Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

BILISHINGIZ ZARUR

Xorijlik mutaxassisni ishga yollash istagidamisiz?
Unda buni bilishingiz zarur!
Chet ellik mutaxassislarga O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash huquqini beradigan tasdiqnomalarni olish uchun ish beruvchi tomonidan «Litsenziya» AT (license.gov.uz) yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat yuborishlari kerak bo’ladi.
Ariza.
Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
— chet el fuqarosining F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili, O‘zbekiston Respublikasida yashash manzili;
— ma’lumoti, mutaxassisligi;
— ish beruvchining F.I.Sh yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSh ShIR);
— taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi;
— migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tish muddatlari (bor bo‘lsa);
— chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;
— chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari to‘g‘risida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi ko‘rsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;
— chet el fuqarosining 3×4 sm hajmli elektron fotosurati;
— chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;
— viza rejimi o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar).
— Xizmat ko’rsatish muddati: 15 ish kuni

U.Ermatov,
Ulug’nor tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari
markazi direktori:

Улашинг: