Нажмите "Enter" для пропуска содержимого

 Chet el harbiy xizmatlariga yo’llanishning huquqiy oqibatlari

                 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida yollanish bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ikkita modda doirasida javobgarlik belgilangan.

Xususan, Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko‘zlab, o‘zga davlat hududida yoki uning tarafini olib harbiy harakatlarda qatnashishi besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, ushbu moddada yollanma shaxsni o‘qitish yoki moddiy ta’minot berish uchun ham javobgarlik mavjud.

O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksida yollanuvcguha shunday tarif berilgan.

Yollanuvchi deb quyidagi belgilarga ega bo’lgan shaxslarga aytiladi.

-yollanuvchi boshqa davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to’qnashuvlar yoki  harbiy xizmatlarda moddiy manfatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko’zlab ishtirok etadi,

-u nizolashayotgan davlatning fuqarosi va harbiy hizmatchisi emas ,

— u nizolashayotgan davlat nazorat qilinib turgan hududda doimiy yashamaydi

— u qurolli kuchlar safida rasmiy vazifalarni bajarish uchun hech qanday davlat tomonidan vakolat berilmagan shaxsdir.

Ijtimoiy xavfliligi shundaki, uning sodir etilishi natijasida huquq-tartibotga, davlatlarning tinch –totuv , munosabatlariga O’zbekiston Respublikasining mudofa imkoniyatlariga putur yetadi. Bundan tashqari  O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlat harbiy  hizmatlariga, havfsizlik ,politsiya ,adliya organlariga yoki shunga o’xshash boshqa organlarga xizmatga yo’llanishi natijasida ulardan yo’llanuvchi sifatida foydalanish uchun sharoit yaratiladiki, bu halqaro hamjamiyat tomonidan qattiayan taqiqlangan.O’zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to’qnashuvda yohud harbiy harakatlarda qatnashish deganda yo’llanuvchining rag’batlantirish yoki boshqa shaxsiy manfatlar evaziga harbiy sifatida o’z qobilyatlarini yo’llovchi manfati uchun nomayon qilishni tushunish kerak.

Kodeksning 154-1-moddasida esa, xorijiy davlatlarning harbiylashgan organlariga xizmatga kirish uchun ham  javobgarlik belgilangan, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

A.Egamnazarov,

 Andijon viloyati Adliya boshqarmasi Oltinko‘l tuman yuridik xizmat ko‘rsatish

 markazi bosh yuriskonsulti

 

Улашинг: