Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

HUQUQIY AKSIYA DAVOMIDA 784 NAFAR TA’LIM TIZIMI XODIMLARINING HUQUQLARI HIMOYA QILINDI

Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 15 martdan 15 mayga qadar “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilishi va mazkur aksiya doirasida soha xodimlarining murojaatlarini o‘rganish va tahlil qilish natijasi yuzasidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishlik belgilangan.

Shunga ko‘ra, Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan Asaka tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 41-sonli umumta’lim maktabining farrosh vazifasida ishlovchi xodimlarining ish haqqilaridan pul mablag‘lari assosiz ravishda ushlanib qolganligi bo‘ycha murojaatlari o‘rganib chiqilganida quydagilar aniqlangan.

Aniqlanishicha, 2021 yil davomida Asaka tuman Xalq ta’limi bo‘limining ma’sul xodimlari tomonidan maxsus belgilangan tartib bo‘ycha tasdiqlangan shtat birliklaridagi razryadlarning noto‘g‘ri qo‘llanishi natijasida jami 784 nafar texnik (farrosh, qorovul ,o‘t yoquvchi) xodimlarga jami 513 643 140 so‘m miqdorida ortiqcha ish haqqi pullari to‘langanligi va mazkur ortiqcha to‘langan ish haqlarini qaytarib olish uchun joriy yilning yanvar oyida jami 784 nafar texnik xodimlarning ish haqqilaridan 42 803 595 so‘m miqdorida ushlanib qolinganligi hamda kelgusida ham 2021 yil davomida ortiqcha to‘langan ish haqlari mazkur 784 nafar texnik xodimlarning ish haqlaridan joriy yil davomida oyma-oy ushlanib qolinishligi ma’lum bo‘lgan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 279-moddasida “Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan, shu jumladan qonunni noto‘g‘ri qo‘llanish oqibatida to‘langan ortiqcha ish haqi qayta undirib olinishi mumkin emas” deb ko‘rsatilgan bo‘lsada lekin tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan maxsus belgilangan tartib bo‘ycha tasdiqlangan shtat birliklaridagi razryadlarning noto‘g‘ri qo‘llanishi natijasida ortiqcha to‘langan ish haqqilarini qaytarib olish uchun joriy  yilning yanvar oyida jami 784 nafar texnik xodimlarning ish haqlaridan 42 803 595 so‘m miqdorida ushlanib qolingan.(qaytarib olingan)

Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan  Asaka tuman xalq ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi va natijada 784 nafar texnik xodimlarning ish haqilaridan joriy yilning mart va boshqa oylari uchun ushlab qolish bo‘ycha 122 ta hujjatlar ijrosi to‘xtatildi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limining mansabdor shaxslari tomonidan belgilangan shtat birliklaridagi razryadlarning noto‘g‘ri qo‘llanishi natijasida davlat budjetiga 513 643 140 so‘m miqdorida zarar yetkazganlik alomatlari mavjudligi sababli mazkur holatiga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Asaka tuman prokuraturasiga yuborildi.

I.Axmedov,

Asaka tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Улашинг: