Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

BIR TAQDIR

BIR TAQDIR

(Davomi. Boshlanishi oldingi sonlarda)

 

— Assalomu alaykum amaki Zebo uydami? Shu kitobini berib qoʻymoqchi edim.

— Va alaykum assalom oʻgʻlim, ha Zebo uyda edi, menga berakol men yetkazib qoʻyaman.-Qoʻlini chuzdi Muxtoraka.

— Mmmm……, nima bir savol ham bermoqchidim unga, kitobni oʻqidim, bir joyiga tushunmay qolgandim, bir nimani soʻramoqchidim.

Muxtoraka miyigida bir kulib qoʻydi. Uyda daftarga bir nimalarni koʻchirayotgan qiziga qarab:

— Tashqarida Halimjon chaqirib turibdi, bir nima soʻramoqchidim deganday qildi, tinchlikmidi?-ichida kulgisi kelib tursa ham oʻzini jiddiylikka solib soʻradi Muxtoraka, aslida u shu Halimjonni kuyov qilmoqchi edi. Uni har tomonlama mukammal, halol yigit deb bilardi. Zebo shoshib tashqariga chiqdi. Halimjonning qoʻlidagi kitobni koʻrib:

— Salom, nima gap, xoʻ, kitobni kultiklab olibsanmi?- kuldi Zebo

— Ssssalom Zebo, -Halimjon armiya xizmatidan qaytganidan beri endi birinchi marta uning yaqiniga kelgandi. Oz fursat oʻtgan boʻlsa ham Zebo ulgʻayib, yanayam goʻzallashib ketgan Zeboning koʻzlariga qarab nazarida yuragi bir oz urishdan tuxtaganday edi goʻyo– bilasanmi Zebo bir nima soʻramoqchi boʻlib yoningga chiqqanim………. Ha kitobmi, bu bir bahona xolos.

— ha oʻzim ham aytdim, «Hisor togʻlari» kitobiku, togʻlarga qiziqib qoldimikan deb.

— Uni qara «Hisor togʻlari» degan kitob ekanmi, ishonsang qaraganim ham yoʻq, oldimu keldim yoningga.

— xoʻsh nima gap, Tinchlikmi ishqilib?

— ha tinchlik desa ham boʻladi, kel oʻtiraylik bu yoʻqqa- yaqinda kesilib, uzala qilib yotqizilgan katta bakaterakka ishora qildi.– bu eshitishim boʻyicha u kuni bir begona yigit seni taʼkib qilib mahallagacha kelganmush, kimligini taniysanmi?

— ha, u yigitmi, nafaqat mahallagacha uyimizgacha kirib, kechgacha biznikida mehmon boʻlib kettiku.

— Nima, uyimgacha deysanmi?- Halimning yanayam jahli chiqib ranglari boshqacha boʻlib ketdi.- Kim ekan u? Nahotki sen bilan kelayotgan payt bironta mahalla erkagi koʻrinmagan boʻlsa! Halimning jahli chiqib, asabdan qaltirab ketayotganini koʻrgan Zebo ozgina hadiksiraganday boʻldi. Rostdan ham oʻsha kuni yoʻlida bironta erkak kishi koʻrinmagandi. Faqat ayollaru, yosh bolalardan boshqa.

— yoʻq notoʻgʻri tushunmang u akam Tolibjonakaku, oyimlarni uzoq qarindoshlari, biznikiga mehmonga kelayotgan ekan, meni yoʻlda uchratib qoldi. Keyin ikkamiz birga uygacha kelgandik. Oyim unga oʻrik terib berdilar ……- dedi-yu yuzida qandaydir mayuslik paydo boʻldi.

-Qara lekin agar seni xafa qilgan boʻlsa ……..

— ha xafa qildi, -birdan Zebo oʻzgarib qoldi.

— Nima dedi, Biron oshiqcha gap gapirdimi senga? Zebo ochiqchasiga gapir!

— Tinch qoʻying meni, siz aralashmang- dedi-yu yugurgancha uyiga kirib ketdi.

— Zebo, Zebo toʻxta, senga nima boʻldi, qayoqqa, toʻxta axir! Zebo uyga kirgach, xonasiga kirib, eshigini berklab dars stoliga oʻtirib, birdan yigʻlab yubordi. Lekin nima uchun yigʻlayotganini oʻzi ham tushunmasdi. Oʻsha yigitni koʻrgandan beri, ayniksa unga uylanish niyati borligini eshitgandan beri oʻzini qandaydir boshqacha sezardi. Xayolchan, arzimagan narsaga xafa boʻladigan, kechalari uyga tolib, uyqusi ham buzilgan edi. U oʻz xayollarida «Tolibjon kelishgan, oʻqimishli yigit boʻlsa atrofida ne-ne chiroyli qizlar boʻladi, shu paytgacha albatta kim bilandir ahdu paymon qilgan boʻlsa kerak, men soddagina qizga koʻngil berarmidi, ota-onasining qistovidan meni koʻrgani kelganu yoqtirmay qaytib ketgan» degan uyga borardi. Mana bir necha kundan beri uchratib qolishdan istixola qilib hatto muallimasini oldiga ham bormay, darslarni qoldirib uyda oʻtiribdi. Bu holatga birinchi marta tushgani uchun hech oʻziga kelolmasdi. Balki bu ilk muhabbatmikin. U oshiqlar haqidagi kitoblarni oʻqigan paytlarida ishkni boshqacha tasavvur qilar edi. Sevgi yurakka quvonch baxt olib kiradi deb oʻylardi, vaholanki haqiqiy sevgida — baxt bilan azob, visol bilan xijron, rohat bilan azob yonma– yon boʻladiku. Mana bir necha koʻndir-ki Tolibjon koʻchadan uyiga kirgisi kelmay dustlari bilan goho kinoteatrga, goho sportzaliga borib oʻzini bir nima bilandir chalgitish niyatida vaqt oʻtkazar edi, lekin oʻsha Shahlo koʻzlar koʻz oldidan, oʻsha shirali ovoz qulogʻi ostidan ketmay halovatini yoʻqotgandi. Kech boʻlganda uyiga kelib, sovib qolgan ovqatini isitib yer, keyin yana darrov xonasiga kamalib olib oʻsha xatni qoʻliga olib qayta– qayta oʻqir edi. Holatni kuzatib turgan onasi oʻgʻlini haqiqatdan ham oshiq boʻlib qolganiga amin boʻlardi. Qanday boʻlmasin yana bir ilojini topib, Aʼloxon bilan gaplashib koʻrish kerakligi haqida oʻylardi. Saratonning tonglari erta otadi. Hali oymomo zaminga boqib toʻymasidan, bobo quyosh togʻlar orasidan tezroq bosh koʻtarishga shoshiladi. Yoz oylarida har yilgiday toʻylar koʻp, deyarli har kun saharlabdan mahallada velosiped minib olib toʻyga chaqiruvchi amakilar «Falonchi akanikiga toʻyga» deb kichkirib mahalla erkaklarini nahorgi oshga chorlaydi. Bugun ham mahallada toʻy. Oʻsha Kumushxonning ovsini Soraxonning oʻgʻli Alijonning toʻyi. Alijon va nihoyat oʻz sevgan qiziga uylanyapti. Ikki yosh maktab davridan beri bir-biriga koʻngil qoʻyishgandi. Agar Alijon onasining gapiga koʻnganida balki Zeboga uylanishi ham mumkin edi. Soraxon aya Zeboni havas qilgancha armonda qolgandi. Shungami ovsinligi tutib Kumushxonga qiz haqida notoʻgʻri maʼlumot berib koʻnglini sovitishga uringandi. Oʻgʻlini Zeboga koʻndirishga har chand urinmasin, Alijon ahdidan qaytmadi. Tolibjon esa sahardan beri toʻy xizmatida, u tashkilotchilikka chaqqonligi uchun juralaring toʻylarida bosh rolni kuldan bermasdi. Yigitlar ham unga astoydil ishonishib, koʻmaklashishar u esa davraga rahbarlik qilardi. Toʻyga hamma narsa tayyor, endi domullo bilan kelinni uyiga borib, nikoh oʻqitish kerak. Kelinning uyi ham uzoqdan emas. Atigi bir ikki mahalla narida. Ogʻaynilar, yana ayollardan besh olti kishi boʻlishib, bir necha mashinaga minishdi-da oʻsha mahallaga yoʻl olishdi. Toʻyning asosiy yumushlari bitgach, Tolibjon oʻzini boshkacharoq tuta boshladi, u har Zeboni eslaganda, omborxonaga kirib olib hech kimga bildirmay spirtli ichimlikdan kichik stakanga bir kultim qoʻyib, ichib olayotgandi. Tolibjonning bunaqangi bemani odati yoʻq edi, lekin bugun alamdanmi, kasddanmi aroq ichib koʻrmoqchi boʻlgandi. Bu holat bir necha bor takrorlanganidan kayfi ham oshib qolgan. Lekin u oʻzini dadil tutib, atrofdagilarga sir boy bermasdi. Guvoh sifatida kuyovning yonida oʻtirar ekan nikoh jarayoni payti shirin xayollarga berilib oʻzicha Zeboni oppoq fata koʻylakda koʻz oldiga keltirib koʻrdi. «Bu ketishda aqldan ozib qolmasam boʻlgani» deb ovoz chiqarib yuborganini oʻzi ham sezmay qoldi. Yonida oʻtirgan doʻsti Murod unga sekin qaradi-da, koʻzi bilan sal chetga oʻt degan imoni qildi. Murod Tolibjonni mast holatda birinchi marta koʻrayotgani uchun koʻzlariga ishonmasdi. Nikoh tugagach hamma qoʻzgʻaldi Tolibjon Murodni yoniga bordi. Murod uni qoʻlidan chetroqka tortdi-da bir oz jahl bilan:

— Essing joyidami, ichib oldingmi, xayoling qayerlarda yuribdi seni. Bunaqa odating yoʻq ediku, nima jin urdi oʻzi seni, axir sen kuyovga guvoh boʻlsang, Alini yonida toʻy tugaguncha birga boʻlishing kerakku, kimlarga oʻxshab qolding oʻzinga qaragin.

—Ha toʻgʻri men bugun ichgim keldi, ichdim alamdan ichdim doʻstim. Bilasanmi hozir bir ish qilamiz- Tolibjon shirakayf holatda doʻstini quchoqladi- mashinangni hayda men senga ushbu holatimni sababchisini koʻrsataman.

— Toʻyni tashlab ketamizmi? Qanday boʻladi, kuy shuni ertaga qila qolaylik.-Murodjon koʻrkib ketdi, chunki doʻstini qaysarligini, qilaman degan ishini albatta qilmay qoʻymasligini yaxshi bilardi. Qanday boʻlmasin shashtidan qaytarishga urindi.

— Sen meni eng yaxshi koʻrgan, ishongan doʻstimmisan? Nega men umrimda bir marotaba sendan iltimos qilsamu sen rad qilsanga. Mayli boʻlmasa men oʻzim mototsiklda boraman qoʻyaman.

— Yoʻq-yoʻq, toʻxta seni shu holatda rolga oʻtkazib boʻladimi. Yaxshi, faqat tez qaytamiz xoʻpmi. Murod oldingi oʻrindiqqa Tolibjonni joylab, xavfsizlik kamarini qadadi-da, yaqinda otasi olib bergan gaz 24 volga mashinasini oʻt oldirib yoʻlga tushdi.

— Xoʻsh qayoqqa bormoqchisan gapir endi? Biror muammo bormi? Qaysi tomonga hayday?

— Uxxu muncha birdan koʻp savol bermaginda, xuddi iktisod domlamiz Toshpulatovga oʻxshisan-a Tolibjon hech bunaqa mast boʻlmasdi. Murod ham doʻstini birinchi marta shunday holatda koʻrgani uchun u ham karaxt holatga tushib qolgandi. Ikki dust nima qilayotganini bilmagan holatda, Zebo yashaydigan qishloq tomonga yoʻl olishdi.

— Balki uyga qaytarmiz, bir oz dam olsang oʻzinga kelganingdan keyin borsak qanday boʻlarkin- sekin aldashga tushdi Murodjon.

-Yoʻq men oʻzimdaman. «Katortol» kishlogiga hayda.

— Qayoqqa?!? U yerda nima bor senga, essingni yigʻ.

— Haydaysanmi yoʻqmi? U yerda meni hayot-mamotim bor. Tez hayda. Murod, Zebo haqida umuman hech qanday xabari yoʻqligi uchun, gap nimada ekanligini hamon tushunmasdi. Doʻstini oʻsha qishloqda nima ishi borligiga aqlı yetmay, suragani botinolmay rulni boshqarardi. Kech kirib, qizil shafaq ham yoʻqolib, tun eshik qoqayotgan payt, koʻchaning bir chetida besh oltita boʻydoq yigitlar gurung qilib oʻtirishardi. Ular uzoqdan kelayotgan volga mashinasini koʻrishib kech boʻlganda kimnikiga mehmon kelayotganiga hayron boʻlib qarab turishardi. Murodning sabri chidamadi birdan toʻxtadi va mashinani spirt hididan tozalamoqchi boʻlib eshiklarini ochdi.

-Doʻstim nima qilmoqchisan oʻzi. Bu xaroba qishloqda nima ishing bor seni.

-Xaroba deya koʻrma, men uchun shu joy jannat, bilasanmi bu yerda meni Zeboyim turadi. Meni Zeboyim, men uni hech kimga bermayman, sevib qoldim tushunyapsanmi doʻstim, sevib qoldim. Mashina suhbatlashib oʻtirgan yigitlarga yaqin kelib qolganiligi uchun chiqayotgan ovozlar u tomonga aniq eshitilib turardi. Yigitlar orasida, oʻsha notanish qarindoshni kimligini bilib maqsadini, Zebodan nima istashini anglamoqchi boʻlib, tishini qayrab turgan Halimjon ham bor. U «Zeboyim, Zeboyim, sevib qoldim» degan soʻzlarni eshitiboq oʻsha «qarindosh» ekanligini tushunib yetgandi. U joyidan qoʻzgʻaldi-da mashina tomonga yaqinlashdi. Ortidan qolgan yigitlar ham unga ergashdi.

— Salom yigitlar, kimsizlar, uzr kech boʻlganda bizni tomonlarga yoʻlingiz tushibdi, biror yordam kerak emasmi?– odob bilan gap boshladi Halim. Tolibjon shirakayf koʻzlarini arang ochib yigit tomonga qaradi va javob berdi:

— Bu kim boʻldi yana, bor yoʻlingdan qolma, bizga seni yordaming kerak emas. Tolibjonning koʻrs javobi Halimni battar jahlini chiqardi, u oddiy gap bilan ish bitmasligini koʻrib, erkakchasiga tushuntirishga urinib koʻrmoqchi boʻldi:

— hoy boyvachcha, oliftagarchiligingni uyingda otangga qilasan xoʻpmi, hozir meni ostonamda turibsan.

Zeboni ismini ham tilingga olma, yoʻqsa onang ham tanimay qoladi aftingni, tushundingmi. Endi tezda tuyogʻingni shiqillat bu yerdan. Murod koʻrinishdan savlatli boʻlsa ham bunaqa ishkalliklarga, urish-janjallarga toqati yoʻqroq edi. U oʻta tarbiya koʻrgan, odobli yigit sifatida bir ikkida birov bilan yoqalashib urishish tugul hatto yomonroq gap ham gapirolmasdi, shuning uchun bu qishloq yigitlarini vajohatini koʻrib vaziyatdan kutilish maqsadida mashinani oʻt oldirmoqchi boʻldi. Bilaks Tolibjon esa aynan shunaqa janjalli jarayonlarda gʻolib boʻlmaguncha koʻrashib toʻymaydigan xilidan. Xavfsizlik kamarini boʻshatdi-da, oʻrnidan turib, toʻgʻri Halimga qarab otildi:

— Nima deding joʻjaxoʻroz, tuyogʻingni shiqillat dedingmi? Oʻzi alamimni kimdan olishimni bilmay qoʻllarim kichib turgandi. Qani kim-kimni tuyogʻi shiqillatarkin koʻramizda. Halim oʻylab oʻtirmay Tolibjonni jagiga musht tushirdi. Tolibjon sergak tortib darrov javob qaytardi. Holatni kuzatib turgan qolgan yigitlar ham Tolibjonni oʻrtaga olishib tepa ketishdi. Murod esa nima qilarini bilmay, oʻrtada qolgan oshnasini qoʻlidan tortkilab mashina tomonga sudrardi, bu orada zarbalardan bir nechtasi Murodga ham tegib ulgurardi, shunda birdan jahl bilan ularga qarab bakirib qoldi:

— Hozir politsiya chaqiraman, bezorilar. Hali javob berasanlar qilgan ishlaringga. Kimni kaltaklaganingni bilasanlarmi? Halim oʻzini bosib chetga oʻtdi. Yigitlarning baʼzilari jangni yana davom ettirish maqsadida Tolibjon tomonga talpinishdi, lekin Halim ikkala qoʻlini yoyib orqa bilan ularni tusib turdi. Murodjon konga buyalgan doʻstini toʻgʻri shifoxonaga olib bordi. Shifoxona doktorlari oʻz navbatida politsiyaga murojaat qilishdi. Politsiya Murodjonni guvoh sifatida suroqka tuta boshladi va voqea joyiga olib ketishdi. Bir zumda tus-toʻpolon boʻlib ketdi. Kumushxonaya bilan Numonjon akani chaqirtirishdi. Oʻgʻlini bu ahvolda hech koʻrmagan ona jahl otiga mindi:

— Voy meni oʻgʻlimni qaysi yashshamagur bu ahvolga soldi ekan. Men aytdim toʻyda koʻrinmay qoldi-ya, bu yerda bir gap bor deb, siz parvo qilmadingiz, mana ahvol. Endi bu ishni qilgan yaramasni kamoqka tikmaguningizcha tinch qoʻymayman- U hamma aybni eriga tungab, alamini eridan olishga urinardi. Hamshiralar Tolibjonni yuzlarini yuvib artishib, koʻkarib boshlayotgan koʻzlariga muzli boʻlakchalardan qoʻyishardi. Tolibjon esa ogʻrikni umuman sezmayotgandek mazax maʼnosida tinmay kulardi. Bu zarbalardan azoblanish oʻrniga aksincha rohatlanayotganday edi goʻyo.

— Meni qoʻyib yuboringlar, Murod qani-san kettik yana boramiz oʻsha yoʻqqa– deb bakirardi. Politsiyadan bir

Odam kelib Kumushxonaya va Numonjonakadan jabrlanuvchining ota-onasi sifatida ariza yozishi mumkinligini uqtirdi. Ariza tartibi bilan tanishtirdi. Kumushxonaya arizani boplab burttirib yozib politsiyani qoʻliga topshirdi. Xodim arizani oʻqib chiqdi, Tolibjonni u tomon, bu tomondan bir necha bor suratga olib, ertaga ertalab politsiya idorasiga kelishini bu masala idora rahbarlari, guvohlar, jabrlanuvchi hamda jinoyatchilar ishtirokida hal qilinishini aytdi. Qisqa muhokamadan soʻng Tolibjon va ota-onasi Murodni mashinasida uyiga qaytishdi. Mashina orqa oʻrindigʻida Tolibjon xuddi yosh bolalarday onasining tizzasiga boshini qoʻyib olib goʻyoki bu ishlar tushida boʻlayotgandek begamlarcha uxlab yotardi. Onasi esa koʻzlarida yosh bilan, oʻgʻlini boshini silab oʻrgan odamni tinmay kargardi. Oraga jimlik tushdi

— Xola bir nima soʻrasam maylimi?– sukutni buzdi Murod, u doʻstini oʻsha qishloqda nima ishi borligiga hamon tushunmagandi.– Zebo degan qiz kim oʻzi, oʻgʻlingiz bilan shuncha payt dustmiz lekin hech bu ismni eshitmagan ekanman, nahotki Tolibjonday yigit oʻsha xaroba qishloqdagi bir qishloqi qizni deb yoqalashib oʻtirsaya. Bu savolni eshitib Kumushxon ayani rangi oʻzgarib ketdi. Koʻzlarini katta-katta ochib Numon aka tomonga yuzlandi:

— Uni qarang dadasi, hali gap bu yoʻqda ekanku, — dedi-da, mashina koʻzgusidan Murodga ayyorona qarab soʻradi: -ha siz qochoqlar, toʻyni tashlab, Katortolga borganmidilaring? Xush nimalar boʻldi bir boshdan gapirib beringchi.

— Bas.– gapni boʻldi Numonaka- har qanaqa gapni ertaga politsiya idorasida gaplashamiz, hozir asablar tarang paytida hech qanday muhokamaga oʻrin yoʻq. Erta saharlab telefon qoʻngʻirogʻi jiringidan Numonjon aka uygʻonib ketdi. Goʻshakni olishi bilan allo deb ulgurmasidan:

— Assalomu alaykum, bu Tolibjon Mamatovlar xonadonimi?

— ha xuddi shunday, Kim bu?

— Men navbatchi Botirov Shavkat sizlarga shuni maʼlum qilamanki, oktyabr koʻchasi 2 uyda bugun ertalabki soat 9: 00 da Kumushxon Mamatova arizasiga koʻra kichik sud majlisi bb oʻtadi. Shunga koʻra Jablanuvchi Tolibjon Mamatov, guvoh Murod Koʻrbonov, jabrlanuvchining otasi Numonjon Mamatov hamda arizachi, yaʼni jabrlanuvchining onasi Kumushxon Mamatovalar belgilangan manzilga kech qolmasdan yetib kelishingiz soʻraladi. Gaplarim tushunarli boʻlsa goʻshakni qoʻyaman.

— Rahmat tushunarli.- dedi-yu goʻshakdagi gudok ovoziga ham eʼtibor bermay goʻshakni qulogʻiga qoʻygancha

Turib qoldi. Telefon suhbatidan uygʻonib ketgan Tolibjon boshini ikki qoʻli bilan kisgan holda dadasiga yaqinlashdi-da soʻradi:

— Dada tinchlikmi kim u saharlabdan.

— Kim boʻlardi, kechagi koʻrsatgan hunarlaringdan keyin bir kami kichik sud majlisida qatnashishim qolgandi, rahmat senga bezori. Tolibjonning koʻz oldiga es-es kechagi manzaralar kela boshladi:

— Iye qanaqa majlis, oddiy yigitchilik janjaliku, nima keragi bor edi ariza shikoyatni-gazablandi Tolibjon. Ammo gʻisht qolipdan koʻchib boʻlgan. Chunki navbatchi xodimlar allakachon Halimning uyiga ham borishib, u va boshqa xonadonlardagi janjalga talukli kishilarni yigʻib, majlislar zaliga olib kelib boʻlishgandi. Majlis jarayoni juda jiddiy tus oldi. Halim va uning sheriklari xuddi bir katta jinoyatga kul oʻrgan gunohkorlar singari panjara ortida turishardi. Albattada Nuʼmon akaday hokimiyatda oʻz hurmati va mavqeiga ega odamni oʻgʻlini kaltaklashadi-yu, jazo olmasinmi. Ayniksa Kumushxonayaning goho gazab bilan, goho koʻz yosh bilan gapirgan gaplaridan soʻng Halimning onasi oʻgʻlini ozodlikda qolishidan umidini oʻzgandi. Halim esa bu janjalni galdagi oddiy yigitchilik olishuvi deb hisoblab bunchalar jiddiy tus olishini xayoliga ham keltirmagandi. Bu «qarindosh» deganlari xani-xuni yigit emasligini, kechagi toʻpolonda bir qishiga oʻn kishlashib nomardlarcha yoʻl tutganini oʻylab oʻtirardi. Shu payt Halimga soʻz berildi. U koʻrishidan unakangi janjalkash yigitlarga sirayam oʻxshamasdi. Viqorli gavdasi boʻlgani bilan, koʻzlari gʻamgin, istarali yuzlari sulgin edi. Boshini koʻtarib oldin koʻz yoshlaridan dasturroʻmoli hoʻl boʻlib ketgan onasiga, soʻng gazablangan koʻzlari bilan yeb kuyguday qarab turgan Tolibjonning onasiga bir-bir qaradi-da soʻz boshladi:

— Men unaka majlisona gapirishni juda bilmaymanu oddiy qilib ayta qolaman. Nima ham derdim, men boshqacha yoʻl tutolmasdim, Mahallamdagi har bir ayol qizni shaʼni biz mahalla erkaklarining zimmasida deb bilaman. Xoh u Zebo boʻlsin, xoh u Barno boʻlsin kim boʻlishidan qatʼiy nazar singillarimning nomusi va orini saklash uchun kerak boʻlsa yana mushtlashishga tayyorman. Agar bu Ishim notoʻgʻri boʻlib jazo olishim kerak boʻlsa mana men tayyor.– soʻzini yakunladi Halim. Uning soʻzlarini eshitib zalda ozgina gʻuvur-gʻuvur boshlanib ketdi. Bir chetda mungayib oʻtirgan Sanobar opa esa oʻgʻlini qilgan ishidan uyalib, tinmay yigʻlardi, oʻgʻliga qarab oʻtirib ichida: «Balki otasi boʻlganida bunaqa urishqoq bezori boʻlib oʻsmagan boʻlarmidi, afsus nima qilganda ham oilada ham otaning, ham onaning oʻz oʻrni bor ekan, men shuncha harakat qilsam ham yaxshi tarbiya bera olmapman, ota tuygʻusini tuyib oʻsgan boshqa ekan» degan xayollar bilan oʻtirardi.

SHAXNOZA

 

Улашинг: