Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Ayollar huquqlari

O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarni pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasi  “b”bandiga ko‘ra oxirgi ish joyidan qattiy nazar mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar ushbu qonunning 7-moddasiga ko‘ra faoliyat olib borgan xodimlarga belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan xolda imtiyozli pensiya olishi belgilangan.

Biroq tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan imtiyozli pensiyaga chiqqan 15 nafar ayollarga 142895290 so‘m pensiya pullari tuman pensiya jamg‘armasi xisob raqamiga o‘tkazib berilmay kelayotganligi natijasida xisob-kitoblar amalga oshirilmayotganligi aniqlanib, tuman yuridik markazi tomonidan Qo‘rg‘ontepa tuman BTPJ manfaatlarini ko‘zlab tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritilgan edi.

Qo‘rg‘ontepa tuman iqtisodiy sudining 2022 yil 14 mart kungi xal qiluv qarori bilan 142895290 so‘m pensiya pullari undirish yuzasidan xal qiluv qarori qabul qilinib, 15 nafar pensiyaga chiqqan ayollarni manfaatlari to‘liq ximoyaga olindi xamda tuman Tibbiyot bo‘limi tomonidang pensiya pullarini to‘lab berish jarayonlari boshlandi.

I.Sadikov,

Qo’rg’ontepa tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

Улашинг: