YULDASHEVA SHAXNOZA ABDUMUTALLIBOVNA

Quyida uning ijod namunalaridan Siz azizlarga ilindik. Bahosini o’zingiz bering. Fikr-mulohazalaringizni kutamiz/
O’ZBEKISTONIM
Tangrim shirin dard bilan meni yaralab,
Shoiralik baxtini berdi saralab.
Seni kuylamoqlik sharafim shonim,
Jondan aziz Vatanim O’zbekistonim.
Dunyoda ellar ko’p, vatanlar bisyor,
Men uchun eng ulug’ bu ko’hna diyor.
Kindik qonim to’kilgan ota makonim,
Jondan aziz Vatanim O’zbekistonim.
Zaminin tark etib ugurmasdan qor,
Vasliga intilib, oshiqar bahor.
Quyoshli chamanim gul-u gulzorim,
Jondan aziz Vatanim O’zbekistonim.
Jahonni lol qilgan buyuk siymosi,
Al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinosi.
Dovrug’i dunyoga dog’-u dostonim,
Jondan aziz Vatanim O’zbekistonim.
Tarixing bezaydi shox-u sultonlar,
Boburmirzo, Ulug’bek, Sohibqironlar.
Janglarda yengilmas mard-u maydonim,
Jondan aziz Vatanim O’zbekistonim.
Daxolaring ardoqli ellarda mudom,
Navoiy, Avloniy, Qodiriy bobom.
Sanab adog’ etmoqqa yo’qdir imkonim ,
Jondan aziz Vatanim O’zbekistonim.
Yurtimda ulg’aygan begoyimlar ham,
Ijodda beklardan emasdirlar kam.
Nodira, Uvaysiy, Zulfiyaxonim,
Jondan aziz Vatanim O’zbekistonim.
Ajdodlardan qolgan oltin meroslar,
Avlodlar qaddini faxrla rostlar.
Kelajak oldida toza vijdonim,
Jondan aziz Vatanim O’zbekistonim.
Men uchun qadrdon tog’dagi lolang,
Yalpiz hidi anqigan bepayon dalang.
Jannatlarga qiyos obod bo’stonim,
Jondan aziz Vatanim O’zbekistonim.
Nahoringda yangragan Azon ovozi,
Hat fasling begubor, bordur o’z sozi.
Barchasi yoqimli zavqli har onim,
Jondan aziz Vatanim O’zbekistonim.
Shunday xur o’lkani sevmay bo’larmi,
Shoirang she’r aytmasa ko’ngli to’larmi
Bergan tuzing oqlamoq mening shiorim
Jondan aziz Vatanim O’zbekistonim
MATONAT
Ukasiga bir buyragini berib, uni hayotja
qaytargan singilga opasining qalb bitiklari
Alloh sabrliga ajrim bor derdi,
Shukurki jigarlarim qaytarib berdi.
Hech banda hech qachon xasta bo’lmasin,
Tangridan umidi sira so’nmasin.
Gulbadan tanasin to’rt bor yaralab,
To’rt insonga jonidan jon bergan singlim.
Eng sara so’zlarni terib saralab,
Sen uchun she’r bitay, qoniqsin ko’nglim.
Jigar uchun hayoting garovga qo’yib,
Xatarni opalik burchiga yo’yding.
Yerdagi farishtan mungli ko’zligim,
Har ikki dunyoda yorug’ yuzligim.
Tug’ilgan chog’ingan sen faxrimizsan,
Qalbingda g’ubor yo’q bir shaffof qizsan.
Tanangdagi chizilgan har bir chandiqqa,
Savoblar bitilmish oltin sandiqqa.
Qahramonlik haqida so’ylansa ko’proq,
Ko’z oldimga kelardi To’maris, Shiroq.
Sen ko’rsatgan jasorat oldida men chun,
Ularning mardligi uchdi ko’p yiroq.
Qo’limdan kelsaydi “Buyuk inson” deb,
Bir gavhar mealni tasis qilardim.
Barcha opa- ukaga ibrat bo’lsin deb,
Faxr bilan ko’ksinga o’zim ilardim.
Allohim umringni ziyoda qilsin,
Sog’lik salomatlik hamrohing bo’lsin.
Ko’rgan kechirganing ortingda qolib,
Hayoting quvonch-u shodlikka to’lsin.
MUSOFIR ONA NOLASI
Bolam, chaqam deya chetga ishlashga ketgan onaizor
o’z dilbandining nikoh to’yiga kelolmadi…
Eng baxtli kuningda, nikoh to’yingda,
Afsus bo’lolmadim gulim yoningda.
Qalban birgadirman ortingda o’zim,
Musofir onangni kechirgin qizim.
Meniku toleda kulmadi baxtim,
Farzandim baxtiyor qilmoqlik ahdim.
Taqdiri oldida kuchsiz, ojizim,
Musofir onangni kechirgin qizim.
Shukurki taltayib yig’laganing yo’q,
Tushungan farzandsan, sendan ko’nglim to’q.
Menchi to’lib toshib topolmam so’zim,
Musofir onangni kechirgin qizim.
Faryod qilish o’rniga chekib g’am alam,
Meni yupatguvchi aqlli bolam.
Oq libosing muborak go’zal gul yuzim,
Yig’loqi onangni kechirgin qizim.
Mehribon Allohim senga baxt bersin,
Oltin ostonada tillo taxt bersin.
Har kungidan ko’proq yosh to’kar ko’zim,
Musofir onangni kechirgin qizim.
Go’zal kelin bo’libsan o’zim o’rgilay,
Ko’z tegmasin husningga qurboning bo’lay.
Yulduzlar ichida zuhro yulduzim,
Musofir onangni kechirgin qizim.
Yangi ota-onangni hurmatin qilgin,
Yoring har so’zini qonun deb bilgin.
Nasixatim yodda tut unutma so’zim,
Baxtsiz volidangni kechirgin qizim.
