Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

YO‘QOLGAN ASHYOLARNI QAYTARISH TIZIMI YANADA TAKOMILLASHTIRILDI

YO‘QOLGAN ASHYOLARNI QAYTARISH TIZIMI YANADA TAKOMILLASHTIRILDI

Fuqarolarning yo‘qolgan buyumlari va hujjatlarini qidirish, topilgan ashyolarni saqlash hamda ularni qonuniy egalariga qaytarish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi “Yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 28-son qarori qabul qilingan. Mazkur qaror fuqarolar uchun qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishga xizmat qilmoqda.

Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyati tugatilib, yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash hamda egalariga qaytarish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilishi belgilandi. Shuningdek, murojaatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish imkoniyati ham yaratildi.

Endilikda fuqarolar o‘zlari yoki yaqin qarindoshlariga tegishli yo‘qolgan ashyolarni qidirish maqsadida Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilishlari yoki elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin. Bunda xizmatlardan foydalanish jarayoni soddalashtirilgan bo‘lib, ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.

Mazkur qaror asosida “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi joriy etildi. Ushbu tizim orqali yo‘qolgan va topilgan ashyolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yagona elektron reyestrda yuritiladi. Bu esa ashyolarni qidirish va egalariga qaytarish jarayonining shaffofligi hamda tezkorligini ta’minlaydi.

Qarorda topib olingan ashyolarni saqlash va ularga egalik qilish bilan bog‘liq masalalar ham aniq tartibga solingan. Topilmalar belgilangan muddat davomida saqlanadi, egasi aniqlanmagan hollarda esa amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli tartibda davlat tasarrufiga o‘tkaziladi.

Mazkur qarorning hayotga tatbiq etilishi natijasida fuqarolarning yo‘qolgan buyumlarini topish imkoniyatlari kengaydi, davlat xizmatlarining sifati oshdi hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda qulay va shaffof tizim yaratildi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, 28-son qaror fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yo‘qolgan ashyolarni qidirish va qaytarish jarayonlarini takomillashtirish hamda davlat xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biri hisoblanadi.

D.Qurbonaliyev,

Izboskan tuamn adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi direktori D.Qurbonaliyev

Улашинг: