Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Adliya aralashgach, mahalla raislarining ish haqlari undirib berildi!

Adliya aralashgach, mahalla raislarining ish haqlari undirib berildi!

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.04.2018 yildagi   “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”   PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan  “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida” gi Nizomga asosan adliya organlarining asosiy vazifalari etib,fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish sohasida:
-davlat organlari va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosidan kelib chiqib Izboskan tumani adliya bo‘limi tomonidan  O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Izboskan tuman bo‘limi tomonidan  xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilish ahvoli monitoring tariqasida o‘rganilgan.
Monitoring natijalariga ko‘ra,  Izboskan tumanida 61 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib ushbu mahallalarda 61 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollar) ish faoliyatini olib borayotganligi lekin, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Izboskan tuman bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga  2025-yilning dekabr oyida  2-yarimi ish haqlarini to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘lgan.
Xolat yuzasidan Izboskan tumani adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Izboskan tuman bo‘limiga “Qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida” taqdimnoma kiritilgan.
Taqdimnoma muhokamasi natijalariga ko‘ra,  61 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga 123.974.050 so‘m miqdorida ish haqi to‘lovlari amalga oshirilgan.

Izboskan tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i:Sh.Abduraxmonov

Улашинг: