Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Erkin iqtisodiy zo`nalarni tartibga solishda normativ huquqiy hujjatlarning o`rni, milliy va xorijiy tajriba

 

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, sanoatni modernizatsiya qilish va aholi bandlik darajasini yanada oshirishning muhim omili sifatida jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay sharoit yaratish dunyo mamlakatlari oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Mazkur vazifani yechishda erkin iqtisodiy zona (EIZ)lar alohida o’rin tutadi. Shu maqsadda mustaqillik davrlaridanoq ushbu sohaga katta e’tibor qaratildi. Albatta ushbu erkin iqtisodiy zo’nalarni rivojlantirish uchun, uning mamlakatda huquqiy asosi bo`lishi talab etiladi. Bu esa o`z navbatida ushbu sohaga qaratilgan e’tibor naqadar katta ekanligidan dalolat berar edi. Bizning mamlaktimizda ham ushbu sohani tartibga soluvchi Qonun hamda qonunosti hujjatlar mavjud. 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi qonun, ushbu sohani rivojlantirishga turtki bo`ldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Bizga ma`lumki, har bir sohani rivojlantirish uchun huquqiy hamda iqtisodiy asosi bo`lishi talab etiladi. Bu esa ushbu sohani yanada rivojlanishiga olib keladi desak mubolag`a bo`lmaydi. Biz ushbu maqola orqali erkin iqtisodiy zo`nalarning huquqiy asosi bo`lgan normativ huquqiy hujjatlar hamda ulardagi kamchiliklar masalasiga to`xtalib o`tamiz.

Dastlab, yuqorida aytib o`tilgan erkin iqtisodiy zo’nalarni tartibga soluvchi yuqoridagi qonuning hozirgi kunda deyarli ishlamayotganligi. Chunki mazkur qonun normasi eskirganligini hamda ushbu sohada qonun hujjatlari emas balki, qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinayotganligini alohida e`tiborga olishimiz lozim. Mazkur sohada mavjud bo`lgan Qonun, bu shunchaki umumiy tushunchar, erkin iqtisodiy zonani turlari va shunga o’xshgan umumiy normalar bilan cheklanib qolganligi. Lekin mazkur sohadagi qonunosoti hujjatlari bo`lmish, Prezident Farmonlari, Qarolari hamda Vazirlar Mahkamsi Qarorlari mazkur sohani tartibga soluvchi asosiy ro`lni o`ynamoqda. Zero Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning 2017-yil 22-dekabrdagi “Oliy majlisga murojaatnomasi”da “Parlamentimizning eng muhim faoliyati – qonun ijodkorligini ham kamchilik va nuqsonlardan xoli, deb bo‘lmaydi. Ochiq tan olish kerak, aksariyat hollarda biron-bir masalani aniq hal etmaydigan, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan qonun va qonunosti hujjatlarini qabul qilish amalda ko‘plab muammolar tug‘dirmoqda.”  Mamakatimiz rahbari o`zining tashabbusi bilan qonunosoti hujjatlarni kamaytirishni talab etmoqda. Lekin erkin iqtisodiy zo’nalarga investitsiya jalb etish, uning muddatlarini  belgilash, qonunosti hujjatlari asosida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari agar investor mamlaktimizga kirib kelib, birinchi navbaatda unga berilgan kafolatlar, imtiyozlar, nizolarni hal qilish yo`llari haqida to`liq ma`lumot oladi shundan so`ng ushbu erkin iqtisodiy zonaning ishtrokchisiga aylanadi. Ushbu holatda investor erkin iqtisodiy zo`nalarning huquqiy asosi qonun hujjatini bilan tanishib chiqadi. Bizda esa ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjati hozirgi kun talabiga javob bermasligi, yuqorida sanab o`tilgan imtiyozlar, kafolatlar va nizolarni hal etish usullari aniq ko`rsatilmaganligi, hatto uhbu erkin iqtisodiy zo`naga mablag` kiritish, uni olib chiqish tartibi, muddatlari ham qonunosti hujjati bo`lmish Prezident Farmonida aks ettirilganini alohida ta`kidlab o`tishimiz lozim. To`g`ri yuqorida aytib o`tilgan qonunda imtiyozlar Prezident Farmoni yoki Qarori orqali berilishi ko`rsatib o`tilgan. Lekin qonun orqali aks ettirilishi maqsadga muvofiq bo`lar edi. Bizning mamlakatimiz qonun hujjatlarida havolaki normalar juda ko`p, shu sababli ushbu sohani rivojlantiradigan hamda uning asosiy huquqiy asosi bo`lib xizmat qiladigan qonun hujjati  zarur deb o`ylamiz.

Mazkur holat bo’yicha xorijiy davlarlar tajribasiga to`xtalib o`tamiz.

Janubiy Koreya. Koreya uzoq vaqt mobaynida o’z mamlakatiga xorijiy investitsiyalarni deyarli jalb qilmasdan kelgan. Mamlakat hududida xorijiy qo’shma korxonalar bo’lmagan. Faqat 1960-yil “Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish to’g’risida”gi qonun qabul qilingach sharoit o’zgardi. Bu investorlarga qator imtiyozlar bergandi. Ammo bu qonun o’z natijasini 10 yildan keyin bera boshladi. 1970-yilda Janubiy Koreyada birinchi erkin iqtisodiy zona tashkil etildi, bu xorijiy kapital oqimini jadallashtirib yubordi. Asosiy maqsad, mamlakat iqtisodiyotida faqat eksport uchun ishlaydigan korxonalar sonini ko’paytirish, mamlakatning rivojlanish, mehnat ko’p talab qiladigan sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga erishish edi. Koreyadan o’rganadigan muhim jihatlardan biri, erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar eksport-import faoliyat uchun litsenziya talab etilmasligidir. Bundan tashqari ya`ni faoliya uchun litsenziya talab etilmasligidan tashqari juda ko’p imtiyozlar berilgan. Jumladan,

  • daromad solig’I kapitali 100 % xorijiy bo’lgan qo’shma korxona ishlovchi xorijiy fuqarolar bu soliqni to’lashdan ozod qilinadi;
  • korporativ soliq kapitali 100 % xorijiy bo’lgan korxonalar korporativ soliqdan ozod qilinadi;
  • birinchi besh yil soliq to’lashdan ozod qilinadi, keyingi 3 yil soliqqa 50 % li imtiyoz beriladi;
  • xorijiy investorlarga dividentlarini xorijga ko’chirishda huquqiy himoya qilingan hamda hech qanday to’siqsiz yo’qligidir.

Ushbu qonunda yuqorudagilardan tashqari ishtrokchilarning huquq va majburiyatlari nizolarni hal etish tartibi hamda investitsiya miqdori kabi no`rmalarni ham berib o`tgan.

Sanab o’tilgan holatlardan ma`lum bo`lib turibdiki, mamalakatimizda ushbu sohani yana rivojlanrish uchun erkin iqtisodiy zo`nalarni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlar bazasini shakllantish hamda mazkur sohada qonunosti emas, balki qonun no’rmalari orqali tartibga solinishini ta`minlashimiz lozim.

Xotamjon Mamadiminov,

 Andijon tumani yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                        

Улашинг: