Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

2023 yilda soliq qonunchiligida nima o‘zgarishlar bo‘ldi?

2023 yilda soliq qonunchiligida nima o‘zgarishlar bo‘ldi?

1.Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha coliq to‘lovchilarga qanday imtiyozlar yaratildi?

2023 yil 1 yanvardan boshlab QQS  amaldagi 15 foizdani 12 foizga pasaytirildi.

Realizatsiya qilinadigan tovarlar, xizmatlar bo‘yicha shartnomalar  tuzilgan sana va ular bo‘yicha to‘lovdan qat’iy nazar QQS stavkasi 12 % miqdorida qo‘llaniladi, qoplanishi lozim bo‘lgan QQS asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvi o‘tkazish muddadi  2 barobarga muddatga yani 60 kundan 30 kunga qisqartirildi. QQS to‘lovchisi guvohnomsining amal qilish muddati vaqtincha to‘htatilganda hisobga olinmagan QQS summasi guvohnomani amal qilish muddati tiklanganda soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida guvohnomani amal qilish muddati to‘xtatib turilgan davri uchun QQSni hisobga olish muddati paydo bo‘ladi. Yirik soliq to‘lovchilarda hududlararo davlat soliq inspektsiyasida hisobda turuvchi soliq to‘lovchilarni tovarni import qilish chog‘ida QQS hisobiga byudjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish huquqi berilmoqda, QQSni o‘zaro hisobga olish soliq va bojxona organlari tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Buning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan soliq to‘lovchi bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirayotganda import qilish chog‘ida  QQS qoplanishi lozim bo‘lgan summa hisobidan to‘langani to‘g‘risida belgi qo‘yishi lozim.

  1. Foyda solig‘i bo‘yicha qonunchiligiga qanday o‘zgarishlar kiritildi?

Foyda soliq bo‘yicha soliq to‘lvchilarning toifasi, soliq stavkalari va soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi saqlanib qoldi, 2023 yil 1 yanvaridan foyda solig‘i bo‘yicha  avans to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini chorakning birinchi oy 15 sanasiga qadar taqdim etadi, avval ma’lumotnoma chorakning birinchi oyi 10 sanasiga qadar taqdim etishi lozim bo‘lgan.

2022 yil 1 yanvarda tovarlarni ekspertda olingan foyda daromaddan qat’iy nazar nol foizli (%) stavkasi bo‘yicha soliqqa tortiladi, ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun  foyda solig‘i stavkalari 50 % ga pasaytirish huquqi berilmoqda, 2022 yil 1 sentyabrdan keyin birinchi marta foyda solig‘i to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchilarga soliq to‘lovchi soliq to‘loviga o‘tgan yilda keyigni bitta soliq davri mobaynida pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llanilgan davrida soliq to‘lovchining jami daromadi 10 mlrd. so‘mdan oshmagan bo‘lsa bunda mazkur soliq to‘lovchilar soliq bazasidan soddalashtirilgan tartibda jami daromadani 25 % miqdorda belgilashga haqli

2022 yilni 1 oktyabri kunidan foyda solig‘iga o‘tgan soliq to‘lovchi

2023 yil uni jami daromadi uni 10 mlrd. so‘mdan oshmagan taqdirda , soliq to‘lovchi 2023 yil davomida foyda solig‘ini 7,5 % stavkasi bo‘yicha to‘lashga haqli.

  1. Aylanmadan olinadiga soliqlar bo‘yicha qonunchiligiga qandan o‘zgarishlar kiritildi?

Aylanmadan olinadigan soliq stavkasi soliq to‘lovchlarning barcha toifasi uchun 4 % stavkada belgilandi. Alohida hududlar joylashgan korxonalar uchun pasaytirilgan 1%, 2% va 3% li soliq stavkalari saqlanib qolindi. 2023 yildan aylanmadan olinadigan soliqlar to‘lovchilar ixtiyori asosida qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni tanlashga haqli. Bunda jami daromad summasi 500 mln. so‘mdan oshmaganda yiliga 20 mln. so‘mni qat’iy belgilangan soliqni bunda jami daromad summasi 500 mln.dan oshganda yiliga 30 mln. so‘mlik to‘lashni tanlash huquqi berildi. Qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga birinchi marta soliq to‘lovchilar soliq organiga xabarnomani 2023 yil 25 yanvardan kechiktirmay taqdim etishlari lozim. Yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilar  davlat ro‘yxatidan o‘tishda qat’iy belgilangan summada soliq   to‘lashni tanlashga haqli, qat’iy belgilangan summada soliq to‘lovini rad etish navbatdagi soliq to‘lash davri boshlanishidan amalga oshriladi.

4.Aktsiz solig‘i bo‘ycha qonunchilikda qandan o‘zgarishlar bo‘ldi?

2023 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda aktsiz solig‘i  aktsiz to‘lanadigan mahsulot tarkibida etil spirti ulushidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotining o‘lchov birligi ”lirt” da belgilanadi. Alkogol va tamaki mahsulotlari importi  uchun aktsiz solig‘i stavkalari 5 % miqdorda pasaytirildi, ammo ularni ishlab chiqarishda neft mahsulotlari uchun joriy yilning 1 fevralidan boshlab aktsiz solig‘i 10 % ga  indeksatsiya qilindi.

  1. Jismoniy va yuridik shaxslarga soliq to‘lovlaridan qanday imtiyozlar yaratildi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 iyunda PQ-192-sonli qarori bilan jismoniy shaxslarni turar joy bilan bog‘lik bo‘lgan  yer solig‘i va mol mulk solig‘i bo‘yicha 2023 yil 1 iyunь holatiga qarzdorligidan hisoblangan penyalari bekor qilindi. Endilikda, fuqarolar 2022 yil uchun qarzdorliki o‘zinigina to‘laydi, Imtiyoz faqat turar joyda yashovchi fuqarolarga qo‘llaniladi, noturar joydagi ya’ni tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli bo‘lgan joydagi vujudga kelgan yer solig‘idagi qarzdorliklarga qo‘llanilmaydi.

Jismoniy shaxslarda olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha yillik  soliq hisobotni taqdim etish muddati aniqlashtirildi. Yil yakunlariga ko‘ra yillik soliq hisobotni keyingi yil 15 fevraldan  kechiktirmay topshirilishi kerak.

Jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipeteka kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirilganda bir vaqtning o‘zida turar joy qiymati  bo‘yicha talabni bekor qilgan taqdirda jismoniy shaxslarda olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigi daromad summasi 15 mln. so‘mdan mehnatda haq to‘lashning eng kam miqdorini 80 barobarigacha miqdorda oshrildi.

2023 yil 1 apreldan boshlab jismoniy shaxslarni hayotini uzoq muddatga sug‘urtalash haqini to‘lashda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soliqni hisoblab chiqarish maqsadida jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovlarini eng kam stavkalari 10% indeksatsiya qilindi.

Abdakimova Nargiza,

Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudi devonhona mudiri

 

 

Улашинг: