Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

Оziq ovqat xavfsizligi

 

Oltinko’l tuman ADLIYA BO’LIMI

YURIDIK XIZMAT KO’RSATISH

MARKAZI BOSH YURISKONSULTI   A.EGAMNAZAROV

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2022-yil 31-martdagi, 147-sonli qarori qabul qilindi.

Dunyo bozorlarida yuzaga kelgan keskin tebranishlarning ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga salbiy ta’sirini kamaytirish, ichki bozorni bug‘doy, un va o‘simlik yog‘i mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2022 yil 31mart,147-sonli qarori qabul qilindi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi) “O‘zdonmahsulot” AK va xususiy korxonalar bilan birgalikda 2022-yil aprel — iyul oylarida Qozog‘iston Respublikasidan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyini (bir qismi un) maqbul narxlarda sotib olish belgilandi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston Respublikasi Hukumati, Qozog‘iston Respublikasining “Prodovolstvennaya kontraktnaya korporatsiya” milliy kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati va bug‘doy (un) eksport qiluvchi boshqa korxonalari bilan O‘zbekiston Respublikasiga 100 ming tonna bug‘doyni (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bunda, “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan Qozog‘iston Respublikasining “Prodovolstvennaya kontraktnaya korporatsiya” milliy kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati va bug‘doyni eksport qiluvchi boshqa korxonalaridan 2022-yil aprel — iyul oylarida 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyni (bir qismi un) yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalari imzolandi.

  1. Unga muvofiq mazkur qaror doirasida ajratiladigan mablag‘lar “O‘zdavzaxira” qo‘mitasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri foizsiz ssuda shaklida, bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘i import qiluvchi xususiy tadbirkorlik subyektlariga Vazirlar Mahkamasining “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 7-oktabrdagi 627-son qarorida belgilangan shartlarda ajratiladi.
  2. “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi:ga

“O‘zdonmahsulot” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda import qilingan bug‘doy (un) hamda o‘simlik yog‘ini omborxonalarda sifatli saqlanishini, import qilingan bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘ini sotishdan tushgan mablag‘lar o‘z vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilishini taminlash vazifasi yuklatildi.

 

  1. Import qilingan bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘i hajmlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining takliflari asosida birja savdolari orqali sotilishi belgilandi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining Vazirlar Mahkamasining “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 7-oktabrdagi 627-son qarori doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddatini 2022-yil 31-dekabriga qadar uzaytirish belgilansin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zdavzaxira” qo‘mitasini 2022-yil 1-apreldan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olsin va o‘rnatilgan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini rasmiylashtirib berilsin.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari”

2022-yil 1-apreldan boshlab yil yakuniga qadar “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan import qilinadigan bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘ini temir yo‘llar orqali tashishda 50 foizli imtiyozli tariflar belgilansin.

yuklarni vagonlardan tushirib olish muddati bo‘yicha qo‘llaniladigan tariflar (prostoy) miqdorini barcha turdagi bug‘doy importyorlariga dastlabki uch kun uchun 40 foizga pasaytirish  belgilansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi bug‘doy va o‘simlik yog‘i importi bo‘yicha tegishli ruxsatnomalarning qisqa muddatda rasmiylashtirilishi belgilab qo’yildi.

Улашинг: