
Uyldasheva SHaxnoza Abdumutallibovna 1980
Yil 29 fevralda ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Uch nafar farzand onasi.
Turmush o’rtog’i tadbirkor
O’YLARDIM DOIMO SHUNDAY NAVQIRON
Beg’ubor bolalik chog’imda har on,
Katta bo’lay derdim bo’lib chin inson.
Kuchga to’lgan dadamni, go’zal onamni,
O’ylardim doimo shunday navqiron.
Unib, o’sdim orzungiz chiqib ro’yoga,
Uchurma qildingiz bu keng dunyoga.
Ko’rsatgan yo’lingiz boshladi meni,
Xalollik, poklig-u, ilm-u ziyoga.
Yillar o’tdi taraqqiy etdi bu zamon,
Ortimga qaradim bir kun nogahon.
Boqdim-u yig’ladim, ko’zlarimda nam,
Ko’rsam qarib qolibdi- dadam va onam.
Ajinlar joy olib tarang yuzidan,
Ravshanlik ketibdi, shahlo ko’zidan.
Yoshi ulg’ayganin anglamoq oson,
Duolarga to’lgan oltin so’zidan.
Dadajonim, mehribonim, qalbi beg’ubor,
Inson yo’qdir menchun sizdan ustuvor.
Siz bergan tarbiya, o’gitlar haqqi,
Kamina qizingiz baxtga sazovor.
Guvohi bo’lardim, kechib ko’p zahmat,
Eshitmas edingiz hech kimdan rahmat.
Meni sirdosh bilib derdiz, “Ko’rmadim,
Hatto onangdan ham, mehr muhabbat”
Unday emas ekan, ayolning sehri,
Pinxona bo’larkan qalbdagi mehri.
Qanchalik suymasin, tan olmas har chand,
Onamning g’ururi tog’lardan baland.
Onajonim, azizim, dilbar, gul yuzim,
Sizlarni sog’inib yoshlanar ko’zim.
Qo’llarim ko’ksimda kechiring meni,
O’tinchim bor sizga tinglang bu so’zim.
Bevafo qizlaringiz qirlarga ketti,
Sadoqatsiz o’g’illachi, o’rlarga ketti.
Siz bilan sodiq qolgan odamni asrang,
Hazrati inson otliq, “dadam”ni asrang.
Og’aynilar to’planib to tong o’tirsa,
Dadam sizni o’ylab erta qaytardi.
Hattoki bozorda qilgan sarfini,
Sizni ayash uchun kamroq aytardi.
Robbim o’zi chevar sizlarni bilib,
Yaratgan ikki yorti bit butun qilib.
Ko’zlarim qarosi mehribonlarim,
Xoji nomin oling xajlarga borib.
Ozmi ko’pmi yashab yolg’on dunyoda,
Bildim, fikri ojizim bo’lib ziyoda.
Chin do’st topmas ekanmiz ota-onaday,
Dunyoni kezsak ham yurib piyoda.
Ilohim ko’p yasgang g’animatlarim,
Allohim tortig’i, dur ne’matlarim.
Duoyingiz tufayli niyyatim vojib,
Yorug’dir siz bilan tun , zulmatlarim.
XOJI OTA VA XOJI ONAGA NABIRASIDAN
Tong Sahar ezgulik nurini sochib,
Joynamozda qo’lingiz duoga ochib,
Sog’ligimiz so’raysiz nomma nom sanab
Baxtimiz, tinchimiz Allohdan so’rab
Siz mening farishtam xojibobomsiz
Chiroyligim sarishtam xojibuvimsiz
Ikkingiz tufayli tinchdir uyimiz
Fayzu -barokotli bo’lar to’yimiz
Ilohim ko’p yashang ko’ring bo’yimiz
Sizlarni rozi qilish orzu o’yimiz
Siz mening farishtam xojibobomsiz
Chiroyligim sarishtam xojibuvimsiz
Mehr bulog’ingizga qonib ulg’ayib
Xalqimga sodiq bir qiz bo’laman
Vatanim hushzabon bulbuli bo’lib,
Siz niyat qilgandek yulduz bo’laman
Siz mening farishtam xojibobomsiz
Chiroyligim sarishtam xojibuvimsiz
Dadamning g’ururiman, onamning bori
Akamning shaniyu, ukamning ori
Nasixatlaringiz bird astur qilib,
Oilam faxri bo’lay ham iftihori
Siz mening farishtam xojibobomsiz
Chiroyligim sarishtam xojibuvimsiz
Sizdayin kamtarin bobo qayda bor
Sizdayin xokisor buvi qayda bor
Xazrati insonsiz bu so’zimni men
Qancha aytsam kamdir aytayin takror
Siz mening farishtam xojibobomsiz
Chiroyligim sarishtam xojibuvimsiz
Allohdan umringiz so’ray bobojon
Chinor kabi ko’p yashang munis buvijon
Piru badavlat bo’lib, duolar qilib,
Uyimiz to’rida turing har qachon
Siz mening farishtam xojibobomsiz
Chiroyligim sarishtam xojibuvimsiz
ODAMNING TAFTINI KO’TARAR ODAM
Gar yurak qayg’udan o’rtanib qo’lsa
Kimdan nafratlanib, kimnidir suysa.
G’am chekmang qidiring atrofdan Malham,
Odamning taftini ko’tarar odam.
Dunyoda topilmas dardsiz hech inson,
Orzu bilan qadamin teng bosar armon.
Sho’h shodon kulguga qayg’udir hamdam,
Odamning taftini ko’tarar odam.
Kechagi kuningiz o’tdi unuting,
Ertangi kundan siz ezgulik kuting.
Bugungi kun uchun shukur deng har dam,
Odamning taftini ko’tarar odam.
Dard bergan Allohim davo ham berar,
Biri oq, biri qora marjonlar terar.
Unutmang qishdan so’ng keladi ko’klam
Odamning taftini ko’tarar odam
Shukurki yoningizda bor yor-u do’stlar,
Ular bilan bilinmas hech kam-u ko’stlar.
Dilkash daldalardan ketar g’am-alam,
Odamning taftini ko’tarar odam.
Mening azizlarim bo’ling sog’- omon,
Hammangizni shu tobda sog’indim yomon.
Sizlar bor qaddim tog’, savlatim ko’rkam
Odamning taftini ko’tarar odam
YURAK BILAN SUHBAT
Yuragim sen bilan topib bir xilvat,
Qurmoq istagim ho’p chin dildan suhbat.
Qo’llarimdan tutgin, bag’rimga bosay,
Baytimga quloq sol qilib sen toqat.
Ko’rmoq kechirmoqlik o’zaro qismat
Senla tirikdirman bo’lib bir xilqat
Adashmadim ko’nib, hech bir amringga
Sen meni baxt tomon chorlading faqat
Tangrim siylaganda berib muhabbat,
Men bilan kechirding ham dard, ham rohat.
To’g’ri yo’lga boshlovchi sarbonim bo’lding,
Shukurki taqdirim bo’lg’usi ibrat.
Yaratganim qilib menga shafoat,
Qur’oni karimdan qilsam qiroat.
Beg’ubor saqlayin seni to abad,
Ildiz otolmasin hasad va nafrat.
Izhor aytay senga tashakkurimni,
Axir umrim o’tmoqda har vaqt g’animat.
AYOL.
Necha asrlarki madhingni bitib,
Adog’iga yetmadi hech bitta shoir.
Qancha kitoblarni varoqlab, o’qib,
Xulosa topmadi sha’ningga doir.
Ushbu so’zlar naqadar ayni haqiqat,
Bir qo’lingda beshig-u birida dunyo.
Sen kim? Qovurg’adan yaralgan hilqat,
Go’zallik timsoli erursan go’yo.
Sening quchog’ingday orombaxsh joy yo’q,
Senign poying kabi jannatiy poy yo’q.
Mehr ulashguvchi mushfiq parvona,
Ayol bu avvalo mo’tabar Ona.
Balkim, shungamikin noming ardoqli,
Holating tushinib bo’mas jumboqli.
Dilda og’riq bilan kulishing mumkin,
Tirik bo’lib ichingdan o’lishing mumkin.
Jajji jigarporadan yaratib inson,
Farzand uchun yuraging bezovta har on.
Ojiza deb sanab surmang hom hayol,
Buyuklar ortida turadi ayol.
Tarixdan ma’lumki uning zotida,
Bo’lmagan haq yo’lga chorlar payg’ambar.
Lek to’qqiz oy avaylab jon bisotida,
Ayol tuqqan uni ham bilsangiz agar.
Taxsinlarga loyiq metin bardoshing,
Gulim to’kilmasin ko’zingdan yoshing.
Qoshlaringga o’sma qo’y, ko’zinga surma,
O’zga deb, o’z darding bir chetga surma.
Yuzingga oro ber oydayin to’lgin,
Borki tashvishlarni yelkangga olma.
Otabeging yagona kumushi bo’lgin,
Zaynabga boqmasin g’aflatda qolma.
Unutib qo’ymang siz aziz erkaklar,
Ayol sizdan doimo mehr kutadi.
Ishqdan so’ylasangiz unga ertaklar,
Jonidan jon olib sizga tutadi.
Kunlari o’tadi Shirin so’z kutib,
Erkalab sovg’alar tuting siz ko’proq.
O’shanda g’ururin butkul unutib,
Poyingizga to’kilar misoli tuproq.
Qo’llaridan o’ping munis onangiz
Baxtlisiz gar bo’lsa amma, xolangiz,
Opay-u singlingiz dard yupanchingiz,
Qiz-u nabirangiz ko’z quvonchingiz.
Ayolni avaylang u bir mo’jiza,
Hyrkak yuragida bisyordir dardi.
Kuchli ko’rinsada nafis ojiza,
Buni anglab yetar yigitning mardi.
Bugun bayram senga she’r bitdim,
O’zim ham ayoligim bir dam unutdim.
Ta’rifing barilla aytgim keladi,
Axir ayol dardini ayol biladi.
Ajdoddan merosdir lobar, dilbarlik,
Momo Havo qoni jon tomirida.
Tilagim bor yagona senga aytarlik,
Soyabonsiz qolgin baxt yomg’irida.
Uyldasheva SHaxnoza Abdumutallibovna
