Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

TALABALAR TURAR JOYI: QULAY VA SHAFFOF TIZIM

TALABALAR TURAR JOYI: QULAY VA SHAFFOF TIZIM

Yoshlarning oliy ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish, jumladan, ularni talabalar turar joyi bilan ta’minlash borasida muhim imkoniyatlar yaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 376-son qarori bilan talabalarni turar joyiga joylashtirishning elektron va shaffof tizimi joriy etilgan.

Unga ko‘ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun arizani Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda topshirish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, ariza holati va navbatni elektron tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi talabalar, jumladan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar, nogironligi bo‘lgan talabalar hamda qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozli toifalarga turar joy ajratishda ustuvorlik beriladi.

Talabalar uchun yaratilgan ushbu qulayliklardan foydalanish maqsadida Izboskan tumani Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanishingiz mumkin.

Qutbidinov Dilmurod Baxodirovich,

 Izboskan tumani Davlat xizmatlari markazi sho‘ba mudiri

 

Улашинг: