Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

“UZKAD” axborot tizimiga kiritilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni, Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaydi.


Хususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish choratadbirlari to‘g‘risida” PF-198-son Farmoni vaVazirlar Mahkamasining 2021-yil 22- iyundagi 389-son qarorlariga muvofiq  Davlat Kadastrlar Palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan tuman filiali  ma’lumotlar bazasi va arxivida mavjud bo‘lgan ijtimoiy obyektlarni “UZKAD” axborot tizimida hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazishni tartibga solish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Yuqoridagilarga asosan Kadastr ma’lumotlar bazasi va arxivida mavjud bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari foydalanishidagi ijtimoiy obyektlarni “UZKAD” axborot tizimida hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishini kunlik reja grafik asosida dasturga kiritilmoqda.

Xozirda Izboskan tumanida jami  3320 ta noturar obyektlar mavjud bo‘lib shundan 892 ta noturar obyektlar “UZKAD” axborot tizimida sifatli hisobga olish ishlari yakunlandi. 2024 yilning 2-chorgidan uy joy obyektlarini xam “UZKAD” axborot tizimiga kiritish ishlari boshlanishi kutilmoqda.

G.Axyulov
Izboskan tuman filiali raxbari.

Улашинг: