoldi, u ona– bolaga kunni-kun, tunni-tun demay mehr bilan parvarish qilar. Zeboni qoʻlini sovuq suvga urdirmas, shirindan shirin taomlar pishirib siylardi. Chaqaloqning tagliklari kir boʻlsayu-boʻlmasa har soatda boshqasiga almashtirar, yuvilgan tagliklarni erinmay dazmol bosib taxlab qoʻyardi.

— Ona qizim sen emizikli ayolsan, har doimgidan ham koʻproq, vitaminlarga boy ovqatlardan tez-tez yeb turishing kerak– deb har xil mevalardan kompot va sobzavotlardan salatlar tayyorlab berardi. Va nihoyat kirkinchi kuni chaqaloqni yuvintirish marosimiga tayyorgarlik koʻrib oʻtirgan Kumushxonaya kelini va nabirasini kutib oldi. Koʻp oʻtmay Aʼloxonaya ham bir chelakda holvaytar va katta savatga toʻldirib kulchalarni issiqkina yopib olib keldi. Dilshodjon bilan Nigora ikkisi bir boʻlib mahalla bolalarini uylariga chaqirishdi. Aʼloxonaya barcha bolalarni kulcha non va piyolada holvaytar bilan siyladi. Soʻng chaqaloqni olib chiqishib togorachadagi ilik suvga oʻtkazishdi, bolalar zavq bilan galma galdan chumichchada chaqaloqning yelkasidan suv qoʻyishdi.

— ilohim shu bolalarday koʻchalarda chopkillab oʻynab katta boʻlsin- dedi kumushxonaya uning koʻzlarida quvonch yoshlari bor edi. Endi Zebo nafaqat uy ishlariga qolaversa qizalogiga qarashga ham ulgurishi kerak. U oldingi paytdan ham chaqqonroq harakat qilishi kerakligini anglardi. Uydagilar esa taʼtil boʻlishiga qaramay har doimgiday hamma oʻziga yarasha biror yumush bilan band. To Tolibjon ishidan kelib Layloni qoʻliga olmaguncha Zebo bir qoʻlida bola bilan yumushlarni bajarardi. Bu holatni koʻrib Tolibjon singillariga biror nima deguday boʻlsa onasi «Bir paytlar biz ham ona boʻlganmiz va shu holatda kun koʻrganmiz. Sizlarda hali endi bitta bola, menday besh bola boʻlsa nima qilarkansizlar. Zebogaku faqat uy ishlari ekan men, ham davlat ishiga ham uy ishiga ulgurganman. Qoʻyaver oʻrganadi» deb ogʻizini ochirgani qoʻymasdi. Bu orada Nasiba universitetga oʻqishga kirib oila aʼzolarini xursand qildi. Endi oʻqishga tayyorlanish navbati Nigora va Nodiraga edi. Noyabr oyi oxirlab, garchi hali qor yogib ulgurmagan boʻlsa-da quyosh botib kech tushgach, havo ancha sovib qolgandi. Xonadonlarning koʻpi kechga yaqin qishki isitish pechlarini yoqib boshlashgan, Zebo ham Tolibjonga hech boʻlmasa hamma jamlanib ovqatlanadigan xonaga pech oʻrnatib berishini iltimos qildi. Tolibjon darrov ishga kirishib, uydagilar toʻplanguncha pechni koʻrib bitkazdi va xonani sovuq koʻchadan uyga kirgan odamga yoqadigan darajada issiqkina qilib qoʻydi. Yuvilgan kirlarining tashqarida koʻrishi kiyin boʻlib qolganligi uchun, Zebo Layloning zarur ishtonchalarini uyga dor tikib, koʻritish uchun yoyib qoʻydi. Dasturxon tayyorlab hamma Kumushxon aya va Numonjon akalarning kirib kelishini kutib oʻtirishardi. Uyga Numonjonaka kirib keldi va oʻgʻlini qilgan ishini maʼqullab maktab qoʻydi. U dilida hech kiri yoʻq begubor odam boʻlganligi uchun mayda-chuyda ikir-chikirlarga eʼtibor bermasdi. Uning uchun hamma sogʻ-salomatu,

Dasturxoni toʻkin boʻlsa boʻlgani edi. Lekin Kumushxonaya uyga kirdi-yu figoni falakka chiqdi:

— Bu nima qiliq, endi bir kami ishtonlarni tagida ovqatlanishim qolgandi. Tezda doringizni koʻzimdan yoʻqoting. Ikkinchi bolangizni ishtonlarini uy ichiga olib kirmang.– dedi jahl bilan. Zebo koʻz yoshini zoʻrga tiyib oldida qoʻlidagi qizini Tolibjonga tutkazib, darhol dordagi ishtonlarni yigʻishtishga tushdi. Dorni ham olib tashlab, nima qilishni, nima deyishni bilmay dong kotib turgan erining qoʻlidan qizini oldida yigʻlagancha xonasiga kirib ketdi. Shu kuni birovning tomogidan ovqat ham oʻtmadi. Xursand boʻlib, issiqdan rohatlanib, bakir-chaqir qilib oʻtirgan bolalar ham bir zumda tinib gapirolmay jim oʻtirishardi. Onasining bu qiligi Tolibjon uchun ham oʻtib tushgandi. U ham ovqatga qaramay Zeboni tinchlantirish uchun xonasiga kirdi. Lekin nima deyishni bilmasdi.

— Zebo.

— Gapirmang, -dedi yigʻidan oʻzini toʻxtatolmay Zebo- men boshqa chidab turolmayman, axir birortayam quruq ishtoni qolmagan boʻlsa, men nima qilay, qizimizni na birontasi qoʻliga oladi, na ishimga yordam qiladi. Axir bu uy shu goʻdakning ham oʻz uyiku. Boʻlmasam qoʻshnining uyiga olib kirib koʻritaymi? Ayting agar rostdan ham biror qoʻshniga aytsam ishonchim komilki hech kim yoʻq demasa kerak.

— Unaka demang Zebo, oyimni bilasiz-ku salga jahli chiqib yana darrov oʻziga kelib qoladi. Menimcha maktabda biror muammo boʻlgan boʻlsa kerak. Hozir bir oz oʻziga kelsin.

— ha oʻziga kelgani bilan Layloni qoʻliga olarmidi. Mana tugʻilganiga olti oy boʻldi biror marta koʻtarib erkalaganini koʻrmadim. Tolibjon Zebo bilan koʻp vaqt bahslashib oʻtirmadi-da. Ukalari uxlagach, umumiy daftarga bir nimalarni yozib oʻtirgan onasining oldiga kirdi.

— Oyijon, oʻzi nima gap, nega Zeboni turtkilaysiz, sizga biror yoqmaydigan ish qildimi?

— Qilgan ishini nahotki koʻrmading– Kumushxonaya hali ham jahlidan tushmagan edi.- Axir ovqatlanib oʻtiradigan uyga ham sassiq ishtonlarni yoyadimi. Nahotki shunga fahmi yetmasa.

— Nima qilibdi oyi, issiq uy deb yoyganda. Axir bu sassiq ishtonni egasini biz qanchalar kutgandikku.

— Qanchalar kutgan bu sizlar ikkalangiz, men bolalarni maktabda oʻqitaverib, oʻzim tugib katta qilaverib boladan toʻyganman. Bola koʻtarish, ovutish, kiyimlarini yigʻishtirish mengamas.

— ha sizni tushundim, demak Laylo bu uyda ortiqcha shundaymi.

— Kim senga ortiqcha deyapti. Layloxon mening boshki nabiram. Faqat xotininga aytib kuy men ishdan kelgan payt bolaning kiyimlari va uyinchoklari sochilib yotmasin. Emizib, yigʻlamaydigan qilib ovutib oʻtirsin.

— U ovutib oʻtirsa uy ishlarini, biz uchun ovqatlarni kim pishiradi. Balki biror qizingiz yordamshar.

— Qizlarim oʻqishga tayyorgarlik qilishyapti, ular tugʻgani yoʻq, oʻzlari tugʻganida boqib koʻtarishadi.

— Sizga tushunmadim oyijon. Na unga kunasiz, na bunga.

— Bilasanmi nima oppokdadangdan qolgan hovli bor-ku, agar xohlasang oʻsha yerga koʻchib oʻtinglar. Ruzgoringlarni boshqa qilib oʻz xohlaganingizcha yashayverasizlar. Baribir kelajakda oʻsha uyga koʻchirib qoʻyish planim bor edi. Sal ertaroq amalga oshirsam hech nima qilmaydi.

— hali shunakami, menga bir xaroba tashlandik uyni ravo koʻryapsizmi. Axir u uyni uy qilguncha butut umrim oʻtib ketadiku.

— Nega butun umring oʻtarkan, odamlar quruq yer olishib ham uy koʻrib yashab boshlashyaptiku. Men senga butun boshli hovli-yu, toʻrt xona uyi bilan joyni taklif qilyapman. Tolibjon hech nima demay xonadan chiqib ketdi va yigʻlay-yigʻlay uxlab qolgan xotini va qizini quchgancha xayolga chumdi. Rostdan ham oʻsha uyga koʻchib oʻtganim maʼquldir. Hozircha hech boʻlmaganda biror xonasini kishga tayyorlab, keyingi yil erta bahordan bir boshdan taʼmirlash ishlarini boshlab yuborsa ayni muddao boʻlishini rejalashtirdi. Aslida u hovli hozirgi yashayotgan hovlisidan ancha katta boʻlib, ancha yil oldin bobolaridan qolgan tomorqasida meva chevalar ham koʻp. Undan tashqari markazroqda joylashgan, bir tomonida bolalar bogʻchasi, sal nararoqda maktab, istirohat bogʻi, kinoteatr, turli xil savdo dukonlari bor. Kelajakda bolalariga ham kulayroq boʻlishini oʻylab onasining qaroridan konika boshladi. Shu yotgancha qancha uy-xayollarga berilib uxlab qolganini oʻzi ham sezmay qoldi. Har doimgiday ertalabki Layloning yigʻisi uni uyqusidan uygʻotdi. U xuddi budilnikday doim bir vaqtda uygʻonib yigʻlashni boshlardi.

— qizalogʻim, axir bugun yakshanbaku dadajoniz ishga boʻlmaydigan kun. Nega uygʻotdingiz shirinim.-Tolibjon qizini erkalab bagʻriga bosdi. Xonaga shoshilgancha Zebo kirib keldi va hech nimaga qaramay bir sumkani olib qizchasining narsalarini joylay boshladi.

— Onajonimiz qayoqqa shoshayapti ekan a?- dedi sekingina Tolibjon biror nourin gap eshitishdan chuchigan holda.

— Hamma joylarni supurib, sidirib boʻldim, endi bu uyquchilar uygʻonmay turib meni onamlarnikiga oborib

Qoʻying. Bugun negadir birontasini koʻrishga tobim yoʻq.

— Men ham shunday hech birisini koʻrgim yoʻq, ikkalamiz birga ketamiz. Faqat ota-onangizni oldiga emas men sizlarni boshqa yerga olib boraman. Axir ularni ham tashvishga qoʻyishni xohlamassiz?

— Qayoqqa???- hayron boʻldi Zebo.

— Oldin yaxshilab nonushta qilib olamiz, keyin men, siz, Layloxonim uchchalamiz birga ketamiz. Ular hammadan oldin nonushta qilishdi-da, bir tugunga non, yongʻoq va bir qancha shirinliklardan solib, Layloni aravachaga joylashdi va oʻsha Kumushxonaya aytgan eski hovli tomonga qarab yoʻl olishdi. Tolibjon har extimolga qarshi onasiga «Biz haligi haydalgan uyimizni koʻrgani kettik» deb qogʻoz qoldirdi. U hovli unchalar uzoq emasdi atigi bir mahalla narida, lekin qayoqqa borayotganini bilmaganligi uchun Zebo xavotirlanib bir-bir Tolibjonga qarab qoʻyardi. Yetib kelgach Tolibjon kattakon zanglab ketgan kulfga kalit soldi. Bir necha bor urinishdan soʻng kulf arang ochildi. Ichkariga kirgach, hech nimaga tushunolmay atrofga hayron boqayotgan Zeboga qarab:

— Zebo shu hovlini tartibga keltirib koʻchib oʻtsak nima deysiz?-dedi Tolibjon xotinining fikrini bilish uchun. Chunki agar u rozi boʻlmasa majburlab olib kelolmasdi.

— Bu kimning uyi oʻzi? Oʻt ulan bosib ketgan qarovsiz hovlida anchadan beri hech kim yashamaganligi koʻrinib turardi.

— Bu hovlida avval bolaligimizda yashaganmiz, keyin u hozir yashab turgan uyimizni koʻrib bitkazgach, koʻchib oʻtganmiz. Oʻshandan buyon bu eshikda birov yashamaydi. Agar erinmay yigʻishtirib, taʼmirlab olsak binoiday hovli boʻladi. Nima dedingiz? Ular ichkari xonalarga ham kirib koʻrishdi. Uyning oldi uzun ochiq soʻrili ayvon va yana katta-kichik toʻrt xonadan iborat edi. Xonalarning oynasi qoʻshni xonadonga qaratilgan bu avvalgi odamlarni yuragi keng, qoʻshnichilik oqibatlari yaxshiligidan dalolat edi. Xona pollaring taxtalari koʻpi chirib ketgan, baʼzi xonalarning pataloglari eskirib osilib yotardi. Deraza oynalar koʻpdan beri artilmagani uchun xiralashib hech narsa koʻrinmaydigan darajaga kelib qolgandi. Urgimchak uyalarini aytmasa ham boʻladi.

— Nima desam ekan, bu uyni uy qilgunimizcha koʻp vaqtimiz ketadiganga oʻxshaydi-ku.-dedi birdan Zebo. Tolibjon Zeboning bu gapidan soʻng demak qarshi emasligiga tushundi. Axir qarshi boʻlganida, uyni uy qilish haqida gapirmasdi.

— Bu uyda mening hokim buvim yashaganlar, rahmatlik oʻzi ayol kishi boʻlsa ham, uncha-muncha erkakdan

Dadil edilar. Bu uyni ustki koʻrinishi eski boʻlsa ham, ishonchim komilki poydevori va sinchlari juda mustahkam qurilgan. Dadamning aytishicha bu uyni koʻrib boshlashganida usta kishilarning ikkitasini qulochi yetmaydigan yogochlar tushirilgan degandi. Xullas xohlasangiz bugundan, xohlasangiz ertada tozalov, yigʻishtiruv ishlarini boshlashingiz mumkin. Men ham imkon qadar taʼtil olib boʻlsa ham sizga yordam beraman.

— Menga qolsaku hozirdan boshlayman. Lekin bu uyda yashashimizga oyim bilan dadam nima derkin, siz ulardan bir ogʻiz soʻradingizmi?

— ha albatta, bu uyda yashashimizni oyim oʻzi taklif qildilarku. Ular Layloni aravachasiga mahkamlab oʻtkazishdi-da ishga kirishib ketishdi. Zebo omborxonadan eski teshachani topib chiqib, birinchi boʻlib koʻcha va hovli sahnani oʻtlardan tozalashga kirishdi. Tolibjon esa ichkariga kirib xonalardan birini tartibga keltirib pech oʻrnatish uchun tayyor holatga keltirish rejasini tuzdi. Er-xotin ishga kirishib ketgan payt edi, shunda oradan bir, ikki soat oʻtar-oʻtmas, Kumushxonaya uydagilarni hammasini yordamga olib keldi.

— Yordamga kelgan «Temurchi pioner»larni qabul qilinglar-dedi Nodira kira solib bakirar ekan. Ularni koʻrib nafaqat Zebo va Tolibjon, hatto aravachada oʻtiraverib zerikib ketgan Laylo ham xursandligidan sakrab yuboray dedi. Oila aʼzolarining orasida faqat Nasiba kam edi. Chunki u boshqa viloyatda oʻqiganligi uchun talabalar yotokxonasiga joylashgan, uyga oyda bir, ikki kungagina kelardi. Onasi boshlab kelgan komanda keliboq qizgin ish boshlanib ketdi. Numonjon aka tomorqadagi daraxtlarni ortiqcha shox-shabbalardan kesallab, bir tomonga oʻtinlarni toʻplay boshladi. Kumushxonaya esa eski uchokni supurib tozaladi-da oʻzi bilan olib kelgan kozonni osib, palovga harakatni boshlab yubordi. Nodira va Nigora oynalarni artishar, Dilshodjon esa soya-salkin joyga joylashib, Layloni yerga koʻrpachaga oʻtkazib qoʻyib, goho qoʻshiq aytib, goho raqsga tushib ovutib oʻtirardi. Magnitofondan taralayotgan Nasiba Abdullayevaning dilbar qoʻshiqlaridan qoʻshnilar uy egalari kelib, yigʻishtiruv-tozalov ishlari boshlanganligini sezishdi. Baʼzilari darvoza tirqishidan muralab- muralab qoʻyar, baʼzilari esa nima gapligini bilish uchun ichkariga kirib Kumushxonayani suhbatini olardi. Hovli joylashgan hududda uylar hali uncha koʻp emasdi. Bu xonadon mahallaning yo boshimi yo oxirimi eng kirrasida. Uyning chap tomonida koʻcha boʻlib koʻchaning u tomonida katta maydonni egallab turgan stadion joylashgan. Stadion darvozasiga 1980 yillarning belgisi sanalgan kamar takib olgan ayikchaning rasmi tushirilgan va teppasiga «Spartak» deb stadionning nomi yozib qoʻyilgan. Sal narida bolalar bogʻchasi joylashgan. Uyning toʻgʻrisida esa yaydoq maydon boʻlib, keyinchalik bu yerlarni aholiga uy joy koʻrish uchun sotiladi degan gaplar yurardi. Oʻsha zamonlarda Tolibjonlar yashaydigan hudud koʻp millatli boʻlib uzbeklardan tashqari, koreyslar, ukrainlar, tojiklar, kirgizlar, ayniksa rus va tatar millatiga mansub kishilar koʻplab uchrardi. Ular 1941-1945 yilgi jahon urushi davrida qandaydir yusinda kelib qolishgan boʻlib Millatchilikni xush koʻrmaydigan mehmondust va bagʻrikeng oʻzbek xalqi ularni oʻz qadrdonlariday koʻrib, bahamjihatlikda ahil-inoq qoʻshni boʻlib yashashardi. Tolibjonlarning yon qoʻshnisi ham tatar Orzuopa degan ayol, yolgʻiz Muhammad degan oʻgʻli bilan yashaydi. Uy xonalarining deyarli birchasidan oʻsha Orzuopalarning hovlisi, toʻgʻrirogʻi hovlining orqasida bokadigan chorvachilik hayvonlari-yu, parrandachilik qushlari koʻrinib turardi. Kun kech boʻlgunicha, Zebonining gʻayratiga gʻayrat, kuchiga kuch qoʻshilib koʻcha va uy sahnani oʻtlardan butunlay tozalab ulgurdi. Mana kech ham tushib hamma toliqib nafas rostlash uchun eski ochiq ayvondagi baland taxta poli soʻriga oʻtirishdi.. Ular anchadan buyon bunaqa ahil-inoklikda, birga hamkorlikda biror yumush qilishmagandi. Zebo oʻtlardan xoli boʻlgan sahnoga suv sepdi, zaminning shirin iforidan hammaning bahri dilini ochildi. Uydan bir eski kiygiz gilamni topib chiqib oʻrtaga yoydi va Numonjon aka olib kelgan temir aravadan bir nechta koʻrpachalarni olib toʻrt tomoniga tushadi. Oʻrtaga katta dasturxon solib, sumkadan piyola va choynaklarni hamda qolaversa Kumushxonaya yangi roʻzgʻor uchun ajratib olib kelgan idishlarni bir-bir chiqarib ichidan kattaroq tovoqni oldi. Kumushxon aya esa shu tobda oʻzi pishirgan palovni hammadan oldin maktab kuklarga koʻtarib tovoqqa solish uchun tayyorlab kapgirda kovlash bilan ovvora.

— hoy Zeboxon muncha immillamasangiz, olib kelsangizchi tovoqni axir shunday polov sovib qoladi-ya. Ha Kumushxonaya onda-sonda qozon-oʻchoq tomonga aralashardi-yu, lekin uydagi biror kishi palovni unikichalik qilib, soddaroq qilib aytganda umbalatib pishirolmasdi. Turmushga chiqmay avval ham uyda uchta manaman degan palovxur kassob akalari oshni aynan Kumushxonga pishirtirishardi. Qolaversa uyda Kumushxondan tashqari yana ikki katta singillari boʻlsa ham. Onasi ham shu qizini pazanda va xushmuomala qizim deb boshqa qizlariga qaraganda Kumushxonni koʻproq siylardi. Xullas hamma ishtaxa bilan ovqatlanib, bir oz jimib qolishdi. Bir chekkada Laylo ham onasining quchogʻida mirikib emib, yarim uyqu yarim uygʻoq koʻzlarini pirpirata-pirpirata nihoyat uyquga ketdi..

— koʻpchilik yaxshida, -Jimlikni buzdi Kumushxonaya- Mana bir zumda tashlandik hovli tartibga keldi qoʻydi. Shuning uchun sizlarga maslahatım farzandingiz toʻrttadan kam boʻlmasin. Toʻgʻri farzandlarni toʻgʻri tarbiya qilishni va bekami kust qilib boqishni oʻziga yarasha kiyinchiliklari boʻladi, lekin xudoyim har bandani oʻz rizki bilan yaratadi. Unga yarasha ishlaysizlar, harakat qilasizlar asta hammasi iziga tushib ketadi.

— ha albatta Alloh bersa bokamizda oyijon. Lekin bugun yordamga kelganingizdan rosa xursand boʻldik. Men rosti kutmagandim. Biz Zebo ikkimiz, yana kulimizda bola bilan buncha ishga ulgurmasdik. Kuch birlikda degani shu ekanda. Kechgacha u xonani tayyorlay olmaganimda tunashga joy ham yoʻq edi-dedi Tolibjon chin dilidan minnatdor boʻlib.

— xoʻ onasi eshitdingizmi, boʻlar shu yerda tunashmoqchi boʻlib turgan ekan — kuldi Numonjonaka.

— Aytgancha bu masalani ham kelishib olsak, — Kumushxon gap ochilib qolganidan foydalanib qolmoqchi boʻldi.– Gaplarimga yaxshilab quloq solinglar. Sizlarni bu uyga butunlay koʻchirib oʻtkazmoqchi emasmiz. Ertalab Zebo seni ishga kuzatib boʻlib oʻzi bizni uyga oʻtadi. Uydagi ishlarni har doimgiday bajarib, soʻng oxirida kechki ovqatni pishirib boʻlgach, oʻzi ovqatlanib, senga bir kosagami, lagangami suzib oʻzi bilan olib kelaveradi. Demoqchimanki bu uyda tunash uchun yashab turasizlar. Albatta vaqti kelguncha. Bu birinchidan. Endi ikkinchidan, men va dadangni maoshimiz ruzgorga kamlik qiladi, bolalar hali yosh, qolaversa endi ichimizda talaba ham bor. Shuning uchun Tolibjon har doimgiday maoshini yana oʻz kulimga topshirasan. Sizlarga nima kerak boʻlsa xoh kiyimmi xoh boshqa biror buyummi menga aytasizlar doimgiday Tolibjon bioan bozor qilganimizda kerakligini olib kelamiz.

— ha albatta oyijon, men ham shu fikrdaman. Men boshqacha boʻlishi haqida xayolimga ham keltirganim yoʻq. Sizlar meni oʻqitib, elga qoʻshib qoʻydingiz, albatta men oʻz burchimni juda yaxshi tushunaman. Sizlar tufayli qayerga ishga borsam hamma qoʻli koʻksida kutib oladi. Boringizga shukr. Bu yil oramizda bitta talaba boʻlsa hadamay yana ikkitaga koʻpayadi. Keyin Dilshodjon ham bitirib u ham student boʻladi. Qizlarni birin ketin uzatamiz, Dilshodjonga kelin olamiz, ish koʻp hali oyijon. Kasbi korimga berib tursa hammasini birgalikda qilamiz.

— Men sinfimizdagi Fotimaga uylanaman- dedi birdan Dilshodjon. Hamma kulib yubordi. Kulgi bahona mudrab oʻtirgan davraga, dadillik kirdi. Ular dasturxonga pato oʻqishdi. Zebo idishlarni darrov yuvib taxladi. Boshqalar ketishga tayyorgarlik koʻrishdi. Layloni aravachaga solsam uyqusi buzilib ketmasin deb Tolibjon bagʻriga bosib koʻtarib oldi. Hammalari uy tomonga qarab yoʻl olishdi. Ertaga ishchilarga ish kuni, oʻquvchilarga dars kuni. Kunlar shu tarzda oʻta boshladi. Qish ham oʻtib, bahorning oxirgi oyi ham yaqinlashib qoldi. Tolibjon ikki roʻzgʻor kamchiliklarini toʻla-toʻkis ado etish uchun oʻqituvchilik kasbini oʻzgartirtirishiga toʻgʻri keldi. U yangi ochilgan shoyi toʻqish fabrikasiga oldin oddiy ishchi boʻlib ishga kirdi. Ishda oʻzini yaxshi koʻrsatgani uchun uning aql-zakovatiga, ishga boʻlgan gʻayratiga toʻgʻri baho berishib muhandis lavozimiga koʻtarishdi. Bu korxonaning rahbarlari boshqa qoʻshni Namangan viloyatining odamlari boʻlib ular oʻzlaridagi yaxshi rivojlanayotgan korxonasini yanayam gullab-yashnashi uchun qoʻshni viloyat yaʼni Andijon bilan hamkorlikda yangi filial ochishgan edi. Namanganlik tadbirkorlar oʻta mehnatsevar, ishbilarmon odamlar boʻlib Tolibjonga ular bilan ishlash juda yoqib tushdi. Mahsulotlari sifatli, jahon andozalariga mos boʻlganligi uchun, buyutmalar koʻpaygandan-koʻpaydi. Korxona rahbarlari yana koʻplab ishlash stanoklari olib kelib ishchilar sonini oshirmoqchi boʻlishdi. Qolaversa faqat bir smena emas tungi smenani ham tashkil qilishni

Rejalashtirib, tanlov asosida ishchi xodimlar yiga boshlashdi. Tolibjonda ham Zeboni oz boʻlsa ham uy ishlaridan chalgishi uchun oʻzining yoniga ishga olib kelish haqida oʻylab qoldi. U bugun ishdan sal ertaroq boʻshagani bahonasida ota-onasi bilan, yaʼni toʻgʻrirogʻi onasi bilan maslahatlashish uchun ishdan chiqiboq toʻgʻri u hovliga bordi. Chunki bunaqa muammolar koʻproq Kumushxonayaga taʼlukli boʻlib Numon akani umuman qiziqtirmasdi.

— Jamoat jam faqat men kam ekanman a?- dedi Tolibjon va koʻz kirida onasining holatga qarardi. Chunki kayfiyati yomon boʻlsa, qarshilik qilishi aniqligini yaxshi bilardi. Baxtiga dimogi chokka oʻxshaydi, u oʻgʻlini sogʻinib qolgani uchun kulib, koʻchib kutib oldi.

— Bor bugur, uying boshqa boʻlishini kutib turgan ekansanda a. Qorangni koʻrsatmaysan. Unakamasda axir, men ishdan qaytgach kimni soʻkib urishishni bilmay garangman- dedi Kumushxonaya hazil bilan. U rostdan ham oʻgʻli bilan kamdan-kam koʻrishayotganligi uchun sogʻinib, aynan shu tobda koʻrgisi kelib oʻtirgandi. Zebo ham qaynonasining birdan kayfiyati koʻtarilib ketganidan xursand boʻldi. Layloni sevinchiniku gapirmasa ham boʻladi. U dadasini koʻrdi-yu, hech narsaga qaramay quchogʻiga otildi. Tolibjon ishlari koʻpayib bir necha kundan beri kech kelayotganligi uchun, ishdan qaytgunicha qizi koʻpincha uxlab qolib, uygʻotishga koʻzi kiymayotgandi. Layloni tizzasiga oʻtkazib oldida ishtaxa bilan ovqatlandi. Zeboni «keling olay ovqatingizni yeb oling» degan gapiga quloq solmadi. U qizini jonidan ortiq yaxshi koʻradi. Biror tanishi bilan suhbatlashayotgan paytida ham asosiy gap qolib faqat qizi Layloning shirin qiliklari, ilk soʻzlarini aytib zavklanardi. Ovqatlanib boʻlgach Kumushxonaya oʻgʻlini yaqinroqka chorladi. Tolibjon ham onasining yoniga erkalanib oʻtirdi.

— Oʻgʻlim ishlaring yaxshimi. Charchab qolmayapsanmi? Zeboning aytishicha juda kech kelayotgan emishsan?

— Rahmat oyijon hammasi joyida. Ha kechroq kelishga majbur boʻlib qolyapman. Hozir koʻplab yangi toʻqimachilik uskunalari oʻrnatyapmiz shunga ushlanib qolyapman. U kuni bosh direktor Kodirxon aka meni chaqirib «sizni ishlaringiz manga yoqdi, man sizni muhandislarga bosh qilib qoʻysam nima deysiz» dedi.

— Martabang bundan ham ulugʻ boʻlsin bolam. Pedagogika oliygohida bunaqa ilgʻor muhandislar chiqishini hech bilmagan ekanman- kuldi onasi. Maqsadga koʻchishning ayni vaqti ekanligini pamlagan Tolibjon sekin gap boshladi:

— Oyi, bilasizmi, siz bilan bir masalada maslahat qilmoqchidim. Hozir ishlayotgan korxonamda yangi smenali ish tashkil qilinishi arafasida turibdi. Shu Zeboni ham ishga olib borsam nima deysiz. Bechora bir necha yildan beri uydan chiqmay zerikib oʻtiribdi. Bir oʻzini sinab koʻrardi. Oʻquvi bor tirishqoq ayol. Bizda

Ishonsangiz maktabni 9 sinfini tugatgan qiz-yigitlar ham 6 oy shogird boʻlib keyin bemalol ikki-uch stanokda mato toʻkib eplashyapti.

— Zebo ishga kirsa yaxshi, — kutilmagan taklifdan uylanib qoldi Kumushxonaya- odamni nafaqat oilada, balki jamiyatda ham oʻz oʻrni boʻlishi kerak albatta. Lekin kichkina bolasi bilan qiynalib qolsachi……… Aslida Layloni bolalar bogʻchasiga bersangiz ham boʻladi. Hadamay yoshiga toʻladi. Mana oʻzi mustaqil yurishni ham eplayapti. Juda tirishqoq qizcha boʻldi buning, maxmadonaligichi, hozirgi bolalarni tili shunaqa tez chiqadigan boʻlganmi yoki meni aqlli nabiram hammadan oldinda ketyaptimi hayronman. Faqat uni oʻz vaqtida bogʻchaga olib borib, bogʻchadan olib kelish uchun ham maqbul vaqt ajratish kerak boʻladiku qandoq boʻlarkin, hayronman bolam. Bolani sarson boʻlib qolishi menga yoqmaydi bilasanku.

— ha bu haqdayam oʻylab koʻrdim. Agar smenalik ish tashkil etilsa, soat 12 dan 12 gacha yaʼni 12 soatli ish kuni boʻladi. Yakshanba dam olish kuni boʻlsa keyingi haftada bu tartib oʻzgaradi. Demoqchimanki bir hafta kunduzi ishlagan ishchi, keyingi hafta tunda ishlaydi. Layloga men uyda bor paytim, oʻzim qarayman. Zebo uydalik payti u qaraydi.

— Kim bilsin oʻgʻlim uylanib qoldim. Albatta yana bir kishi ishga kirsa oilamizga yanayam yordam boʻlardi. Faqat xavotirim Layloda. Zebo qiynalib qolmasmikin. Ham ishni, ham oilani eplay olarmikan.

— Men oʻsha yerdamanku eng yaxshi toʻquvchilarga shogird qilib toʻgʻrilab qoʻyaman. Uyda ham ishlariga qoʻlimdan kelgancha yordam qilaman. Hammasi iziga tushib ketadi. Albatta eplaydi. Oyisining rozi boʻlganidan koʻngli toʻlgan Tolibjon ertagayoq Layloga bolalar bogʻchasini gaplashib, u ish hal boʻlgach, paysalga solmay Zeboni ishga olib borishni rejalashtirdi. Muxtorjonaka bilan Aʼloxonayalar kech kirishi bilan yolgʻiz qolishib nabirasi va qizini kumsab sogʻinib oʻtirishadi. Yaxshiyamki yangi uy qurilish ishlari bilan band boʻlib, kuni oʻsha yerda oʻtayotgani uchun, kunduzi uncha bilinmaydi. Uning ustiga Tolibjon ham yangi ishga kirganidan beri ancha kamnamo boʻlib qoldi. Kuyovining tez-tez yuklab turishiga oʻrganib qolgan Muxtorakaga, shu kunlarda kuyovining kumagi juda muhtoj boʻlayotgandi. Lekin ishlari koʻpligini yaxshi tushungan holda iloji boricha muammolarini ularga bildirmaslikka harakat qilardi. Tolibjon qaynotasining yangi qurilayotgan uyidagi hasharlarga ham baʼzan qatnasha olmay, oʻrniga noiloj bir ikkita mardikor yigitlardan yuborardi. Muxtor aka uchun ushbu yangi koʻchib oʻtgan hovlisining oʻziga xos kulay jihatlari koʻp edi. Ayniksa asosiy ijobiy tomoni shunda ediki, ota-onasidan yodgorligi birgina singlisi va akasiga ham aynan shu mahalladan joy ajratilgan boʻlib. Mahalla boshida akasi Maxmudakalarning uyi boʻlsa, oxirida singlisi Havoxonayaning uyi

Muxtorakalarning hovlisi esa oʻrtaroqda joylashgan. Maxmudakaning olti oʻgʻli boʻlib, ulardan uchtasini oʻylab joylagan, qolgan uchtasini ham deyarli uylantirsa bugundek holatda. Singlisi va akasining farzandlari va nabiralari Aʼloxonaya va Muxtorakalarnikiga tez-tez chiqib turishganligi uchun, ularga yolgʻiz qolishgani unchalar bilinmasdi. Kech tushib qolganiga qaramay Zebo oʻz uyiga shoshildi. «Kumushxonayaning buguncha shu biznikida qolavermaysizlarmi» degan gapiga ham qaramay, ular oʻz uylari tomon yoʻl olishdi. Tolibjon shirin uyquda uxlayotgan Layloni koʻtarib oldi. Zebo boʻsh aravachani yetaklagancha erini ogʻizini poylardi, chunki u ona-bola nimalarnidir maslahat qilganligini sezib, suhbat oʻzi haqida borganligiga aqlı yetganday edi.

— Zebo, meni sizga bir yangiligim bor. Bilmadim sizga yoqadimi yoʻqmi lekin meni maqsadim sizni xursand qilish xolos.-sekin gap boshladi Tolibjon.

— Nima gap, aytakolsangizchi, boyadan beri sezib turibman, bir nima demoqchiligingizni.

— Men sizga aytsam, sizni oʻzim ishlayotgan joyga ishga olib bormoqchiman. Birga ishlab yurardik, sizni uyda zerikib qolayotganingizni koʻrib oʻzim xijolat boʻlyapman. Axir yangi tanishgan chogʻlarimizda, oʻqishga kirib oʻqituvchi boʻlaman degan orzularingiz bor edi. Bilaman uy ishlari sababmi yoki oʻsha payt sharoit shunaqa boʻlib qoldimi oliygohga ulgurmay qoldik. Keyin Laylo tugʻildi. Hozir bizni ishxonamizda yangi ishchilar qabul qilinayotgandi. Birdan sizni olib kelish xayolimga keldi.

— Voy yaxshiku- Zeboning koʻzlari sevinchdan chaknab ketdi.- Albatta ishga kiraman. Oyim nima dedilar, rozi boʻldilarmi? Layloni bolalar bogʻchasiga beramizmi? Qachon olib borasiz? Zebo uylariga yetib borguncha Tolibjonni har xil savollarga kumib tashladi. Tolibjon ham erinmay uning hamma savollariga batafsil javob berib keldi. Tolibjon ertasi kuni ertalabdan Zeboga Layloni eng chiroyli koʻylaklarini kiydirib, sochlarini turmaklashni buyurdi. U qizalogini joylashtirish uchun yonidagi, toʻgʻrirogʻi ikki eshik naridagi bolalar bogʻchasiga olib bormoqchi edi. Laylokiz ham mana anchagina katta boʻlib qoldi. U kulcha yuzli, oq-sariqdan kelgan, chiroyli jilmayishiyu, chuchulanib koʻp gapirishlari bilan har qanday odamni kayfiyatini koʻtaradigan, juda shirintoy kakajon qizaloq boʻlgandi. Kichkina boʻlishiga qaramay, ota-onasini koʻzlariga qarab qachon erkalik qilishi mumkinligini yaxshi ajrata bilardi. Tabiatan juda ziyrak, nimani oʻrgatsa bittada anglab olardi. Tolibjon qizi bilan muomala qilayotgan paytida, xuddi bir katta odam bilan gaplashayotgandek suhbat qilardi. Laylo ham dadasining gaplarini yarmini ilgab, yarmini ilgamasa ham xuddi hammasi tushunarliday maʼnoli qarab turar, qoʻlidan kelgancha javob qaytarishga harakat qilardi. Qizining bunaqangi ziyrak, aqlli qiz boʻlib ulgʻayotganidan Tolibjon va oilaning boshqa aʼzolari juda xursand edilar. Boshqalardan farkli ularoq 9 oylik paytidayoq

Mustaqil qadam tashlab, allakachon oʻzi yuradigan boʻlgan. Tolibjon qizalogini oʻsha kuni-yoq bolalar bogʻchasiga joylashtirdi. Laylo oʻsha kuniyoq bogʻchada qolishga kundi. Chunki unga koʻpchilik bilan oʻynab muomala qilish yoqardi. Keyingi masala Zeboni ish xonasiga olib borib ishga joylashtirish qoldi. Boshlik Tolibjonga ishonchi katta boʻlganligi uchun koʻp ham urintirmadi-da, Zebo ertadan ishni boshlashini, hujjatlarini esa bir ikki kun ichida tayyorlab olib kelishini tayinladi. Ishlari tez hal boʻlganidan Zebo oʻzida yoʻq xursand edi, toʻgʻrida kuni kecha hayoti bunaqangi tarzda oʻzgarib ketishi haqida xayoliga ham kelmagandi. Kunlar shu zaylda oʻtib er-xotin ishga shoʻngʻib ketishdi. Tolibjon ishidan boʻsh payti uyni taʼmirlash bilan band boʻlar, turli xil ustalarni olib kelab, biriga suvoq ishlarini bajartirsa, biriga eshik-derazalarni yangilattirardi. Maoshi koʻproq tamirlash ishlariga ketayotganligi uchun, ota-onasiga ham oldingiday sumka koʻtarib bozorlik olib borolmay, yaʼni oʻzidan ortmay qoldi. Tabiiyki bu Kumushxonayaga yoqmas, u ham arazlagan kishiday ularning holidan haftalab xabar olmas, hatto qizlarini ham yordamlashgani yubormasdi. Baʼzida jahli chiqib bir borib janjal qilib kelishga chogʻlanardi-yu, uyga kirganida qilinayotgan ishlarni koʻrib, oʻgʻliga ham oson boʻlmayotganini anglab shashtidan qaytib qolardi. Zebo ham yangi ishiga tez koʻnikib qolgandi. Ammo ishdan qaytgach dam olishni oʻrniga ustalarga ovqat qilar, ulardan keyingi tozalov ishlari, supur-sidir, yuv-tozala deganday qaynonasining ishlariga ortinmay qolgandi. Baxtiga qizi Layloni ularga foydasi teksa tegardiki hech ziyoni tegmasdi. bogʻcha kunlari bogʻchada, taʼtil kunlari esa goho u buvichsinikida, goho bu buvisinikida oʻynab yurardi. U kim bilan boʻlsa ham yodlagan sheʼr qoʻshiqlarini aytib, shirin qiliklari qiziqarli va kulgili savollari bilan faqat xush kayfiyat ulashardi. bogʻchaga borish kunlari ertalabki nonushtadan soʻng kiyimlarini oʻzi kiyib, sekingina bogʻchasiga oʻzi chiqib ketadigan boʻldi. U har safar chiqib ketayotganida bogʻchasi uyining yonginasida joylashganligidan xafa boʻlardi. Chunki boshqa bolalarni ota-onasimi, opa- singlisimi, hech boʻlmaganda buvi- bobosimi kimdir qoʻlidan yetaklab olib kirib kelishar, kichkina shkafidan xonada kiyib yurishi uchun moʻljallangan yengilroq koʻylaklarini kiyishiga yordam berishib, keyin yuzlaridan oʻpib xonasiga kuzatib qoʻyishardi. Lekin Laylo birovning kumagiga muhtoj emasdi. U yoshligidan oʻzini-oʻzi eplashga oʻrgangan ziyrak qizcha edi. Lekin ich-ichidan unga ham kimdir shunakangi mehribonlik koʻrsatishini xohlardi. Afsuski onasining ham otasining ham oʻziga yarasha ishlari koʻpligidanmi, yoki Layloning mustaqilligiga kunikishganidanmi unga nisbatan katta ishonch bildirishardi. Layloga ayniksa qishloqdagi buvisi bilan bobosini yoniga borish juda yoqardi. U yerda Muxtoraka bilan Aʼloxonaya Layloni kelishini bir bayramdey kutib olishar, u kelgunga qadar qayerga borishsa xoh bozor- uchargami, Xohi mehmondorchilikkami Laylo uchun deb biror shirinlikmi, uyinchokmi olib to nabirasi kelgunicha saklab oʻtirishardi. Baʼzan tashrifi uzoqlashib ketsa, Muxtoraka oʻzi borib uni uylariga olib kelardi. Layloga ayniksa buvisi bilan uxlash yoqadi, chunki buvisi to yarim tungacha erinmay turli xil ertaklar aytib

Beradi. Ertak eshitish esa Layloning jonu dili. Uyida onasidan uncha ertak eshitmasada, lekin dadasi qoʻlidan kelgancha oʻzidan toʻkib boʻlsa ham rivoyat aytib berishga harakat qilardi. Baribir hech kim Aʼlobuvisiday qiziqarli ertaklarni bilmasdi. U har gal buvisi bilan yotib qolganida ajoyib ertaklar eshitib, ertakdagi boʻlib oʻtgan voqealarni, kaxramonlarni koʻz oldiga ketirar, baʼzan taʼsirlanib ketganidan koʻz yoshi ham toʻkib olardi. Buvisi uni erkalab hayotda ham xuddi shu ertakdagiga oʻxshab yaxshilik bilan yomonlik doimo yonma yon boʻlishini, lekin oxir oqibat yaxshilik albatta galaba kozonishini uqtirardi. Qish kunlari edi. Yanvar oyining oʻrtalari. Zebo ogʻirayoq boʻlganligi uchun bir necha kundan buyon kechga borib, mazasi tez-tez koʻchadigan boʻlib qolgan. Ha, bu oy Alloh nasib qilsa yana bir bor, toʻgʻrirogʻi uchinchi marta ona boʻlish baxtiga musharraf boʻladi. Tolibjon Laylodan keyingi oʻgʻil farzandidan bevaqt ajralib qolganligi sababmi bu safar xotini va tugʻilajak farzandidan juda xavotirda edi. U oʻtgan safar bolaning nimjon tugʻilishida, oʻzining ham aybi borligini yaxshi sezardi. Chunki oʻsha paytlar ish joyidan onalik taʼtiliga chiqqan Zeboning sogʻliqiga, oʻz vaqtida dam olishiga hech kim eʼtibor bermagandi. Zebo ham vrachlar koʻrsatmasiga amal qilish oʻrniga, ikki xonadon oʻrtasida mehnatga kumilib oʻzi haqida ham, tugʻilajak farzandi haqida ham unutib qoʻygandi. Uy ishlari koʻpayib ketganidan ulgurolmay qolardi. Bu yoʻqda qaynonasidan dakki eshitsa, ikkinchi yoʻqda eri ishdan charchab kelibmi yoki onasi har borganida kelini haqida tankidiy fikrlar bildirganidanmi boʻlar boʻlmas narsadan nolib er-xotin ikkisi tortishib, urishib qolishardi. Shular sabab boʻldimi Zeboning ikkinchi farzandi bir oz nimjonroq tugʻilgandi. Doktorarga qaratib-koʻrsatishlariga qaramay bola yoshiga toʻlmay nobud boʻldi. Albatta bu holatdan soʻng onaizor chuqur iztirobga tushib ancha vaqtgacha oʻziga kelolmay, yigʻidan oʻzini tiyolmay, qoʻli ishga bormay qoldi. Bu holatga chidolmagan Aʼloxonaya Zeboni oʻzi bilan olib ketib bir oycha muddat uning koʻziga qarab, tasalli boʻlib turdi. Laylo ham kichkina boʻlishiga qaramay hamma narsaga aqlı yetib turardi. U onasining koʻz yoshi toʻkayotganini koʻrib, yoniga borolmay eshik ostonasida kimtinibgina kuzatib turardi. Zebo chakalogidan yodgorlik boʻlib qolgan yagona rasmni bagʻriga bosib yigʻlashdan oʻzini tiyolmay bir necha oyni shu tarzda oʻtkazdi. Yaxshiyamki koʻp oʻtmay doktorlar Zeboni yana homilador ekanligini aytishgach, oila aʼzolariga qayta jon kirganday, boʻlib oʻtgan mudhish voqea oz-moz unut boʻlganday edi. Tolibjon bu safar Zeboni koʻz qorachigʻiday asrashga harakat qildi. Urinib qolmasin deb hatto qizi Layloni ham goho u buvisinikiga, goho bu buvisinikiga qoʻyib keladigan boʻldi. Laylo, bir gal Kumushxon buvisinikida qolganida buvisi va ammalari onasi haqida nolib gapirishayotganini eshitib qoldi. U hamma narsaga farosati yetadigan aqlli qiz boʻlganligi uchun, oʻzini xuddi boʻlib oʻtayotgan gaplarga eʼtibor qilmayotganday tutib, qoʻgʻirchogʻini oʻynab oʻtirardi.

— Poshshaxon homiladorlikni koidasini kelishtiradi shekilli a bu safar.- gap boshladi Nasiba — akam atrofida parvona, qoʻlini sovuq suvga urdirmaydi.

— ha xuddi boshqa hech kim tugmaganday, biz kelinlik paytimizda nafaqat uy-roʻzgʻor ishlari, davlat

Ishlarigayam ulgurdik. Kelin olib rohat koʻrmadim.– qovogʻini uydi buvisi.

— hoy, ogohroq boʻlib gapiringlar hammasi magnitofonga yozilayotgan boʻlmasin tagin- Nodira koʻzlari bilan Laylo tomonga ishora qildi. Layloga «magnitofonga yozilayotgan boʻlmasin tagin» degan gap galati eshitildi. Ammo shunda ham ularga qaramay jimgina uyinini davom ettirardi. Ular shu tarzda anchagacha giybatni davom ettirishdi. Kumushxonaya kelinini yomonlashni oʻzi xohlamasada, ammo uy ishlari chala qolayotganidan, qizlari oʻqish oʻrniga kelin qiladigan ishlar bilan band ekanligidan jahli chiqardi. Uning ustiga shu kunlarda koʻngliga qil ham sigmay qolgan. Chunki katta qizi Nasibaning turmushi koʻngildagiday emasligi yuragini bir chetini yemirardi. Mana bir ikki kundan beri qizi ota eshigidan ishga qatnayapti. Kuni kecha ona-bola doktorga doktorga uchrashganida Nasibaning homilador ekanligini eshitib, na xursand boʻlishni, na xafa boʻlishni bilmay karaxt boʻlib qolgandi. Lekin Nasiba turmushidagi bu tushunmovchiliklarga sovuqqonlik bilan qaradi. Hammasi koʻngil qoʻymay barpo qilingan oiladan deb bilardi. Chunki u oʻzi yoqtirmasdan, yaʼni sevgisiz oʻz xolasining oʻgʻliga turmushga chiqqandi. Kuyov ham aql-xushi joyida oʻqimishli odobli yigit edi-yu, ammo oila, roʻzgʻor tutishni, xotin zoti bilan muomala qilishni tushunmaydigan soddagina edi. Onasi «borib xotiningni olib kelmaysanmi» demagunicha Nasibani oldiga borish haqida oʻylab ham koʻrmasdi. Yaxshiyamki bu yil ikkinchi qizi Nigora oliygohga kirib ota-onasiga quvontirdi. Uchinchi qizi ham hozirdan jiddiy tayyorgarlikni boshlab yuborgan, chunki bunisi hisobchilik, bank soxasida oʻzini sinamoqchi. Dilshodbek esa soldat boʻlishga, harbiylikka qiziqar, rasm daftariga ham faqat turli xil harbiy tank va somolyotlar, askarlarni rasmini chizardi. Laylo bilan hech kimni ishi boʻlmaganidan oʻynab oʻtirgan joyida uxlab qoldi. Uyning oʻrtasiga oʻrnatilgan katta xontaxta ustida hamma yozish chizish bilan band. Kech kirib uxlash payti boʻlganda, Kumushxonaya xontaxtani yigʻishtirib joy tushashani buyurdi va bir chetda uyqusi ichida sovqotib gujanak boʻlib uxlab qolgan Layloni ustiga kichkina koʻrpacha tashlab qoʻydi. Bu orada Tolibjon ham ishdan qaytib Layloni olib ketish uchun oʻsha xonaga kirdi. Salomlashgach, koʻcha ancha sovuq boʻlgani uchun darrov pechka yoniga keldi-da, ikki qoʻlini bir-biriga ishkalab isita boshladi. Uydagilarni avzoyi chatokligini koʻrdi-da ularni koʻp ham gapga solmay qizini olib uyiga shoshildi.

— Mayli oyijon Laylo ham uxlab qolibdi. Ertaga bogʻchaga boradigan kuni, men tezroq olib boray, sizlarga rahmat. ishqilib savol beraverib boshinglarni ogʻritmagan boʻlsa boʻldi?

— yoʻq e, katta qiz boʻlib essi kirib qolibdi, hech ziyoni tekkani yoʻq, ortiqcha harxasha ham qilmaydi bolaga oʻxshab, lekin ovqatlantirolmadik, xotinchang onasikidan tezroq kelsa boʻlardi, juda serkatnov boʻlib qoldi-da bunaqada qizing kasal boʻlib qolmasin tagin. Ayol kishi degan ham shunaqa landovir boʻladimi na bolani, na

Uyni eplolmasa, ertagayoq olib kelgin. Tolibjon xotini haqida bunaqangi gaplarga koʻnikib ketganidan hech nima deb javob qaytarmadi qizalogini opichlagancha uyi tomonga qarab yoʻl oldi. Yoʻlda Laylo uygʻonib ketib dadasining quchogʻida ketayotganidan xursand boʻldi.

— Oʻzimni dadajonim, sogʻinib ketim sizni.– Laylo dadasini chindan ham ishidan qaytgunicha, xuddi bir yil koʻrmaganday sogʻinardi. U onasidan koʻra koʻproq dadasiga suyanar, dadasi ham uning har-bir savoliga erinmay javob qaytarar edi.

— Men ham sogʻindim qizim, menga aytchi qoring toʻqmi, nega buvinglarnikida ovqat yemading?

— Ozroq yedim, men yoqtirmaydigan ovqat ekan, shunga ………….- toʻxtab qoldi Laylo.– dadajon buvimlarni magnitofoni hamma gaplarni yozadimi?– birdan haligi ammasining gapi essiga tushib qoldi.

— Nega unaka deyapsan qizim- ajablanib soʻradi Tolibjon.

— Nigora ammam hali gaplashib oʻtirishgan paytida shunaqa dedi-da «magnitofonga yozilyapti gaplaringiz» degandi. Tolibjon gap nimada ekanligini angladi. Uzoq jim boʻlib qoldi. Uyiga yetib kelgach, kulfni ochib, qizini pechka yoqilgan xonaga olib kirdi-da issiq oʻrniga yotqizdi. Qizining koʻzlariga qarab turdi va:

— Nima deb gapirishayotgan edi– deb soʻradi. Laylo dadasining shu savolni berishidan koʻrkib turgandi. U indamadi va koʻzlarini dadasidan olib koʻchdi. Tolibjon esa ich-ichidan bu murgak goʻdakka shunchalar aql farosat bergan Allohga hamd sanolar aytardi. Qizining holatidan onasi haqida eshitgan yomon gaplar yoqmaganligi, lekin bu gaplarni hech qachon birovga churq etmasligi aniq ravshan edi. Oradan bir hafta oʻtib yana dam olish kuniga toʻgʻri keldi. Bu gal Tolibjon Layloni Aʼloxon buvisinikiga qoʻyib oʻzi Zeboning yoniga shoshildi. Chunki kechasi Zeboni yana mazasi koʻchib doktorlar uni shifoxonaning tugʻruqqa tayyorlov boʻlimida olib qolgan edi.

— Tolibjon oʻgʻlim Zebo oʻzi yaxshimi, adashmasam doktor shu oylarga yozib bergan deganday boʻlgandi.- bezovtalanib soʻradi Aʼloxonaya.

— ha hozircha yaxshi, faqat men ishda boʻlib Layloni koʻtarib qoʻymasin deb olib kelgandim. Iloji boʻlsa bir, ikki kun shu yerda sizlar bilan turib tursa- Tolibjon Zeboni tugʻruqxonada qoldirgan boʻlsa ham qaynonasiga sir boy bermadi. Chunki Kumushxonayaning «qizini dard tutayotganini eshitgan onada ham

Tulgʻoq azobi boshlanadi» degan gapi yodidan chiqmagandi.– mayli men boray ishlarim bor edi.

— ha albatta oʻgʻlim Layloxonimdan hech xavotir olmang otasi kelsa hali talashib qolamiz nabiramizni.– dedi-yu Tolibjonni kuzatib, hech narsadan bexabar Layloni yetaklab ichkari pechkali issiq uyga olib kirib ketdi. Tolibjon tugʻruqxonaga borganida, hali Zeboning koʻzi yomagan edi. Kumushxon aya shifokorlar xonasida oʻgʻlini kutib urirardi.

— Namuncha qolib ketding oʻgʻlim, men boray ertaga sinfimda ochiq dars oʻtkazishim kerak. Sal oʻzimga kelib bir oz uxlab olmasam, ertaga oyoqda turolmay qolaman. Oʻzi kuni bilan tayyorgarlik koʻrib rosa charchagandim. Oʻzing birga qolib daragini aytarsan.-dedi begamlarcha Kumushxonaya.

— Iye, bu nimasi axir sizni oʻrningiz boshqa-ku yonida boʻlib turmisizmi?-onasining sovuqqonligi Tolibjonni jahlini chiqardi.

— ha nima tugʻgan bitta seni xotiningmi ana hamma tugʻyapti-yu, biz ham mana nechchi marta tugʻgan boʻlsak qaynonamiz yonimizda turmagan, hatto otang ham ishi koʻpligidan baʼzida kelolmay qolardi. Xudoga shukr oʻzimiz indamay tugʻib, olib chiqaverardik. Kumushxonaya shunday dedi-yu, hamshira qizlarga bir nimalarni tayinlab sekingina chiqib ketdi. Tolibjon bir oz uylanib turdi-da soʻng Zeboga qarayotgan doktoropa koʻringach uning yoniga shoshildi.

— Opajon bizi Xotin qalay, hali uzoqmi ovqatlantirib qoʻysam boʻlarmikin?- yalingʻoch ohangda soʻradi Tolibjon.

— ha Zeboxon yaxshi menimcha ovqatlantirib qoʻysangiz ham boʻladi. Kechga borib tugʻruq boshlansa kerak, hozircha hali sust. Ha doktoropaning aytganidek tongga yaqin Tolibjon yana bir qizaloqning baxtli otasi boʻldi. Uning quvonchi ichiga sigmay bu xabarni birinchi boʻlib Layloga yetkazishga qaror qildi. Aʼloxonaya tushidan xavotirlanib oʻtirgan payti Tolibjonning saharlab qilgan tashrifidan nima xabar olib kelgani maʼlum edi.

— Nima topdinglar oʻgʻlim?-dedi hali kuyovi gap boshlamasidan.

— qizaloq!

— Meni Layloyimga dugona olib kelarkangda ayajonisi– dedi Layloga qarab. Laylo gap nimada ekanligin allakachon tushunib opa boʻlganidan baxtiyor jilmaydi. Oradan yillar oʻtib Tolibjonning oilasi ancha kengaydi. Laylo va Barno qizaloklaridan soʻng Alloh ularni birin

Ketin yana ikki oʻgʻil bilan siyladi. Katta oʻgʻliga Shuhratbek, kichigiga esa Omadbek deb ism qoʻyishdi. Ikki qizu ikki oʻgʻilning otasi boʻlgan Tolibjon, endi ota-onasi uchun suyanchik oʻgʻil, jigarlari uchun gʻamxoʻr aka, ayoli uchun jonkuyar turmush oʻrtoq, farzandlariga mehribon dada sifatida katta oilaning asosiy negiziga aylangandi. Uni hayot sinovlari ancha oʻzgartirdi. Doʻppisining old tomonidan qoʻngʻiroq boʻlib chiqib turadigan sochlari ancha toʻkilib siyraklashib uncha-muncha oq oralab qolgan. Avvalgiday oliftalik yoʻq, kiyim saralamay qaysi biri tayyor holda boʻlsa shuni egniga ilib ketaveradigan boʻlgan. Ish xonada lavozimi oshib katta xodimlardan biri boʻlishiga qaramay, kamtarin, ochiq koʻngil, dilkash insonligi uchun hamma uni yaxshi koʻrib hurmat qilishar, baʼzida esa ish xonasida rahbar sifatida qaramogʻidagi erkak xodimlar qolib, xotin-qizlar ham oʻz dardlarini aytib, ish yuzasidan yordam soʻrashar, Tolibjon tushungan inson boʻlganligi uchun bemalol koʻz yosh ham qilishardi. Tolibjon esa qoʻlidan kelgancha ishchilariga yordam berib, qoʻllab-kuvvatlashga harakat qilardi. Uyida uka-singillari ham voyaga yetishib, singillari birin ketin turmushga chiqa boshladi. Yolgʻiz ukasi Dilshodbek ham bu yil maktabni bitirish arafasida. Ota-onasining madadkori sifatida singillarining toʻyida kamchiliklarning eng asosiysi albatta Tolibjonning zimmasida boʻldi. Qizlar studentlik paytlarida ham, Tolibjon uygʻonmasidan uning oldiga kirishib «Aka menga yoʻl kira va tushlik uchun pul berarkansiz oyim aytdilar» desa boʻldi, choʻntakidan borini chiqarib berardi. U oʻzining oilasi va bolalaridan koʻra, ota-onasi va jigarlarini birinchi uringa qoʻyardi. Lekin qizlar akasining bu fidoiyligini anglamas, akalik vazifasi deb bilishardi. Akasi va uning oilasiga befarq boʻlishib, qachonki onasi borib qarashib yuboringlar degandagina jiyanlarini qoʻliga olishardi. Boshqa payt oʻz yumushlariyu darslaridan ortinisholmasdimi yoki xohishi yoʻqligidanmi hech oʻzlaricha kelib yordam qilishmasdi. Kelinoyisi ishidan va bolalaridan ortmay qolgani uchun qaynonasining yumushlariga unchalar ulgurolmay qolgani uchun koʻpincha nizolar kelib chiqib, Zebo orada bir necha bor ota eshigiga ketib qolgan kunlari ham boʻldi. Kumushxonaya haddeb kelinidan norizo boʻlaverganidan qizlarini ham Zeboga nisbatan munosabati oʻzgarib qolgandi. Zeboning ham kelinlik xizmatlarida oqsoqlanishiga oʻziga yarasha sabablari bor edi. Lekin buni hech kim tushunishni istamasdi. Ularining uyida haligacha ustalarni keti uzilmas, ayni paytda ota-bobolarimizdan qolgan bir ajoyib «Eskini yamaguncha essing ketar» degan nakl aynan shu Tolibjonga atalganday edi goʻyo. Shuncha urinib yangilasa ham bu hovlining kamchiligi sira tugumas, bilaks ishni koʻzi endi ochilayotgandek boʻlardi. Bir tomonda korxonadagi ishlar ham avjida. Turmush oʻrtoqi rahbar boʻlgani uchun ish xonada boshqa ishchi-xodimlarga oʻrnak boʻlib ishlashiga toʻgʻri kelardi. Sovuq qish kunlarida esa bolalari maydaligi uchun biri endi oyoqqa tursa, ikkinchisini mazasi boʻlmay qolar, shunaqa ogʻir paytlarda kimdan najot soʻrashini bilmay rosa qiynalardi. Onasi kasalxonadami yoki otasi ish xonadami shunakangi vaziyatlarda uydagi ishlar, katta farzand sifatida albatta kichkina Layloga qolib ketardi. Layloni aslida kichkina deb ham boʻlmaydi. U bolaligidayoq katta boʻlib tugʻilgan. Boshqa tenkurlariga Qaraganda u tezroq ulgʻayishiga toʻgʻri keldi. Ota-onasiga

Yordamchi sifatida oilada bu mittivoyning oʻrni katta edi. Uch, toʻrt yasharlik paytidayoq uni katta odam qilib hatto yurgakdagi chaqaloqni ham ishonib tashlab ketishar, laylo esa qoʻlidan kelgancha ukalariga gʻamxoʻrlik qilardi. Shu oʻrinda bir voqeani eslab oʻtish joiz. Oʻsha paytlarda Zebo ertalabki smena, Tolibjon esa Zebodan keyingi yaʼni kechki smenada almashib ishlashardi. Laylo toʻrt yoshda, singlisi Barno esa hali yoshiga toʻlmagan qizaloq edi. Qish kunlari boʻlganligi uchun hamma oʻyini har xil pechkalarda isitishar, Tolibjon esa kulayroqligi uchun uyiga kerosin bilan yoqiladigan pech oʻrnatgan edi. Pechkani oʻrnatish paytida har doimgiday Laylo otasiga qarashgan kishi sifatida, qanday yoqilishi va qanday isitilishini dikkat bilan kuzatib turardi. Dadasiga pechka haqida har xil savollar berar, dadasining nazorati ostida gugurt chakib oʻzi mustaqil yoqib koʻrishga urinardi. Tolibjonga qizining bunday qiziqqon va ziyrakligi juda yoqardi. Laylo biror ishni yaxshi uddalasa « barakalla oʻzimni alli qizim» deb maktab qoʻyardi. Bu maqtovlardan gururlangan Laylo yanayam dadasini qoyil qoldirgisi kelardi. Zebo uy yumushlarini bajarib, kozonga ikki xil ovqat tayyorladi. Kichkina qiziga koʻkrak tutib toʻydirib uxlatdi-da, oʻzi ish joyiga, kechki smenaga shoshildi.

— Layloxon qizim hozir dadang keladilar, ungacha singlingni yonidan ketmay qarab oʻtirgin. Oʻzing aqlli qizsanku, agar ungacha uygʻonib qolsa beshikni asta-asta tebratib turgin xoʻpmi qizim. — dedi Zebo bir chekkada rasmli kitobni varaklab oʻtirgan qiziga qarab.

— xoʻp ayajon, xavotir olmang. Singlimga yaxshi qarab turaman– dedi Laylo opalik mehri bilan. Tolibjonning kelishiga hali ikki, uch soatlarcha vaqt bor edi. Zebo shosha-pisha uydan chiqib ketar ekan, kerosinpechni bir oz paslatib qoʻydi. Onasi ketgach Laylo singlisini beshigi oldida bir oz kitob varaklab oʻtirdi-da, soʻng uxlab qoldi. Chamasi yarim soatlar oʻtgach Barno gʻimirlab sekin ovoz chiqara boshladi. Laylo sergak yotgani uchun darrov uygʻonib, beshikni asta tebratdi. Chaqaloq qayta uxlab qoldi. U boya bir oz mizgigan paytida usti ochiq uxlagani uchunmi sovqotganday boʻldi va pechni yoniga borib dadasi oʻrgatganday kerosin tomchisini tezlashtirdi. Pechning ichidagi alanga bir oz jonlanganday boʻldi. Laylo sevimli kitobini varaklab yotib issiq elitib, koʻzlari uyquga ketdi. Oradan yana yarim soat vaqt oʻtgach terlab ketgan Laylo uygʻonib pechga qaradi va koʻrkkanidan koʻzlari chaknab ketdi. Pech qizarib, issiqdan choʻgʻ boʻlib qolgandi. Xonadagi devorga yopishtirilgan qogʻoz aboylar qizib ketganidan kisr-kisr deb ovoz chiqarardi. Laylo zudlik bilan pechkani olovini butunlay uchirdi. Beshikda terlab issiqdan nafas ololmay yigʻlay boshlagan singlisini darhol beshikdan yechib kiyintirdi. Oʻzi ham issiq paltosini va shapkasini kiydi-da chaqaloqni bolalar uchun moʻljallangan kichik koʻrpachaga uragancha tashqariga olib chiqdi. U koʻchada dadasining yoʻliga qaradi. Shu paytda Tolibjon ham mahallasining boshida uyiga kelayotgan edi. Bum-boʻsh koʻchaning oxirida kichkina qizaloq qoʻlida bir nimasi bilan turganini koʻrdi-yu, yuragi hapqirib qadamini tezlashtirdi. Ha uning koʻzlari adashmagandi, uzoqdan koʻringan bolalar oʻzining qizlari edi. Yugur

— Laylo qizim sovuqda nima qilib turibsan, axir shamollab qolasizlarku- dedi Tolibjon hayajondan duduqlanib.

— Dada uyimiz rosa isib ketgandi nafas ololmay qoldik. Tolibjon darrov tom moʻrisiga qaradi. Muridan chiqayotgan toʻlqinli otash muri atrofidagi qorni butunlay eritib yuborgandi. U uyi tomonga yugurdi. Laylo singlisini qoʻlidan qoʻymay dadasining ortidan xonaga kirdi. Singlisini toʻshakka yotqizar ekan, hozir dadasidan rosa dakki eshitishini oʻylab yigʻidan oʻzini zoʻrga tiyib turardi. Qarshisida telpagini qoʻlida mahkam gijimlab olgan Tolibjon esnasi kotib qiziga qarab jim boʻlib qoldi. Laylo dadasini bunaqa holatda birinchi marta koʻrgani uchun koʻrkib bir burchakda miq etmay turardi. Dadasi unga tomon yaqinlashgan sari yuragi hapqirib, koʻzlarini yumib oldi.

— Aylanay oʻzimni aqlli qizalogʻimdan. Allohga shukrki sizlarni oʻzi saklabdi bolam. Yaxshiyam chiqib ketayotgan payting pechni uchirib chiqib ketish aqIlinga kelibdi-ya, uyni yonib ketishiga bir bahya qolgan ekan.– dedi yigʻlamsirab Tolibjon qizini mahkam bagʻriga bosar ekan. Bu voqeadan soʻng Tolibjon qoʻshimcha rahbarlik vazifalarini qoʻyib, ish vaqti tugashidan yarim soat oldin uyga otlanadigan boʻldi. Bunga oʻxshash holatlar Layloda koʻp kuzatilardi. U har safar donolik va ziyraklik bilan ish koʻrardi. Laylo birinchi sinfda oʻqiyotgan kezlari edi. Koʻchada hamma mahalla bolalari oʻynab yurishardi. Kimlardir quvlashmachoq, kimlardir argʻimchoq sakrardi. Faqat Laylogina har safar bolali xotindan aravada biror ukasi bilan chiqardi. Agar u oʻyinga qoʻshilguday boʻlsa har qanday uyinda Layloga yetadigani topilmasdi. Shuning uchunmi baʼzi garazguy oʻrtoqlari «yoʻq Layloni oʻyinga qoʻshmaymiz u baribir aravadagi ukasi bilan yaxshi qatnasholmaydi» deb uyindan nari qilishardi. Noiloj qolgan Laylo koʻchada uzala qilib yotqizilgan quruq terak ustida ukasini oʻynatib quvlashmachoq oʻynayotgan oʻrtoqlarini kuzatib oʻtirishdan boshqa chorasi qolmasdi. Kunlardan bir kun shom vaqti yaqinlashib qolgan paytda, Laylo har doimgiday onasi ovqatini pishirib olguncha, ukasi Shuhratbek va singlisi Barnoni olib koʻchada argʻimchoq sakrayotgan oʻrtoqlarini kuzatib oʻtirardi. Birdan koʻchani toʻldirib bashang kiyingan ammalari oʻtib qoldi. Katta ammasi uch yasharli qizalogini ham kiyintirib sochlariga bejirim qilib kip-qizil lentalarni takib yetaklab olgandi. Ularni koʻrib Layloning zavki oshib ketdi.

— Voy qayoqqa ketayapsizlar- soʻradi Laylo hovliqib.

— Hech qayoqqa, kech boʻldi ukalaringni olib uyga kir– Dedi Nigora ammasi.

— Laylo opa biz bokka muzkaymoq yegani ketayapmiz, yuring biz bilan- chuchuklandi kichkina Rayhon. U katta Nasiba ammasining qizi boʻlib Layloni opa sifatida juda yaxshi koʻrardi.

— qanday yaxshi meni ham olib ketasizlarmi ammajon, hozir, bir oz toʻxtab turinglar men hozir, yangi koʻylagimni egnimga ilib chiqaman. Oʻzimda toʻplab yurgan tangalarim ham bor.– Laylo aravadagi ukalarini tezlatib haydagancha uyiga qarab chopdi. Oyisi palovni damlab, shakarob qilish bilan ovora boʻlib oʻtirgandi. U ukalarini oyisining yoniga qoʻydi-da, oʻzi u kuni Aʼloxon buvisi olib bergan atlas koʻylakchasini qidira ketdi. Ayasiga gap nimadaligini keyin tushuntirishga qaror qildi. Chunki juda shoshilayotgandi. Koʻylakni apil tapil kiydi-yu, ammalarini, oyisiga tushuntirguncha ketib qolmay turishini tayinlash uchun koʻchaga qaradi. Qaradi-yu ……………. Jim boʻlib qoldi. Koʻchada hech kim koʻrinmas, ular allakachon Layloni kutib oʻtirmay ketib boʻlishgandi. Suvga tushgan mushukday suppayib uyga kirgan Laylo yana xonasiga kirib asta yangi koʻylagini joyiga ildi. Qoʻlidagi bir nechta oʻn tiyin, besh tiyinli tangalarini yana qayta maktab sumkasiga soldi. Hech nima boʻlmaganday boyadan beri «Laylo, Laylo qani-san? Kelakol ovqatga» deb chorlayotgan onasining yoniga chiqdi. Yumushlari bilan band boʻlgan Zeboning hech nimadan xabari yoʻq edi. Laylo chopib kirganiga ham, koʻylagini kiyib yana qayta yechib chiqqaniga ham ahamiyat bermagandi. Laylo osh yeb oʻtirib birdan oʻksib yigʻlab yubordi.

— Voy oʻlmasam qizim, senga nima boʻldi- Soʻradi Zebo xavotirlanib.

— Tishim ogʻrib qoldi. U kuni bittasi tushdiku, shuni yonidagisi ham ogʻriyapti- dedi Laylo, ammalarini qilgan ishi ayasiga yoqmasligini bilib.

— ha endi birinchi chiqqan sut tishlaring toʻkilib oʻrniga haqiqiy tishlar chiqadi-da qizim.- Zebo shu tobda qizining tishi emas, balki jajji yuragi nimadan shunchalik ogʻriganini tasavvur ham qilolmasdi. Ammajonlar aslida unakangi yomon emasdi. Ularni onasi bir– biran goʻzal, odob-andishali, did-farosatli qilib tarbiyalagan. Maktabni ham faqat aʼlo baholarga bitirishgan, oliygohlarga oʻz kuchi bilan kirib, muvaffaqiyatli yakunlashgan aqlli qizlar edi. Ammo aynan oʻsha onasidan bir oz kalondimoglik, oʻzini katta tutish, izzattalablik kabi fazilatlari oʻtgani uchun, hayotda koʻp pand yeyishardi. Kattasiku sevmay turmush koʻrgani uchun, oʻzining oilaviy nizolarini haddeb shunga yuyardi. Oʻrtanchasi esa kambagalroq oilaga tushganligi uchun ularga past nazar bilan qarab, oʻzini ulardan ustunroq qoʻyardi. Opalarini turmushidan koʻngli toʻlmaganini koʻrib kichigi oilaga tutishga nisbatan jiddiyroq boʻlishga urindi. Qaynota, qaynonasiga oʻz ota-onasiday mehr koʻrsatib duosini olishga erishdi. Qaynakalariga va ovsinlariga ham qoʻlidan kelganicha yaxshi muomalada boʻlib ularning ham mehrini kozongandi. Oʻsha kuni Nodira turmushga chiqqanidan keyin ota eshigiga ota-onasini yuklab birinchi marta kelgan edi. Doim kuyov bola bilan kelgani uchun ona-bola dildan suhbat qilisholmasdi. Bir, ikki soat oʻtirishi bilan kuyov uyga shoshiltirardi. Nodira oʻzi yana bir oz qolishni xohlasada, erining soʻzini ikki qilmay buysungan holda

Darrov uyidagilar bilan xayrlashardi. Bu safar xoʻjayinini arang koʻndirib bir oʻzi tashrif buyurgandi. Uyda esa Kumushxonaya yakshanba kunligidan foydalanib hovli va xonalarni tozalattirish uchun katta nabirasi Layloni chaqirtirgan edi. Qizi darvozadan kirishi bilan hamma narsani unutib, toʻplanib qolgan gaplarini aytish uchun ichkari mehmonxonaga olib kirdi. Shu qizini uzatgan mahallada bir tanish dugonasi yashardi. Oʻsha dugonasi kuni-qoʻshnilardan Nodira haqida eshitgan ijobiy fikrlarni Kumushxonayaga yetkazib turardi. Gapni eshitganlari ichda eng koʻproq taʼsirlanganidan boshlab, bir oz yigʻlab ham oldi.

— Sendan roziman qizim, qaynotang va qaynonangni duosini olsang kelajakda senga ham yaxshi kelinlar uchraydi. Sen haqingda juda yaxshi gaplar eshityapman. Aytishlaricha hovlinglardan bir, ikki eshik narida otalar choyxonasi bor ekan, qaynotang oʻsha joyga tez-tez kirib turarkan. Toʻyingdan bir oz vaqt oʻtib, choyxonaga sheriklarini oldiga kirda, bir jurasi «ogʻayni kimni qizini kelin qilding?» deb soʻrabdi. Qaynotang bizni oila haqida aytganida, «ha barakalla kelin olishda adashmabsan, oʻzim ham aytdim bu korini koʻylagi umrida dazmol koʻrmasdi, qayerdan yoʻqasi oqarib, dazmollanib qoldi-ya deb oʻylagandim. Nuʼmonjon akani qizi boʻlsa taʼlim tarbiya koʻrgan qiz boʻladi albatta» deganmush.- dedi Kumushxonaya.

— Voy oyijon siz qayoqdayu, meni mahallam qayoqda. Qayerdan eshita qoldingiz? Qoyilman sizga. Ha toʻgʻri bir kuni qaynotam choyxonadan qaytib kirganida menga ham minnatdorchilik bildirib hamma ovsinlarim va qaynonamga meni oʻrnak qilib maktagan edilar.

— Rahmat qizim, ona qizini turmushga berar ekan, qizidan kelgan maqtovlarni eshitib bokkanlariga rozi boʻlarkanda. Bu ona-bola suhbatini kuzatib oʻtirgan Laylo, qiz bolalarning taqdiri bunchalik nozik boʻlishini oʻylab xavotirga tushardi. Toʻqqizinchi sinfga koʻchgan Layloning bir oyogʻi oʻz uyida boʻlsa ikkinchisi shu Kumushxon buvisinikida boʻlib qolgan. Kumushxonaya qizlarini turmushga bergach, oʻzi pensiya yoshiga yetgan boʻlsa ham ishlar, uy ishlariga qarashgani nabirasini tez-tez chaqirtirib turardi. Bu holat onsiga yaʼni Zeboga hech yoqmasdi. Chunki Zeboning ham ishongan yordamchisi shu qizi edi-da. Ona-bola ayni biror ishni boshlashga bel bogʻlab turishganida Kumushxonaya biror mahalladagi bolakaynimi qizaloknimi elchi qilib junatib «Buvingiz aytdilar tez borarkansiz» degan xabarni junatardi. Bugun yakshanba kunligi uchun Kumushxonayaning uyida yumushlar toʻplanib qolgan. Oʻzi mehmonga kelgan kelinchak qizi yonida oʻtirar, oʻtirgan yerida Layloga galma-galdan ishlarni buyurib, ortidan kuzatib turardi. Hamma yumushlarni bajarib boʻlgach, buvisining topshirigiga koʻra bugun ertaroq oʻchoqqa oʻt kalab palov pishira boshladi. Chunki ammasini barvaqtroq oʻz uyiga kuzatishlari kerak edi. Laylo 5, 6 sinfda oʻqiyotgan paytlaridan boshlab osh- ovqatlarni mustaqil qilishga oʻrganib boʻlgan. Chunki onasi qish kunlarida qattiq yiqilib belidan shikastlanib uzoq muddat yotib qolgan paytida Laylo rosa 10 yoshda edi. Hamma qizlarga odatda uy ishlari va ovqat pishiriklarni onasi oʻrgatsa, Layloga otasi oʻrgatgandi. Dadasidan palov qilish sirlarini mukammal oʻrganib

Olgan Laylo zum oʻtmay oshni damlab, palov bilan birga tortiladigan shakarob qilish uchun muzlatgich yoniga keldi.

— ha qizim nima qilmoqchisan?- soʻradi buvisi.

— Shakarobga masalliq olmoqchi edim.-dedi Laylo kulib. U damlagan oshi rosa buvisiga yoqadigan boʻlishini oldindan sezib turardi. Chunki damlash jarayoni koʻngildagidek boʻlgani uchun oshning zoʻr chiqishi aniq edi.

— Xmmmm, …….. Bilasanmi- qosh-u koʻzini suzib gap boshladi buvisi- qoʻyaver qizim, shakarobni ammang oʻzi qilar, senchi bolam oʻyinga borakol, oying ham xavotir olayotgandir. Borib ovqatiga qarashgin. Rahmat mana ancha yordam qilding qizim, xudo baxtingni bersin. Laylo nima qilishini bilmay, «Mayli» dedi-yu, ammasi va buvisi bilan xayrlashib oʻzlarining uyi tomon yoʻl oldi. Yoʻlda ketar ekan qandaydir alamga oʻxshash bir yomon tuygʻu ich etini tirnardi. Oʻsha hafsala bilan pishirgan palovidan hech boʻlmasa bir qoshiq tatib koʻrgisi kelgandi. Nachora u buvsining koʻziga tik qarab, gapiga ters gapirib oʻrganmagan. Buvisining har gapini konun deb bilardi. Uyiga kirganida bolalar bilan boʻlib ishlariga ulgurolmay hunob boʻlib oʻtirgan onasiga koʻzi tushdi-yu, hozir yana eski tasma aylanishini oʻylab yuragi orqaga tortdi.

— ha dastyor qiz keldingizmi, -qovoqlarini uyib, horib, xafa boʻlib kelgan qizini urisha boshladi Zebo- rosa ishlari toʻplanib ketgan ekanmi buvingni? Hayronman u uyda na bola bor, na odam bor. Ikkala er-xotin ham kuni bilan ishda boʻlsa, Dilshodjon oʻqishidan uch oyda bir kelsa, shuncha yumush qayoqdan paydo boʻlarkin. Men boʻlsam dastyorim yoʻq na uy ishlariga, na bolalarga qarashga ulgurolmay qiynalib oʻtiribman. Ayni menga kerakli kuni buvingni ham ishi chiqadi. Laylo indamadi, agar bir ogʻiz gap boshlasa yigʻlab yuborishi aniq edi. Shuning uchun jimgina toʻshakchaga oʻtirdi-da, onasining koʻziga multirab qaradi. Zebo qizing qarashlaridanrocha charganini sezdi-da bir oz shashtidan tushib, kozondagi ovqatga ishora qildi.

— Ovqatga guruchini solib qoʻyarsan a qizim, yuvib tayyorlab qoʻyganman. Men ukalaringni yuvintirayotgandim. Kenjatoyni gali qoldi. ungacha dadang ham kelib qoladilar, ovqat ham pishadi keyin hammamiz ovqatlanamiz.– dedi Zebo va Omadbekni opichlab hammom tomonga yurdi. Ayasining «guruchini solib qoʻyarsan» degan soʻziga Laylo pishayotgan ovqatni palov deb oʻylab koʻngli bir oz taskin topganday boʻlgandi. Amma kozonga yaqinlashib qaradiki uncha xushlamaydigan ovqati yaʼni mastava ekanligini koʻrib umuman ishtaxasi bugilib qoldi. Zebo uydagi hamma yumushlarni bir qogʻozga koʻchirib, ikkala qiziga boʻlib bergandi. Kiyinroqlari Layloga,

Osonroqlarini Barnoga albatta. Onasi ishdan kelgunicha ikkala qiz oʻziga topshirilgan yumushlarni tez va toza qilib bajarishga urinishardi. Laylo maktabda ham aʼlo baholarga oʻqir, oʻqishda ham sinfdan tashqari tashkiliy ishlarda ham juda faol edi. Maktabdagi birorta tadbir Layloning ishtirokisiz oʻtmasdi. Oʻqituvchilari ham unga yetakchi oʻquvchi sifatida katta ishonch bilan qarardi. Har yili yil yakunida faxriy yorliklar, turli tashakkurnomalar olganida, faxriy oʻqituvchi buvisining, maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlayotgan ammalari jiyanining yutuqlaridan faxrlanishardi. Maktablar aro oʻtkazilayotgan turli koʻrik tanlovlar, olimpiada saralash bahslarida ham faol qatnashib har gall faxrli urinlarni egallardi. Boshqa oʻquvchilarni ota-onalari farzandlarini yutugʻini koʻrish va yuqori choʻqqilarga chiqishlariga koʻmak berish uchun koʻpincha birga ishtirok etishar. Har gal musobakadan keyin farzandini koʻchib tabriklab, oʻqituvchilari bilan kelgusida yana nimalarga eʼtibor berishlari kerakligi haqida soʻrab surishtirishardi. Lekin Layloning ota-onasi har doimgiday band. Tolibjon maktabda onasi va ikki singlisi ishlagani uchun qizidan koʻngli toʻk edi. Bolalarim bu maktabda hamisha nazorat ostida deb xotirjam ishlab yuraverardi. Hatto ota-onalar majlislariga ham buvingami, ammalaringdan birigami aytgin qatnashib qoʻy qolsin derdi. Laylo esa onasimi, dadasimi qatnashishini va qizi haqidagi ijobiy fikrlarni oʻz kuloklari bilan eshitishlarini nakadar xohlardi. Maktabning yaqinida musiqa maktabi joylashgan boʻlib, Layloning bir dugonasi fortopiyano chalishga qatnashardi. Laylo ham dugonasiga havas qilib baʼzan dugonasini kutib turish bahonasida darslarini kuzatib turardi. Bir gal dugonasining ustozi Layloni ham chalib koʻrishga taklif qildi va eng soddaroq kuyni chalib koʻrsatdi. Layloda chalishga nisbatan ishtiyoki juda baland boʻlgani uchun darhol ilgab oldi va qaytarib bexato qilib chalib berdi. Ustozni qizga nisbatan qiziqishi ortib, uning ota-onasi haqida soʻradi. Laylo oʻzini tanishtirishi bilan oʻzining birga oʻqigan Nigora dugonasining jiyani ekanligini eshitib xursand boʻlib ketdi. Layloga musiqa maktabiga oʻqishga kirishni fortopianodan saboq olishni taklif qildi. U jon deb rozi boʻldi va bugun dadasi ishdan kelishi bilan shu taklif haqida soʻz ochishini aytdi.

SHAXNOZA

Tamom

 

 

Улашинг: