Президентимиз 1 октябр арафасида бир гуруҳ ўқитувчиларни тақдирлади
29.09.2026 10:27 0 374
Президентимиз ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида фармонни имзолади.

Туманимиздан Исмоилова Одинахон Абдукаххаровна — Избоскан туманидаги 19-умумий ўрта таълим мактабининг иқтисод фани ўқитувчиси- “Шуҳрат” медали билан мукофотланди.
Мукофот муборак Одинахон!
Юксак марралар сари қадамингиз қутлуғ бўлаверсин!
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
29.09.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, sohada islohotlar samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalar, innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ishlariga qo‘shayotgan munosib hissasi, o‘quvchi yoshlarga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ma’nan yetuk, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirish yo‘lidagi katta xizmatlari, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki, shuningdek, yurtimizda ta’limga oid investitsiya loyihalarini amalga oshirib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:
Ismoilova Odinaxon Abdukaxxarovna — Izboskan tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining iqtisod fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati
