Sher ko’ngil sururi. Qalblarni qitiqlovchi, dillarga orom bergyvchi satrlarni yaratish esa har kimga ham nasib etavermaydi. Ijod Alloh bergan buyuk mukofot. Ana shunday buyuk mukofotni e’zozlab kelayotgan izboskanlik shoira Gulnora Mahkamova mexmonimiz. Uning qalb qo’ridan chiqqan durdonalarini o’qing va baho bering…
Hayot boʻlganda
Yopilardi tongda issiq non,
Kelar edi har kuni mehmon,
Oʻtar edi har lahza shodon,
Onajonim hayot boʻlganda.
Oʻylamasdim roʻzgʻor tashvishim,
Quvnab yayrash edi yumushim.
Chang ɓoʻlmasdi oyoq kovushim,
Onajonim hayot boʻlganda.
Oʻkinch nima bilmasdi koʻnglim,
Xush kalomin ayamas tilim.
Yosh boshginam koʻrmasdi oʻlim,
Onajonim hayot boʻlganda.
Farzandlarim quchardi yonib,
Peshonasin oʻpib quvonib.
Silar edi boshim uygʻonib,
Onajonim hayot boʻlganda.
Uyim toʻla oʻsar rayhonlar,
Boʻy taratib boʻlmas payhonlar,
Boqib unga boʻlar hayronlar,
Onajonim hayot boʻlganda.
Ustozim
Yoʻllarim yoritar chirogʻim,
Iforin taratar gulbogʻim.
Olaman sizlardan sabogʻim,
Bor boʻling dunyoda, ustozim!
Siz borki, yorugʻdir bu olam,
Qalblardan ketadi dard, alam.
Yurtimda siz aziz mukarram,
Bor boʻling dunyoda, ustozim!
Ezgulik yoritar dillarda,
Nomingiz muqaddas tillarda.
She’r, bayot taralar ellarda,
Bor boʻling dunyoda, ustozim!
Havasim ortadi sizlarga,
Oʻxshagim keladi sizlarga.
Bosh boʻling hamisha bizlarga,
Bor boʻling dunyoda, ustozim!
Keksaygan chogʻing
Tashlarkansan asta qadaming,
Ichga yutib hasrat alaming.
Aytolmaysan ogʻriq dardlaring,
Yolgʻiz qolsang keksaygan chogʻing.
Uyuladi bolang qovogʻi,
Pichirlaydi ne deb dudogʻi.
Azob berar yoshlik qiynogʻi,
Yolgʻiz qolsang keksaygan chogʻing.
Qochar ekan tunlari uyqu,
Tark etmas hech bolalik tuygʻu,
Hamroh boʻlar yoningda mangu,
Yolgʻiz qolsang keksaygan chogʻing.
Ohirating oÿlab qolasan,
Qalb ogʻritmay soʻylab qolasan,
Ortginangga boʻylab qolasan,
Yolgʻiz qolsang keksaygan chogʻing.
Aytar soʻzing tanho xastalik,
Qilolmaysan bir dam erkalik,
Orzularing faqat bolalik,
Yolgʻiz qolsang keksaygan chogʻing.
Nafaqaga yetsang
Ish joyingni zimdan koʻzlashar,
Bir chekkada pinhon soʻzlashar,
Qanday aytish yoʻlin izlashar,
Nafaqaga yoshing yetsa gar.
Turtkilashib diling ogʻritar,
Yonib turgan koʻngling sovutar,
Shirin soʻzi qalbing ovutar,
Nafaqaga yoshing yetsa gar.
Sen ham boʻlgin mendayin dersan
Ba’zan osmon, ba’zida yersan,
Oʻz kasbingda tengi yoʻq shersan,
Nafaqaga yoshing yetsa gar.
Alam toʻla dardlaring yutub,
Shogirdlaring qoʻlidan tutib,
Boqarkansan mehrini kutib,
Nafaqaga yoshing yetsa gar.
Seni hech kim mendek tushunmas,
Ular uchun joying boʻlsa bas,
Yoshlikdayin noz qarash boʻlmas,
Nafaqaga yoshing yetsa gar.
Yoningda boʻlsa
Osudadir tunlaring sokin,
Shamol yelar, kunlaring mayin,
Tan olasan baxting tinmayin,
Farzandlaring yoningda boʻlsa.
Koʻcha tomon boʻylamas koʻzing,
Oʻz oʻrnidan adashmas soʻzing,
Nur taratar bu shirmoy yuzing,
Farzandlaring yoningda boʻlsa.
Tongda turib shukur qilasan,
Ular koʻrib huzur qilasan,
Boʻhtonlarni ma»zur qilasan,
Farzandlaring yoningda boʻlsa.
Hech narsadan qoʻrqmaysan zinhor,
Koʻksing kerib turasan viqor,
Oʻpib, suyib uygʻotar nahor,
Farzandlaring yoningda boʻlsa.
Gʻanimlarga otmaysan toshing,
Egilmaydi magʻrur bu boshing,
Sogʻinchlardan oqmas koʻz yoshing,
Farzandllaring yoningda boʻlsa.
Ustozlar
Qarshi olar har tong suyib bizlarni,
Erkalab ovutib oʻgʻil-qizlarni.
Davomchingiz boʻlay deyman sizlarni,
Baxtimga bor boʻling aziz ustozlar.
Kechiring ranjitsam behos dilingiz,
Bol tomar bunchalar shirin tilingiz.
Sevaman chin qalbdan doim bilingiz,
Baxtimga bor ɓoʻling aziz ustozlar.
Berasiz beminnat barcha mehringiz,
Oʻziga jalb etar qanday sehringiz?
Topmadim olamda sizning tengingiz,
Baxtimga bor ɓoʻling aziz ustozlar.
Erinmay berdingiz bizlarga ta’lim,
Kutmoqda oldinda deya ish azim.
Qoʻllarim koʻksimda qilaman ta’zim,
Baxtimga bor boʻling aziz ustozlar.
Qoʻllasa agar
Koʻpaymas yumushlaring,
Unutib tashvishlaring,
Kelar shodon yashaging,
Yoring qoʻllasa agar.
Uzogʻing boʻlar yaqin,
Yuzlaring misli yorqin,
Sochar koʻzingda uchqun,
Yoring qoʻllasa agar.
Farzandlaring baxtiyor,
Gullaring sochar ifor,
Qish oʻrnin olar bahor,
Yoring qoʻllasa agar.
Har dam baxtli boʻlasan,
Uy, joy, taxtli boʻlasan,
Vafo, ahdli boʻlasan,
Yoring qoʻllasa agar.
Yurak chekmaydi ozor,
Kutib qalbing intizor,
Koʻz yosh toʻkmaysan zinhor,
Yoring qoʻllasa agar.
Achinmaysan hayotda,
Yashab toʻkis rohatda.
Boʻlmaysan hech hilvatda,
Yoring qoʻllasa agar.
Qilmagin qaram
Oʻzingsan yagona oʻzing mukarram,
Karami keng aziz tanho muhtaram.
Yaratgan binolar baland muhtasham,
Oʻzingdan oʻzgaga qilmagin qaram.
Kechirgin ne boʻlsa mening gunohim,
Soʻrayman har doim sendan Allohim.
Suyangan umidim oʻzing panohim,
Oʻzingdan oʻzgaga qilmagin qaram.
Boshimga ne kunlar solmadi taqdir,
Bariga chidadim ne qilay axir.
Gohida yigʻladim koʻtarmay oxir,
Oʻzingdan oʻzgaga qilmagin qaram.
Oyogʻim ostiga tikon sochdilar,
Ortimdan gapirib oshkor qochdilar.
Kimlardir mehr ila bagʻrin ochdilar,
Oʻzingdan oʻzgaga qilmagin qaram.
Ba’zida egildim boʻynim ham qilib,
Ba’zida kurashdim kuchim jam qilib.
Uxlolmay kechalar roʻzgʻor gʻam qilib,
Oʻzingdan oʻzgaga qilmagin qaram.
Egildim, bukildim, sinmadim ammo,
Tan oldim qayerda men qildim xato.
Pastlikka ming shukur boʻlmay mubtalo,
Oʻzingdan oʻzgaga qilmagin qaram.
Qizim Gullolaga

Onamdayin mehribon,
Tillari shirin biyron.
Kular yanogʻi shodon,
Boringga shukur qizim.
Xonadonim sen ori,
Dildan ketar gʻubori.
Faslim koʻklam bahori,
Boringga shukur qizim.
Sensiz menga dunyo tor,
Alloh boʻlsin madadkor.
Aytgim keladi takror,
Boringga shukur qizim.
Koʻrganda seni doim,
Yodimga tushar oyim.
Baxtli boʻlgin ilohim,
Boringga shukur qizim.
Gulnora Mahkamova
