Нажмите "Enter" для перехода к содержанию

TIBBIYOT XODIMLARI FARZANDLARIGA KONTRAKT TO‘LOVINING BIR QISMI QOPLAB BERILADI

TIBBIYOT XODIMLARI FARZANDLARIGA KONTRAKT TO‘LOVINING BIR QISMI QOPLAB BERILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qaroriga muvofiq, davlat tibbiyot muassasalarida amalda faoliyat yuritayotgan va kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlarining farzandlariga

respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi.

Subsidiya miqdori yillik to‘lov-kontrakt summasining

30 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmagan miqdorda belgilanadi.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun fuqarolar istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga

murojaat qilishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda ariza yuborishi mumkin.

Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinganda, ariza markaz xodimi tomonidan fuqaro nomidan elektron shaklda to‘ldiriladi. Ariza beruvchidan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari

qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. Xizmat bepul amalga oshiriladi.

Arizadagi ma’lumotlar tegishli axborot tizimlari, jumladan, Yagona milliy mehnat tizimi, FHDY va HEMIS orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.

Bir ariza beruvchi bir nechta farzandi uchun murojaat qilishi mumkin. Bunda subsidiya har bir farzand bo‘yicha alohida hisoblanadi va to‘lanadi

M. Abdugapparov,

Izboskan tuman Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi

Улашинг: