Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Pul kerakmi; unda unda xorijiy tillarni o‘rganing yoki ommalashtiring

«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturiga muvofiq, xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19-maydagi 5117-sonli qarori qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi” tashkil qilingan.
Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 73 nafar, shu jumladan markaziy apparatida 31 nafar va Agentlikning hududiy vakilliklarida 42 nafarni tashkil etadi;
Ushbu qarorga muvofiq, quyidagilar tashkil qilingan. Ya’ni Xorijiy tillarga o‘qitishning sifatini oshirish maqsadida:
a) 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab tumanlar (shaharlar)da umumiy o‘rta ta’lim muassasalari negizida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 207 ta maktablar tashkil etildi.
b) 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini ta’sis etildi.
Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta’lim maktablari o‘rtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:
birinchi bosqich — tuman va shaharlarda o‘tkazilib, g‘oliblar 100 mln so‘mgacha;
ikkinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, g‘oliblar 250 mln so‘mgacha;
uchinchi bosqich — respublika miqyosida o‘tkazilib, g‘oliblar 500 mln so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlanish yo‘lga qo‘yildi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
a) ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borish yo‘lga qo‘yildi.
Bunda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kamida S1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat byudjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar, davlat oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining xarajatlari esa oliy ta’lim muassasalarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilandi;
b) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun maksimal ball bilan baholanib, xorijiy til moduli bo‘yicha sinovdan ozod etiladi. Bunda, mazkur sertifikatni olish muqobil malaka oshirish shakli sifatida tan olindi;
v) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida xorijiy tilda mutaxassislik fanlaridan dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilariga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar tatbiq etildi;
g) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilariga Davlat byudjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini sotib olishi uchun 1 mln so‘mdan mablag‘lar ajratildi. Bunda, tavsiya etiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining ro‘yxati hamda ularni sotib olganlik to‘g‘risida hisobot shakli Xalq ta’limi vazirligi va Agentlik tomonidan belgilanadi.
Xorijiy tillarni o‘qitish sohasiga malakali kadrlarni jalb qilish va soha mutaxassislarining salohiyatini oshirish maqsadida:
2021/2022 o‘quv yilida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari ikki baravarga, davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari esa uch baravarga oshirildi;
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari tomonidan davlat attestatsiya imtihonlarini topshirish bilan bir qatorda ushbu ta’lim muassasalari hisobidan milliy yoki unga tenglashtirilgan boshqa yetakchi xalqaro baholash tizimlari orqali ularning bilimlari darajasini aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi;
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etilsin. Bunda, filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi nazarda tutildi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama tashkilotlarning byudjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida byudjet mablag‘lari hisobidan to‘landi;
2022 yildan boshlab davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talabgorga qo‘yiladigan majburiy malakaviy ko‘nikma sifatida belgilandi.
A.Qosimov,
Izboskan tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi Bosh yuriskonsulti

Улашинг: