Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETIMOQDA

 

Tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi ultratovushli diagnostika va endoskopiya kabineti shifokorlarining oylik ish haqiga ustama pullari to‘lanmayotganligi haqidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida, tuman tibbiyot birlashmasi ultratovushli diagnostika va endoskopiya kabinetida ishlovchi 2 nafar vrach va 2 nafar hamshiralarning oylik ish haqiga 15 фоиз ustama pullari to‘lanmayotganligi ma’lum bo‘ldi.

  1. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi Nizomning 2-ilovasida ularda ishlash tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni 15 foizga oshirish huquqini beradigan, sog‘liq uchun o‘ta xavfli va mehnat sharoitlari o‘ta og‘ir bo‘lgan muassasalar, bo‘linmalar va lavozimlar ro‘yhati keltirib o‘tilgan bo‘lib, ushbu ro‘yhatda ultratovushli diagnostika va endoskopiya kabinetlari vrachi, o‘rta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari ko‘rsatilgan.

O‘rganish natijasida, tuman adliya bo‘limi tomonidan taqdimnoma kiritish yo‘li bilan 4 nafar tibbiyot xodimlariga 2021 yil va 2022 yilning o‘tgan davri uchun 29.733.203 so‘m ustama pullari to‘lab berilishi va ularning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

SARDORBEK  HAMRAEV BAHODIROVICH,

Marhamat tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Улашинг: