Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Ijod gulshani

           OQ YO»L

Dilnavoz Maxsudalieva Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 39-umumta’lim maktabi  oʻquvchisi. U a’lo oʻqish bilan birga ijod ham qiladi. Adabiyotni jon-dilidan sevgan Dilnavozning qalb torlaridan yaralgan she’rlar albatta mushtariylarimizga manzur boʻladi. Uning ijod yoʻliga oq yoʻl tilar ekanmiz, ijod namunalaridan Sizlarga tortiq etdik.

Ustozi 39-umumta’lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Bahodirjon Shamsiddinov tilagi shunday:

Aziz o‘quvchim! Dilnavoz

Yurakdagi tuyg‘ularni so‘zga aylantirish san’atihammaga ham nasib etmaydi. Sizga ilhom bahshida etigan ekan bu yo‘lda ilk qadamingizni dadil qo‘ydingiz. Ijodingiz doimo ilhomli, so‘zlaringiz esa qalblarga yetib borsin!

 

Bobo yurtim Andijonim

Bobur bobom bir Umir qumsab oʻtdi tuprogʻin

Quvmaganda gʻanimlar tark etmasdi quchogʻing

Oʻzga yurt-u dunyoga tanitdi sening nomingni

Aziz yurtim ohin makonim , bobo yurtim Andijonim

 

Bagʻringda katta qilding zoʻr qalamkash Muhammadni

Alloh berdi isteʼdodni quvib oʻtdi u omadni

Tan oldirdi oʻzbek elin Osiyoyu Yevropani

Bagʻringda koʻp uygʻeymoqda mening kabi izdoshlaring

Ustoz oʻlkam , aziz diyor sen oʻzingsan Andijonim

 Qumariq qishlogʻim

Qumarigʻim qumli arigʻim

Mahallalar ichra gavharim

Vatan ichra kichik vatanim

Jonajonim goʻzal qishlogʻim

Murgʻakkina bagʻringda yayrab

Yoshligim ham oʻtmoqda quvnab

Yosh-u qari bagʻringda yashnab

Yashamoqda aziz qishlogʻim

Oʻng tomoning daryoyu dala

Chap tomoning bugʻdoyzor gʻoʻza

Eshitilar qanday zoʻr soʻz-a

Ota uyim, ona qishlogʻim

Ustozim

Jonkuyarim ilmga konim

Onamdayin aziz insonim

Ilm berib tolmaysiz sira

Qalbi ziyo mening ustozim

Bilim olgin deya tolmaysiz

Kelajagim siz ham oʻylaysiz

Sizga doim qoʻlim koʻksimda

Zahmatkashim mening ustozim

Nasixatiz quloqqa qadab

Oʻquvchilar olgʻa odimlab

Sizga izdosh boʻlamiz asta

Ziyokorim mening ustozim

Dilnavoz Maxsudalieva

Улашинг: